―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
352
www.academiascience.uz
darslarni tashkil etishlari lozim. O‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi bu ijobiy
hamkorlik ular orasidagi o‘zaro aloqa vositasini vujudga keltiradi. Bunda tarbiya
natijasining samarali bo‘lishi tarbiyaviy jarayonni tashkil etishi usullari, vositalari va
shakllaridan mohirona foydalanishga va ularning uyg‘unligini ta‘minlashga
bog‘liqdir.
O‘qituvchi mashg‘ulot paytida texnologiyalarni qo‘llaganda o‘quvchi bilimini
kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim jihatlari jamiyatda vujudga kelgan asosiy
g‘oyalar bilan taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash, mosini
tanlash, turli vositalar va tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir-biriga
o‘tishiga ahamiyat berishi kerak. Ta‘lim texnologiyalari quyidagicha yo‘nalishlarga
bo‘linadi:
1. Zamonaviy-an‘anaviy o‘qitish elementlaridan foydalaniladigan pedagogik
texnologiyalar.
2. Pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar.
3. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik
texnologiyalar.
4. O‘quv jarayonini samarali boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiya.
5. Rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyalari.
6. Xususiy o‘quv fanlariga tegishli texnologiyalar.
Rivojlantiruvchi ta‘lim ma‘lum bir vaqtda, o‘quvchining ta‘limiy, tarbiyaviy,
ma‘naviy, ruhiy va jismoniy rivojlantirish hamda uni juda tez o‘zgaruvchan
dunyoga, jamiyatga, hayotga moslashuvini ta‘minlovchi ta‘lim nazariyasidir.
Rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyalari va usullarini dars jarayonida qo‘llash,
o‘quvchilar qiziqishinng ortishiga, bilimlarning ko‘nikmaga aylanishiga, bilim sifat-
samaradorligining oshishiga sabab bo‘ladi. Rivojlantiruvchi ta‘limning maqsadi ham
o‘quvchilarda mantiqiy, tanqidiy, tahliliy, ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali
barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Vazifasi esa, shaxsning individual
kamol topishi uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirish sanaladi.
O‘quvchilarda topshiriqlarni yechishga oid nazariy tushuncha va amaliy
ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarishga xizmat qilishi esa rivojlantiruvchi ta‘limning o‘ziga xos xususiyatidir.
Muammoli ta‘lim, evristik ta‘lim, tadqiqotchilik ta‘limi rivojlantiruvchi
ta‘limning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, bu texnologiya va usullar yordamida darslarni
tashkil etish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Yuqoridagi fikrlarimizni quyidagi texnologiya va usullar yordamida dalillaymiz.
Masalan, ―FSMU‖ texnologiyasi munozarali masalalarni hal etish, bahs-munozaralar
o‘tkazish, o‘quv-seminarini tashkil etish yoki o‘quv rejasi asosida biror bir bo‘lim
Do'stlaringiz bilan baham: |