Ilm – eng buyuk sharaf nimaga muhtojmiz?



Download 200,5 Kb.
bet15/18
Sana21.02.2022
Hajmi200,5 Kb.
#48705
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ilm haqida

Sharqona tarbiya degani haq-nohaqning oldida bosh egib turaverish, noto‘g‘ri ishlarda ham royish berish emasligini ham unutmasligimiz lozim. Bizning axloqimiz iymon bilan, vijdon bilan, qat’iy hayot pozitsiyasi bilan bog‘liq masala. O‘zbekona tarbiya odobsizni odob bilan yengishni o‘rgatadi. Ya’ni bahs-munozaralarning ham go‘zal qoidalari borki, bu g‘arbdagi arzimagan narsaga ayyuhannos solib, yoqalashish degani emas. Bizda e’tiroz bildirmoqda ham, birovni rad etmoqda ham odob bilan yondashiladi. Bunga tarixiy misollar juda ko‘p.
Al-Buxoriy bilan bog‘liq voqeaga kelsak. Avvalambor, tarixiy voqeani to‘g‘ri talqin qilish juda muhim:
Imom Buxoriy uzoq yillik safardan so‘ng ona yurtiga qaytgach, o‘z hisobidan katta rabot, zamonaviy tilda aytganda katta majmua qurdiradi. Uning tarkibida madrasa, masjid, oshxona, mehmonlar uchun turar joy kabi binolar bo‘ladi. Shu qurilishda hazratning o‘zlari ham bevosita qatnashadi. Ha, endi, bular imom Buxoriydek ulug‘ zot shaxsiyati oldida mayda gaplar. Xullas, shu jarayonda amir Xolid ibn Ahmad Zuhliy vakilini yuborib, Imomdan huzuriga kelishini so‘raydi. O‘sha kunlarda allomadan hadis eshitaman deb keladiganlarning oxiri yo‘q edi. Bu yoqda qurilish avjida. Xullas, Buxoriy borolmasligini, agar amir istasa kelishini, unga bajonu dil saboq berajagini aytadi. Ammo o‘rtadagi vakillar bu javobni juda qo‘pol tarzda amirga yetkazishadi. Biroz vaqt o‘tgach, Ahmad Zuhliy yana vakil jo‘natib, farzandlariga alohida ilm berishini so‘raydi. Ammo Buxoriy har bir inson kim bo‘lishidan qat’i nazar, ilm olishga teng haqli ekanini chiroyli tushuntiradi va taklifni rad etadi. Buni qarangki, o‘rtadagi vakillar yana qo‘shib-chatib amirga javobni yetkazishadi. Shundan so‘ng Buxoriyga qarshi fitnalar boshlanadi. Shu voqea ham al-Buxoriy fe’lidagi moddiyatdan ko‘ra ma’naviyatni ustun qo‘yish, xalq manfaati oldida xudbinlik qilmaslik kabi fazilatlarini ko‘rsatadi.
Yaqinda “O‘zbekiston” NMIU tomonidan chop etilgan “Buyuk yurt allomalari” kitobini o‘qidim. Juda savobli va xayrli ish bo‘libdi...
Bu kitobda Movarounnahrda yashab o‘tgan 70 nafar mutafakkirning hayot yo‘li va ularning olamshumul ahamiyatga ega merosi va ilmu urfon rivoji yo‘lida ko‘rsatgan beqiyos jasoratlariyu sa’y-harakatlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Har bir maqola mavzuni chuqur biladigan olimlar tomonidan yozilgan. Ishonchli yozma manbalarga asoslangan, tarixiy dalillarga boy, sodda va ravon uslubdagi ma’lumotlar keng jamoatchilik, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlarimizda tahsil olayotgan yoshlarning intellektual salohiyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Ilm yo‘lini tanlagan har bir talaba ulug‘ allomalarimizning qanchalik mashaqqatlar evaziga yuksak maqomlarga erishganini bilishi kerak.
Misol uchun, suhbat boshida eslaganimiz Xorazm vohasida tug‘ilgan Mahmud az-Zamaxshariy hayot yo‘liga bir nazar tashlasak.
Bolalik chog‘ida, taxminan o‘n ikki yoshligida ilm olish maqsadida Buxoroga ketayotganida Zamaxshariy otdan yiqilib oyog‘i qattiq lat yegan. Buning ustiga qahraton qish mavsumi edi. Shifokorlar qancha urinishmasin, bemorning oyog‘ini kesishga majbur bo‘lishgan. Shu baxtsiz tasodif tufayli Zamaxshariy butun umri davomida oqsab, yog‘och oyoqda yurgan. Shunga qaramay u o‘z maqsadidan og‘ishmaydi. Otasi erkak kishi ertaga ro‘zg‘or yukini ko‘tara olishi kerak, jismonan nuqsonli bo‘lib qolgan dilbandining hech bo‘lmasa biror hunarni egallashini istab, uni bir to‘quvchiga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi, ammo Zamaxshariy padari buzrukvoridan Buxorodagi madrasaga olib borishini yig‘lab so‘raydi. Shundan so‘ng ota farzandining iltimosini bajaradi.
Yana yurtimizda tug‘ilib voyaga yetgan mutafakkirlardan biri Abu Hafs an-Nasafiyning hayot va ijod yo‘lini o‘rganish ham juda muhim. Nasaf shahri Abu Hafs yashagan davrda ilm-ma’rifatda Movarounnahrdagi eng yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri bo‘lgan. Allomaning “Kitob al-qand” va boshqa asarlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, VIII—XII asrlar mobaynida bizning diyorimizda uch mingdan ortiq ko‘zga ko‘ringan muhaddislar yashab, faoliyat yuritishgan. Ulardan mingdan ortig‘i Samarqandda, olti yuzdan ortig‘i Buxoroda yashagan bo‘lsa, to‘rt yuz nafardan ko‘prog‘ining hayot va faoliyati Nasaf shahri bilan bog‘liq bo‘lgan.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish