Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

revalvatsiya
,  ya’ni  ishsizlik  va  byudjet  defitsitining  o’sishi, 
iqtisodiyot  militarizatsiyasi,  monopoliyaning  kuchayishi  va  takror  ishlab  chiqarish 
disproportsiyasi hisoblanadi. 
Nazariya  va  amaliyotda  inflyatsiya  hamda  uning  omillari,  deflyatsiya  va 
devalvatsiya hamda ularning omillari, xarajatlar va baho, talab va takliflarning o’sishini 
inflyatsion hamda nomonetar sabablari turlicha tushuniladi va talqin qilinadi.  
Inflyatsiyani turlicha tushunish va turlicha tasavvur qilish hamda yondashish uning 
o’lchovini unifikatsiya qilishni taqozo qiladi. 
Paydo  bo’lishi  va  tabiatiga  ko’ra  ikki  xususiyatga  ega  ekanligi,  belgilari  va 
namoyon bo’lish shakllarining turli-tumanligini hisobga olgan holda, inflyatsiya va uning 
omillarini baholash (o’lchash), uning real amal qilishini yoki realligini tasdiqlovchi, aniq 
yo’naltirilgan asosnoma tuzishni talab etadi. 
Shu  o’rinda  bugungi  kunda  O’zbekistonda  inflyatsiya  qanday  kontekstda 
tushuniladi va o’lchanadi, u mavjud standartlarga qanchalik mos keladi va mos kelmaydi, 
hayotda  va  kundalik  hayotiy  faoliyatda  qanchalik  to’g’ri  va  to’liq  qo’llaniladi,  kabi 
savollar tug’ilishi tabiiy hol. 
O’zbekistonda  iste’mol  narxlari  indeksi  (INI)  bo’yicha  inflyatsiya  darajasi  1994 
yildan  boshlab  hisoblanib  kelinmoqda.  Mustaqillikning  dastlabki  yillari  ushbu 
ko’rsatkich  misli  ko’rilmagan  darajada  yuqori  bo’lgan.  Masalan,  1994  yilda  o’rtacha 
oylik qo’shimcha o’sish sur’ati 24,5 foizni tashkil qilgan edi. 
O’zbekistonda inflyatsiya darajasi 2002 yilda 21,6 foiz, 2003 – 3,8 foiz, 2005 – 7,8 


 
221 
foizni tashkil qilgan bo’lsa
1
, 2006 – 6,8, 2007 – 6,8 foizga teng bo’ldi. 2008 yilda ushbu 
ko’rsatkichni 2007 yil darajasida ushlab qolish ko’zda tutilmoqda
2
.  
Yalpi  ichki  mahsulot  deflyatori  bo’yicha  1991-2007  yillarda  erishilgan  natijalar 
quyidagicha:  1991-1995  yillarda  juda  katta  silkinishlar  kuzatildi,  ya’ni  bu  ko’rsatkich 
oldingi yilga nisbatan 1992 yilda 8,1, 1994 yilda – 13,4 martaga teng bo’lgan. Keyingi 12 
yilda  (1996-2007y.y.)  1,8  –  1,2  marta  oralig’ida.  Agar  yalpi  ichki  mahsulot  deflyatori 
2007 va 1991 yillarni taqqoslaydigan bo’lsak, raqamlar olti sonli darajaga ega bo’ladi. Bu 
iqtisodiyotni bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tish sharoitidagi tabiiy xoldir.  
Monetar  muhitda  inflyatsiya  darajasi  boshida  bo’rttiriladi,  keyin  sekin-asta 
pasaytiriladi,  bundan  so’ng  esa  inflyatsiya  bostirilishga  yo’naltiriladi.  Maqsad,  uning 
barqarorligini  tasdiqlash,  ya’ni  balanslashtirilgan  baho  o’sishi  asosida  milliy  valyuta 
kursining barqarorligini ta’minlash yoki ish haqi va boshqa daromadlarning proportsional 
o’sishi bazasida pul oqimlari barqarorligiga erishishdan iborat. 
Monetar  muhitda  inflyatsion  barqarorlik  –  bu,  samarali  iqtisodiyotning  sinonimi, 
so’zsiz, muvaffaqiyat simvoli, uning yagona va etarli indikatoridir. 
Inflyatsiya,  bu  nafaqat  monetar  muvaffaqiyatning  indikatori,  balki  mulkni  qayta 
taqsimlash  (bo’lish)  niqobi  bilan  qoplangan  kuchli  iqtisodiy  manipulyatsiya 
instrumentidir. 
Mulkni  qayta  taqsimlash  (bo’lish)ning  mazmuni  hamma  erda  va  hamma  vaqt  bir 
xil,  ya’ni  –  ish  xaqi  va  boshqa  daromadlarni  qisman  ko’tarish  va  ularni  bahoning 
demokratik o’sish niqobi ostida jadal sur’atlarda yig’ib olishdir.  
Inflyatsiya  urchib  ketmasligining  eng  oson  yo’li,  bir  paytning  o’zida  va  bir  xil 
darajada  ish  xaqi  hamda  bahoni  qayd  qilishdir.  Bunday  xolatda  ish  xaqi,  uning  darajasi 
va  keyinchalik  uning  o’sishi  mehnat  unumdorligining  to’g’ri  funktsiyasi,  shuningdek, 
baholar va keyinchalik ularning summasi – ishlab chiqarilgan tovarlar, xizmatlar hamda 
kapital  qiymatning  to’g’ri  funktsiyasi  (yoki  pirovard  natijada  talabning  o’sishi)  bo’lar 
edi. Natijada, bir davr uchun muomaladagi pul massasi (uning aylanish tezligini hisobga 
olgan  holda)  hamma  vaqt  va  hamma  erda  tovarlar,  hizmatlar  va  kapital  baholarning 
summasiga teng bo’lar edi, muomalada bo’lgan barcha turdagi pul majburiyatlari barcha 
turdagi real aktivlar (tovar, hizmat va kapital) fizik xajmiga mos kelsa, mavjud aktivlar – 
balans  passivlariga,  debitor  qarzlar  kreditor  qarzlarga,  talab  taklifga,  taklif  esa  talabga 
mos bo’ladi. 
Biroq,  monetar  iqtisodiyot  sharoitida,  monetaristlar  uchun  baho  va  ish  haqini  bir 
darajada qayd qilishning iloji yo’qligi, xatoligi yoki mumkin emasligi uchun emas, balki 
uning  kimgadir  manfaatli  emasligidadir.  Aynan  mana  shu  formulada  manipulyatsiya 
sirlari  yashiringan.  Demak,  inflyatsiya  qancha  yuqori  bo’lsa,  manipulyatsiyaning  kuchi 
va masshtabi shuncha yuqori va uning aksi bo’lishi mumkin. 
Qisqasi,  oxiri  yo’q  aylanma:  ish  haqini  va  (zanjirsimon  usulda  barcha  boshqa 
majburiyatlarni)  ham  oshirish  kerak,  chunki  baho  oshdi,  bahoni  va  (zanjirsimon  usulda 
                                                           
