ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
http://iq.intel.ru
2.
WWW.ZiyoNet
―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
30
www.academiascience.uz
MATEMATIKANI TA'LIM SOHALARIGA YO'NALTIRISH
IMKONIYATLARI
Xamdamova Ra‘no Xusnitdinovna
63-umumta‘lim maktabining
matematika fani o‘qituvchisi
Toshkent shahar ,Yunusobod tumani
Annotatsiya: Maktab o'quvchilarning kasb-hunarga layoqatlarini, bilim va
ko'nikmalarini rivojlantirgan holda, ularning tanlagan yo'nalishlari bo'yicha bir yoki
bir necha zamonaviy kasblarni egallashlariga imkon beradi. Mutaxassisliklar
talablaridan kelib chiqadigan ta'limning maqsad va vazifalarming murakkablashuvi
maktab о'quvchilarming matematik ta'limini kasbga yo'naltirishning shakl va
metodlarini turdosh, kasbiy fanlar bilan o'zaro aloqadorligi va izchilligini
kuchaytirgan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda.Quyida shu haqida fikr
yuritiladi.
Matematika aniq bir bilim sohasi va turli sohalarga chuqur kirib borayotgan
universal vosita bo'lib qolmasdan sivilizatsiyaning ajralmas qismi, umuminsoniy
madaniyatning muhim elementi hamda dunyoni ilmiy o'rganish tilidir.
Dastlab kasbiy ta'lim sohalarida matematikaning o'rni haqidagi ba'zi
fikrlarimizni keltirib o'tamiz.
Ba'zan gumanitar yoki ijtimoiy soha vakillarining bizga matematik bilim
kerakmikin, degan savoliga ro'para kelamiz. Albatta kerak! Shu yerda Gyotening
fikrini keltiramiz: "Fanda qancha matematika bo'lsa, shuncha haqiqat bo'ladi".
Gumanitar fan vakili bo'lmish psixologiyadan misol keltiramiz.
Matematikada fikrlash - tadqiqot vositasidir, psixologiyada esa tadqiqot uchun - ham
vosita, ham ob'yektdir. Tadqiqotlar natijasida sonli miqdorlar to'planadi va ularni
matematik tahlil etish zarur bo'ladi.Hozirda ko'pchilikka ma'lum "gumanitar
matematika" haqida ko'plab fikrlarni keltirish mumkin.
Musiqa, arxitektura, rassomchilik va adabiyot singari san'at turlarining
strukturaviy tuzilmalari ichki yagonaligini, ularga xos chuqur fundamental
qonuniyatlarning matematika tilida deyarli bir xil ifodalanishini ko'rsatish mumkin.
Go'zallikning tashkil etuvchilari bo'lmish - garmoniya, simmetriya, proporsiya,
ritmlar haqida, tor tebranishi matematikasi, oltin kesimlarning arxitektura,
rassomchilik, poeziya va prozadagi roli haqida ko'plab fikrlarni bayon etish
mumkin.Murakkab tizimlarning tavsifi va o'zaro aloqadorligini faqat so'z bilan
ta'riflash ularni tahlil etish, solishtirish va qo'llashda qator muammolarni keltirib
Do'stlaringiz bilan baham: |