Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishishda qanday husussiyatlar ko’zga tashlanadi?


Oilaning bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishidagi o’rni haqida



Download 64,14 Kb.
bet15/15
Sana07.12.2020
Hajmi64,14 Kb.
#53059
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ibrohimova Madina

Oilaning bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishidagi o’rni haqida

barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur. 1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi. 2. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda 22 hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar madaniyati takomillashgan oilalardagina sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lom turmush tarzi jismonan sog‘lom aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirishni, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etishni ifodalaydi. Sog‘lom turmush tarzi aholining farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmatni yaxshilash, demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, ommaning ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatdan tarbiyalanganligini o‘sib bori shva ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlashni, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan mann etishni, muntazam ravishgda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilishni, ma’naviy boy, sog‘lom intillektual egasi bo‘lishni talab qiladi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, boyitib, zamonaviylashtirib, maktab tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki butun O‘zbekiston ijtimoiyma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota-onaning bola tarbiyasi uchun davlat oldidagi javobgarliklarining qayd qilinishi, Prezident I.Karimov tomonidan 1998 yilning Oila yili deb e’lon qilinishi ota-onalar, mahallar oldiga qator yangi, milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda. 23 Oila – milliy dunyoqarash manbai sifatida o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Tarixda o‘g‘il-qizlar o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan dunyoqarashni sintez qilib, o‘z oilaviy dunyoqarashlariga aylantirganlar. Bu farzandlarining milliy dunyoqarashlariga shakl, mazmun berib, meros tarzida o‘tib keldi. Dunyoqarashning birligi – milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat, maqsad, birligi, samimiylik tantana qilar edi. Oila o‘g‘il-qizlarda milliy fe’l-atvor, husni xulq tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kuni, har soatda o‘zlari bilib-bilmagan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, bolalariga hatti-harakatlar, yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish, mezbon va mehmon munosabati me’yorlarini singdirib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘g‘ilniotalikka, qizni-onalikka, uy bekaligiga tayyorlash milliy tarbiyadagi ikki yo‘nalish-o‘g‘il va qiz bolalar tarbiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. Maktabda ham anna shu xususiyat saqlanishi va rivojlantirilishi kerak. Ota-ona obro‘si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali ular farzndlarining ongiga, xulq-atforiga ma’naviy ta’sir qiladilar. Ota-ona obro‘si o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ne’mat emas. U ota-onaning bola tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanayotganligi yoki shug‘ullanmayotganliklari bilan belgilanadi. Sobiq sho‘ro davrining 80 yillarida otalar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi tarbiyachilik vazifalari qoniqarli bajarilmas edi. O‘tkazilgan tadqiqotlar sobiq ittifoqda har bir 9-bolaning otasizligi va umuman otalarning farzand tarbiyasiga bir kunda 8 daqiqagina vaqt ajratganligini ko‘rsatgan edi. Ota-ona obro‘sini ularning farzandlari shaxsi bilan qiziqishlari o‘quvchi farzandlarining rivojlana borayotgan ehtiyojlarini o‘rganib, boshqarib, qondirib borishlari oshiradi. Olib borgan kuzatuvlarimiz hayotda ota-onaning tarbiyachilar sifatidagi obro‘larini tushiruvchi sabablar mavjudligini ko‘rsatdi. Bular: 24 - ota-onaning o‘zlarining bolalarining boquvchilari sifatida anglab, tarbiyachi axloqsiz turmush tarzi; - oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi; - ota-onaning bolalarga aytgan so‘zlari, pand-nasihat qilaverishlari, farzandlar bilan asosan buyruq, hukm orqali gapirishlari; - ota-onaning o‘quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga e’tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari, o‘quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik (ayniqsa o‘smirlar o‘zlariga nisbatan beparvolikdan qattiq iztirob chekadilar. Natijada ota-ona va o‘smir orasida sovuq munosabatlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi); - o‘kuvchi-farzandlar bilan munosabatda ularning yosh xususiyatlarini bilmaslik (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onaning qarashlariga, fe’latvorlariga taqlid qilib keladilar. Ana shuning uchun ham xalqimizda ularni «shirin» deyishadi. O‘smirlik davri boshlangaya, bolada keskin o‘zgarisho‘tmish davri boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning asosiy qismi shu davrga to‘g‘ri kelishining boisi ham shundadir. Ota - onaning o‘z farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati bolalarni – o‘smirlarning ota-onadan (ko‘pchilik hollarda otadan) qalban uzoqlashuviga olib keladi); - ota-onaning o‘zlarining farzandlari uchun har kun, har soat, har daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay bilmasliklari; - o‘quvchi-farzand tarbiyasi uchun bor ma’suliyatni maktabga tashlab, o‘zini soqit qilish; - rag‘batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqa bilmaslik. - milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantira bilmaslik, hafsalasizlik; - tan jazosi bilan qo‘rqitish; - ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida janjal qilib turishlari; 25 - unda oshkora ichkilikbozlik qilinishi, behayo so‘zlar, qarg‘ishlar, so‘kinishlar; - o‘z farzandini «eng yaxshi» deb hisoblash; - «biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat qilsin» Deya o‘quvchi farzandlarini erkalatib yuborish yasantirishga hirs qo‘yish yoki buning aksi – «bola qiynalib kata bo‘lsa, ota-onaning, mehnatning hayotning qadriga yetadi» deya ko‘r-ko‘rona qattiqqo‘llik, zarda qilaverish; - o‘quvchi farzandiga va’da berib, bajarmaslik; - maktab bilan ta’lim – tarbiyaviy hamkorlikdan «ish ko‘p, vaqt yo‘q» degan bahona bilan o‘zini chetga olish; - o‘quvchi bolalarni o‘z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va hokazo. Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda otaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero «Otaning ochgan yo‘li bor, onaning bichgan to‘ni bor». «Otasi borning unumi bor, onasi borning tikishi bor». «Ota-olamning fikri», «Erta tur, otangni ko‘r, otangdan so‘ng otingni ko‘r», «Otangni ko‘rsang, otdan tush», «Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin», «Ota – bolaga sinchi», «O‘g‘lingni sevsang, qo‘lingdek ishlat», «Otalar so‘zi xitob bo‘lur, ani yig‘mang kitob bo‘lur». . . Onaning o‘zbek oilasidagi o‘rni alohida, jipslashtiruvchi ahamiyatga ega. Chunki «Onaga bo‘lgan muhabbat-Vatanga bo‘lgan muhabbatning kurmagi», «Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada», «Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas», «Bola-loy, ona –kulol», «Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi», «Onangning yaxshiligini bemor bo‘lsang bilarsan» va hokazo.gapirib bering.
Download 64,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish