Kk = Vkot : Vbaz ,
bu erda:
Kk
- kross kurs;
Vkot
- kotirovka bo’ladigan valyuta;
Vbaz
- baza (asos) deb
qabul qilingan valyuta.
9.1-jadval
Chet el valyutalarining qisqacha belgilari (uch harfli)
№
Valyutani uch harfli
lotincha belgilari
Valyutaning nomi
Mamlakati
1.
UZS
so’m
O’zbekiston
2.
USD
dollar
AQSh
3.
AFA
afg’oni
Afg’oniston
4.
JPY
yen
Yaponiya
5.
GBP/STG
funt sterilng
Angliya
6.
CHF (SFR)
frank
Shveytsariya
7.
ISS
shekel
Isroil
8.
IRR
riyol
Eron
9.
KGS
som
Qirg’iziston
10.
LAK
kip
Laos
11.
ECU(XEU)
ekyu
Evropa
12.
EUR
evro
Evropa
13.
AUD
dollar
Avstraliya
14.
NZD
dollar
Yangizelandiya
15.
CAD
dollar
Kanada
16.
SGD
dollar
Singapur
17.
CAF
frank
Kamerun
18.
ETB
bir
Efiopiya
19.
SEK
krona
Shvetsiya
20.
NOK
krona
Norvegiya
21.
DKK
krona
Daniya
22.
ALL
lek
Albaniya
211
23.
BGL
lev
Bolgariya
24.
GRD
draxma
Gretsiya
25.
RUB
rubl
Rossiya
26.
UAN
grivna
Ukraina
27.
BYR
rubl
Belorussiya
28.
KZT
tenge
Qozog’iston
29.
PLN
zlotiy
Polsha
30.
CZK
krona
Chexiya
31.
HUF
forint
Vengriya
32.
BRC
kruzeyro
Braziliya
33.
CNY
yuan
Xitoy
34.
HKD
dollar
Gonkong
35.
IEP
funt
Irlandiya
36.
INR
rupiya
Indiya
37.
CUP
peso
Kuba
38.
MAD
dirxem
Marokko
39.
ZAR
rend
Janubiy Afrika
Masalan, 2001 yil 8 mart kuni funt sterlingning dollarga (AQSh) nisbatan kursi
0,5477, Kuba pesosini kursi (bir dollar) yoki
USD/CUP
5,2337. Bu erdan kross kurs
teng:
CUP/GBR =0,5477:5,2337=0,1046
Demak, bir Kuba pesosiga deyarli 0,11 funt sterling beriladi. Vaqti bo’yicha
valyuta kurslari sotilgan valyutani o’tkazish (berish) spot va forvord kurslarga bo’linadi.
Sotilgan valyuta summasi o’sha kunni o’zida yoki ikki kun ichida o’tkazilsa (berilsa), bu
kurs spot (kassali, joriy) kurs deb ataladi.
Forvard (muddatli, oldindan kelishilgan) kurslari forvard operatsiyalariga
asoslanadi. Forvard operatsiyalari deganda valyutalarni almashtirish bo’yicha oldindan
kelishilgan kurs bilan bugungi tuziladigan bitimlar, lekin valyutalash (valyuta o’tkazish
kuni) kelgusida amalga oshiriladigan yoki bir valyuta ikkinchisi bilan bitim tuzilgan
kundagi kurs bilan sotib olishga tushuniladi. Masalan. 16 mart kuni bitim tuzildi. Bu
bitim bo’yicha valyutalash muddati 2 qismdan iborat: 16 mart va 16 iyun. Demak, 16
mart kuni o’tkazilgan spot kursi deyiladi, 16 iyunda o’tkazilgan valyuta – forvard kurs.
Forvard operatsiyalari autrayt va svop bitimlariga bo’linadi. Valyutalash kuni aniq
ko’rsatilgan yagona konversion operatsiyalar yoki bitimlar, ularning a’zolari (tomonlar)
keskin kelishilgan muddatda to’lovni ko’zda tutgan forvard kursi bo’yicha amalga
oshiruvchi oddiy muddatli valyuta bitimiga autrayt deyiladi. Turli valyutalash sanalari
bilan bir-biriga qarama-qarshi konversion operatsiyalari kombinatsiyasi svop deyiladi.
Forvard kurslarini o’rganishda va aniqlashda forvard muddatlari muhim rol
o’ynaydi. Ular standart davrlarga (1,2,3 va 6 oy) va qisqa (1,2 xafta) hamda singan
sanalarga (masalan, 40 kun) tuzilishi mumkin. Bu erda quyidagi qoidani eslab qolish
shart: bayram va dam olish kunlari hisobga olinmaydi; agarda spot oyining oxirgi kuniga
to’g’ri kelsa, valyutalash kuni ham shu kuni bo’ladi. Masalan, bitim 26.02 tuzildi. Spot
kurs bo’yicha valyutalash 28.02 hisoblanadi. Farvord bitim ikki oyga tuzilsa valyutalash
kuni 28.04 emas, 30.04 hisoblanadi.
212
Do'stlaringiz bilan baham: |