MEHNAT QILISH
«Yer ishlasin, ko‘k ishlasin, sen o‘tir!»
Bular haqida bahonang bormi? Bir zum to‘xta!
«Ey, butun dunyo va ichidagilari uyg‘oq bir paytda sen g‘aflatda yotgan o‘paksaga aypandingmi? Harakat qilsang-chi? Hech bo‘lmasa, Allohdan uyal!» degan shiorimiz bu misralari bilan mehnat qilishning ahamiyatini tushuntirishga intiladi.
Inson mehnat qilishga majburdir. Zarradan to yulduzgacha hamma narsa tinimsiz harakat qilayotgan bu koinotda bekor turish insonga yarashmaydi. Asalarilar guldan gulga uchadi, chumolilar charchash nimaligini bilmay mehnat qiladi. Qushlar shohdan shohga qo‘nadi. Suvlar jildir-jildir oqib, gullar ochilib, hayvonlar turli tarafga yuguradi, quyosh har tongda chiqib, oqshomda botadi. Agar koinotdagi bu tartibli harakat, fidokorlik, g‘ayrat bo‘lmasaydi, biz tinch hayot kechira olarmidik? Bu nizom bilan hamnafas yashamagan yoki vayron qilishga uringan inson juda katta xusron ichidadir. Holbuki, inson yaratilgandan beri mehnat qilishga majbur. Inson huzur-halovatni qiladigan mehnati orqasidan topadi. Tashvishlardan faqat shu yo‘l bilan qutula oladi. Chunki, tashvishlar bekorchi insonning boshi atrofida xuddi pashsha kabi g‘uj-g‘uj to‘planadi.
Muvaffaqiyatni siri mehnatda yashiringan. Mehnatkash insonlar ertami kechmi muvaffaqiyatga erishadilar. Peshona teri, ko‘z nuri, qo‘l mehnati yetmagan (tegmagan) narsa yo‘qdir. Buyuk insonlarning hammasi intilishi va g‘ayrati bilan yuqori mavqelarga erishganini ko‘rish mumkin. Addison: «Hech bir muvaffaqiyat tasodifan qo‘lga kiritilmaydi. Erishganlarim ham tasodif emas, mehnatlarimning samarasidir", deydi. Edison ham, "Muvaffaqiyatlarimning yuzdan to‘qson to‘qqizi mehnat, yuzdan biri aqpim mahsuli", degan edi. Hamma narsaga mehnat orqali erishiladi. Qiymatli biror narsa yo‘qki, g‘ayratsiz qo‘lga kiritilgan bo‘lsin? Bilim ham mehnat bilan topiladi. Balzak: "Ilmning xo‘jayini bo‘lishini istagan kishi mehnatning quli bo‘lsin", deya ilm o‘rganishda mehnatning o‘rni muhim ekanini ta'kidlab o‘tadi.
Tananing sog‘lom bo‘lishi vitamin va oqsillarni iste'mol qilishga bog‘liq bo‘lganidek, aqlning baquvvat va tirikligi ham zehnni mashq qildirish bilan amalga oshadi. Ham aqlan, ham jismonan ishlashimiz kerak. Chunki borliq yo‘qlikning egiz do‘sti, harakat esa tiriklik, jonlilikdir. Turib qolgan suvlarning vaqt o‘tishi bilan sasib, buzilishi hammamizga ma'lum.
Ota-bobolarimiz: "Ishlagan temir zanglamaydi", deb bejizga aytishmagan. Aslida inson jo‘shqin, ta'sirchan xususiyat bilan yaratilgan. Rohati, huzuri-halovati, baxtini faqat mehnati bilan topa oladi. Axloqsizlik, qashshoqlik ham mehnat bilan tuzatiladi.
O‘z oldilariga aniq maqsad, buyuk g‘oyalarni qo‘ygan kishilar, albatta, mehnat qilishlari lozim. Kamolotga erishish yo‘pida mehnat qilish shartdir. Osongina qo‘lga kiritilgan narsalar emas, peshona teri bilan topilgan narsalarni qadrlash zarur.