1
 Банк ахборотномаси газетаси. №6.11.02.2004й.; №7. 15.02.2006й. 
2
  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  И.А.Каримовнинг  2006-2007  йилларда  мамлакатни  ижтимоий-
иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2008  йилда  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштиришнинг  энг 
муҳим,  устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар  Маҳкамаси  мажлисидаги  маърузаси.  Халқ  сўзи. 
14.02.2007й., №28, 09.02.2008й. 
 


 
222 
barcha boshqa talablarni) ham oshirish kerak, chunki ish beruvchilar jamoat tashkilotlari 
talabi bilan ish haqini oshirdi.  
Biroq, bahoning va ish haqining har qanday oshishi inflyatsiya emas va har qanday 
inflyatsiya bu bahoning va ish haqining oshishi emas. 
To’g’ri, ish haqi yana ham (kengroq aytadigan bo’lsak, – daromadlarni, undan ham 
kengrog’i  –  to’lov  majburiyatlarini  yoki  passivlarini)  hamda  yo’l-  yo’lakay, 
muomaladagi  pul  massasini  «baholar  o’sarmish»,  –  deb  oshirmaslik  kerak.  Ayniqsa, 
jamoat  tashkilotlari  talab  qilgani  uchun  emas,  balki  innovatsiyalar,  texnika  progressi, 
ishchilarning  malakasini  oshirish  asosida  mehnat  unumdorligi  va  mahsulot  sifati 
oshganda ish haqini va baholarni qayta ko’rib chiqish zarur. Tegishli ravishda baholarni 
«nominal  ish  haqi  oshdi»,  -  deb  ko’tarmaslik  kerak.  Uni  noinflyatsion  omillar  (talab, 
ishlab  chiqarish  xarajatlari  yoki  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  sifati)  oshgan  paytda 
ko’tarish mumkin. 
Xolbuki,  ish  haqi  va  bahoning  inflyatsion  o’sishida  boshqa  bir  qancha 
kombinatsiyalar  ham  mavjud.  Albatta,  ularning  barchasini  bir  maqolada  yoritib 
bo’lmaydi.  
Noinflyatsion  rejimda  ish  haqini  oshirish nima  degani?  Umuman, bunday  holatda 
bahoni  oshirish  zarurmi?  Ishlab  chiqarilgan  mahsulot  sifatini  oshirish  hisobidan  bahoni 
ko’tarish  nimani  bildiradi?  Bunday  sharoitda  yuqori  mehnat  unumdorligiga 
korrektivlangan  ish  haqini  ko’tarish  kerakmikan?  Tushunarli  va  aniq  javob  yo’q. 
Aksincha  esa,  baholar  bu  holatda  pasayishi  kerak,  ya’ni,  mehnat  unumdorligiga  teskari 
proportsional  holda  pasayishi  darkor.  Chunki  mehnat  unumdorligi  bu,  bahoning  oshishi 
emas, aksincha, pasayishidir.  
Haqiqatda  esa,  mehnat  unumdorligi  bilan  bir  paytda  baholar  oshib  bormoqda.  Bu 
holatni hohlagancha isbotlash mumkin. 
Jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlar  yuqoridagi  fikrlarni  tasdiqlab  shuni  ko’rsatadiki, 
siz  1970  yillarda  qilgan  haridingizni  bugun  sotib  olsangiz,  sizga  ushbu  harid  5,7  marta 
(rivojlangan  mamlakatlarda),  53,6  marta  (rivojlanayotgan  mamlakatlarda,  olimlarning 
fikricha,  hamdo’stlik  davlatlari  ham  ushbu  guruhga  kiradi)  arzonga  tushadi.  Boshqacha 
arifmetika qilsak, o’sha davrdagi 1$ o’rniga tegishli ravishda 17,5 va 1,9 tsent to’lanadi. 
Bizga jon-jahdi bilan baholar emas, sifat oshdi deb, tushuntiriladi. 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish