“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
264
Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirish
asosini quyidagilar
tashkil etadi: 1) Kadrlar zaxirasi katta va ko‘p qirrali masalalarni xisobga olishi va
buning uchun katta hajmdagi axborotni yig‘ish; 2)
Kadrlar zaxirasini yaratish
murakkab jaryon bo‘lganligidan ko‘zlangan maqsad o‘zgaruvchan xususiyat kasb
etadi, buni hisobga olish lozim; 3) Kadrlar zaxirasini yaratishda professional kishilar,
ya’ni
ishbilarmon, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan va maxsus tayyorgarlik ko‘rgan
mutaxassislarga tayanish; 4) Kadrlar zaxirasini shakllantirish texnologiyasi insonlarni
o‘z-o‘zini ko‘rsata olishiga, intelektli va professional ekanligini
amalga oshirishiga
layoqatini takomillashtirishga karatilgan bo‘lishi lozim; 5) Kadrlar zaxirasini
shakllantirishda kasbiy malaka va kunikmalarni muttasil
rivojlantirib borishga
karatilgan keng kulamli ishlarni shu ishga mas’ul bo‘lgan shaxslar (korxona
raxbariyati, kadrlar bo‘limi boshliqlari va mas’ul xodimlar) tomonidan tizim sifatida
ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak; 6) tashkilot, korxona va davlat muassalarida hodimlar
saolihiyati va faoliyat samaradorligini muntazam baholab borish.
Kadrlar zaxirasini yaratishda Yaponiya tajribasiga qiyosiy solishtiradigan
bo‘lsak, O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini umrbod yollash prinsipi natijasi sifatida
tashqi kadrlar zaxirasi to‘laqonli tizimi yaratilgan emas, ammo elementlari bor, ya’ni
lavozimda ko‘tarilish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan
nomzodlar alohida
ro‘yxatga olinadi va undan tegishli muassasa o‘ziga kerakli xodimni tanlab olishi
mumkin. Lavozimga tayinlash sinov muddati bilan yuz beradi – bu muddat o‘tkach,
natijalar yaxshi bo‘lsa rasman lavozimga tayinlanadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “kadrlar bilan ishlash holatini ham tanqidiy
tahlil qilish zarur” [19] degan fikrlari rahbar va boshqaruv kadrlarini tayyorlashning
mavjud tizimini o‘rganishni, uni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etadi.
Mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarni tizimli tashkil etish, davlat va jamiyat
boshqaruvi,
ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda istiqbolli boshqaruv
kadrlarining
tizimli asosda tanlab olish, shuningdek, davlat va xo‘jalik
boshqaruvi
organlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga
ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30
maydagi "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida
tanlab olishning zamonaviy