Xore: "Odamlar hayotda tez yuksalganlarni qadrlaydipar. Holbuki, hech bir narsa chang va patchalik tez yuqoriga ko‘tarilmaydi", deydi. Qiyinchiliklarga chidab, mashaqqat chekib, qo‘llar qavarib erishilingan narsaga hech qachon tuymaydi. Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallam ham: "Ishlarning eng xayrlisi, qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilganidir", deya marhamat qilish orqali bizni osoniga emas, qiyiniga intilishimizga ishorat qilganlar. Biror natijaga erishishda shuning uchun horib-tolamiz, intilamiz, zahmat chekamiz. Pul ming bir qiyinchilik bilan topilayotgan bugungi kunimizda yuksak maqsadlarga osonlikcha erishib bo‘lmasligini unutmaylik.
"Kamolotga yetishish, hayot sir-asrorini o‘rganish bilan bo‘ladi", degan Paster, zerikish nimaligini bilmagan, g‘ayrat va intilishlari orqali bu sirni kashf etganlardan biri edi. Qanday ish bo‘lishidan qat'iy nazar, mehnatni bosh tamoyil qilaylik. O‘zimizga: «Kecha nima qildim? Bugun nima qilaman? Ertaga-chi?", degan savolni beraylik. Agar: "Bugun hech bo‘lma-sa, kechagichalik ishladim. Ertaga ham shu shaklda ishlab, bir narsa qilaman", deya olsakkina baxtiyor bo‘la olamiz. Shundagina qiyinchiliklarni bartaraf etish, to‘siqlardan oshib o‘tish, imkoniyatlardan to‘liq foydalana olish salohiyatiga ega bo‘lamiz.
"Ikki kunini bir xil o‘tkazgan kishi zarardadir" mazmunidagi hadis dasturul amalimiz bo‘lsin. Har kun undan avvalgi kunga biror narsa qo‘shishimiz lozim. Hayot shunchaki yeb-ichib, tanballik bilan bekor o‘tkaziladigan narsa emas. Vaqtini zoe ketkazgan inson o‘ziga-o‘zi bunday savol bermog‘i lozim: "Ilon, chayon kabi zararli hayvonlar o‘ldiriladi. Vaqtim shuqadar zararlimikin, uni o‘ldirayapman?". Bu savolga berilgan "Io‘q!" javobi bizni mehnat qilishga undovchi ta'sirli vosita bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamning bo‘sh o‘tirgan odamga salom bermaganliklarini o‘ylab ko‘raylik. Shunda mehnat qilishning inson hayotidagi ahamiyatini yana bir karra tushunib yetamiz. "Vaqt ziq bo‘lishidan oldin bo‘sh vaqtning qadriga yeting!", deb buyurgan Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamga ergashganlar uchun mehnatdan qochishning hech qanday uzri yo‘q.
Diniy vazifalar bilan birga mehnat qilishning ham ibodat ekanini tushunib yetsak hech qachon bekor o‘tirmas edik. Albatta, turli shikoyatlar, muammolar bilan yuzma-yuz kelishimiz mumkin, kamchiliklarimiz, nuqsonlarimiz bo‘lishi tabiiy. Bu kabi to‘siqlarni hammasini o‘rganib chiqaylik. "Ularning ustidan g‘olib kelaman!", deya azmu-qaror qilib, shavq g‘ayrat bilan mehnat qilaylik. Ishoning, shunda hammasini bartaraf qila olamiz. Qur'onda "Inson uchun mehnatdan boshqa narsa yo‘qdir", Deya buyurilgandan so‘ng ortiqcha so‘zga ne hojat! Mehnat qilaylik, albatta natijasini ko‘ramiz. Ammo tartibsiz ishlashdan uzoq bo‘laylik. Hamma narsa aniq reja asosida qurilgan bugungi kunimizda betartib, rejasiz ishlardan foyda yo‘qligini yodimizdan chiqarmaylik. Harakatlarimizda muvaffaqiyatlarga erishishimiz uchun ba'zi tamoyillarni o‘zimizga qonun qilib olsakkina, to‘siqlarni oson oshib o‘ta olamiz. Xoh-lasangiz, bularning ba'zilarini eslatib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |