Mustaqil yechish uchun mashq:
Agar jism 50 sekunda 5 marta tebransa, u hosil qilayotgan tovush chastotasi qanday bo’ladi?
Bu qanday tovush?
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Fikrlar testi” o’tkazamiz.
Men o’qigan fikrlar to’g’ri bo’lsa “xa “, noto’g’ri bo’lsa “yo’q” deb javob berasiz. (Javoblar daftarga belgilanadi)
Chastotasi 16 Hz dan yuqori bo’lgan tovush ultratovush deyiladi. (yo’q)
1 sekundda tebranishlar soniga chastota deyiladi. (xa)
Tovush tarqalishi uchun tebranma harakat bo’lishi shart emas (yo’q)
20000 Hz dan yuqori chastotali tovush ultratovush deyiladi.(xa)
Kamerton─tovush tarqatuvchi jism (xa)
Rezonator─tovushni pasaytradi (yo’q)
Tovushni qabul qiluvchi asbob bu mikrafon (xa)
Agar jism 2 sekundda 4 marta tebransa, chastotasi 0,5 Hz bo’ladi (xa)
Inson qulog’I 16 Hz dan 20000 Hz gacha tovushni eshitmaydi (yo’q)
Kapalaklar va mushiklar ultratovushni eshitadilar (xa)
Javoblarni tekshirish uchun o’quvchilar bir-birini daftarlarini almashtirib, bir-birining javoblarini tekshiradilar.
8 – 10 ta to’g’ri javob – 5
6 – 7 ta to’g’ri javob – 4
5 –6 ta to’g’ri javob – 3
Eng ko’p kredit karto’chka to’plagan o’quvchi va guruh
“Eng faol o’quvchi”
“Eng faol guruh” nominatsiyasiga ega bo’ladi.
Mavzu haqida chuqurroq bilimga ega bo’lishingiz uchun internetdan va boshqa manbalardan olingan ushbu qo’shimcha malumotlarni sizlarga bermoqchiman (O’quvchilarga qo’shimcha ma’lumotlar yozilgan varaqlar tarqatiladi.
Uyga vazifa: 53-Mavzuni o’qib o’rganish va “aydio-pleer” ning mikrafonini tuzilishini o’rganish.
Mustaqil o’qish uchun qo’shimcha ma’lumot.
Ko’rshapalaklar va delfinlar sut emizuvchilar oilasiga mansub. Lekin biri uchuvchi hayvon ikkinchisi suzuvchi hayvon. Ko’rshapalaklar odamda qo’rquv hissini uyg’otsa, delfinlar esa odamda xursanchilik hissini uyg’otadi. Biri qo’rqinchli, ikkinchisi quvnoq bu jonivorlarning bitta umumiy qobilyati bor – ular ultra tovushni eshita oladilar.
Ko’rish xususiyatidan marxum bo’lgan ko’rshapalaklar qorong’uda faqat tovush yordamida yo’nalish oladilar. Uchish paytida ular qandayqir tovush chiqaradilar va bu tovushning hashoratlardan qaytgan aks-sadosiga o’zlari uchun oziq topadilar. Ular 8 · 104 Hz chastotali ultratovush signallari tarqatadilar.
Ko’rshapalaklar juda kuchsiz tovushlarni, xatto uchib ketayotgan chivindan qaytgan tovushlarni ham seza oladi. Umuman ko’rshapalaklarni eng zo’r “padiolokator” deyish mumkin.
Delfinlar ham ko’rshapalaklarga o’xshab, ultratovush chiqaradilar va qabul qiladilar.
Delfinlar 8 · 104 dan 105 Hz chastotagacha ultratovush chiqaradilar.
Mana shu xususiyatiga ko’ra ular 50m naridagi kichkina baliqchani “seza oladilar”
Qaytgan ultratovushlar delfinning pastki jag’lari tomonidan qabul qilinadi. Delfinlar kuchli shovqin fonidagi kuchsiz tovush singanllarini ham qabul qila oladi. Cho’ka yotgan odamlarni qutqarish xususiyati ham shunga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |