Ilm – eng buyuk sharaf nimaga muhtojmiz?



Download 200,5 Kb.
bet14/18
Sana21.02.2022
Hajmi200,5 Kb.
#48705
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ilm haqida

Паҳлавон Маҳмуд
Ҳақ йўлинда ким сенга бир ҳарф уқутди юз ранж ила,
Айламоқ осон эмас ҳаққин адо минг ганж ила.
Навоий
Касби илм этмай киши гар қолса маҳз жаҳл ила,
Икки олам обрўси бўлғуси барбод анго.
Огаҳий


Inson hayotida ilm nechog‘lik muhim? Adab-chi?

Ilm-ma’rifat, odob-axloq masalasi kishilik jamiyatida, bashariyat hayotida hamisha alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Xalqimiz qadimdan elning ilmli kishilariga ishongan, ularga ergashgan. Misol uchun, Islom dini bizning mintaqamizda 725—730 yillarda mahalliy aholi tomonidan qabul qilindi. Birinchi galda ilmli kishilar din bilan tanishib, Qur’oni Karimni o‘qib, hadislarni o‘rganib, bu nafaqat muqaddas din, balki buyuk ta’limot ekanini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglashdi, xalqqa ham to‘g‘ri tushuntira olishdi. Ziyoli, ma’rifatli insonlar imon keltirishgachgina el-ulus ham Islomni qabul qildi. Bizning baxtimiz shundaki, ilmli ajdodlarimiz haq yo‘lni tanlay bilishdi.


Qur’oni Karimda 800 dan ortiq o‘rinda ilm haqida bayon qilingan. Ilm-ma’rifat yuksak ta’riflangan. Ilmning xosiyati haqida ko‘plab hadislar bor. “Eng yaxshi ibodat ilm olmoqdir” deyiladi hadisi sharifda. Demakki, ilm olmoq ibodat darajasida ulug‘langan.
Har bir mo‘min kishi u kim bo‘lishidan qat’i nazar, professormi, tadbirkormi, dehqonmi yuragining bir burchida “Menga ham jannat nasib bo‘larmikan?” degan o‘y bilan yashaydi. Hadislardan birida “Hamma narsaning bir yo‘li bor. Jannatga yo‘l ilm olish bilan egallanadi” deyiladi. Garchi hayotning turli jabhalarida faoliyat yuritsa-da, ilmga tashnaligi, kitobga mehri bo‘lgan odam, albatta, solih kishidir.
Yana bir o‘rinda “Islom — bu ilmdir” deyiladiki, bunda faqatgina diniy bilimlar nazarda tutilmaydi. Ezgulikka boshlovchi hamma ilmlarni o‘rganmoq farzdir. Bizning dono ajdodlarimiz bu hadislarga qat’iy amal qilganlar. Islomning ustunlari ilm deganlar. Alohida faxr bilan aytish kerakki, musulmon olamida dastlabki madrasalar bizda ochilgan. Ularni o‘z davrining universitetlari darajasida tushunish kerak. Chunki madrasada diniy ta’limot bilan birga, tarix, falsafa, astranomiya, tabobat kabi dunyoviy fanlar ham o‘qitilgan. Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Nasaf kabi qadimiy shaharlarimizda ana shunday ziyo maskanlari bo‘lgan. Taassufki, biz hali madrasalarimiz tarixini to‘la tadqiq qilganimiz yo‘q. Ularni o‘rganishga ajdodlar oldida qarzdormiz.
Darvoqe, odob haqida. Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy(736—798) degan alloma haqida o‘qigandirsiz. U Turkmanistonda tug‘ilgan, ammo umrining ko‘p qismi Samarqand va Buxoroda o‘tgan. Qashqadaryoning Muborak tumanida mutafakkirning ramziy qabri bor. Imom Buxoriy, Imom at-Termiziylar undan hadislar rivoyat qilishgan. Shu alloma asarlaridan birida “Men ilmni yigirma yil o‘rgandim, odob-axloqni esa o‘ttiz yil” degan ekan.
Donishmand ajdodlarimiz ma’rifat va axloqni egiz tutishgan. Misol uchun, buyuk alloma Al Hakim at-Termiziy (820—932) ma’rifatlilik va donishmandlikni toza xulqi bilan bezagan inson bo‘lgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilgan. Uning ta’limotida qalb musaffoligi masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Ammo tarbiya mutelik degani emas. Imom Buxoriy hazratlariga o‘sha paytlardagi Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad Zuhliy vakil jo‘natib “Menga va farzandlarimga “Jome’ as-Sahiyh”, “Tarix” va boshqa kitoblaringizni olib kelib, o‘qib bering” deydi. Imom Buxoriy u yerga borishdan bosh tortadilar. So‘ng amir yana vakil yuborib, boshqalarga qo‘shmasdan uning farzandlariga alohida dars berishini so‘raydi. Ammo yana rad javobini oladi. O‘sha davrda Buxoriyni o‘jarlikda, ta’bir joiz bo‘lsa, amirga nisbatan hurmatsizlikda ayblaganlar ham bo‘lgan.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish