Darsning borishi.
salomlashish
davomatni aniqlash
v) sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayorgarligini tekshirish.
Darsni guruhlar o’rtasida musobaqa usulida olib borish uchun sinf 4 guruhga bo’linadi.
II. O`tilgan mavzuni so’rash
O’quvchilar, bugungi darsda siz o’zingizni “Bilimlar banki” ning mijozi deb tasavvur qiling. Xar bir bergan to’g’ri javobingiz uchun bankning kredit kartochkalarini olasiz.
Bugungi darsimizning shiorini “50x50” deb tanlab oldik, shuning uchun dars davomida siz tinglovchi emas, faol ishtirokchi bo’lishga harakat qiling.
Avalgi darslarimizda issiqlik hodisalari va issiqlik mashinalari bilan tanishganmiz. Olgan bilimlaringizni quyidagi topshiriqlar bilan takrorlab olamiz.
1-guruh uchun topshiriq:
“Vatan ostonadan boshlanadi” iborasini siz qanday tushinasiz? (Slayd 4)
2-guruh uchun topshiriq: Issiqlik uzatish usullari va issiqlik mashinalari turlarini aytib bering.
3-guruh uchun topshiriq: Masalani yeching:
Jisim 20 N kuch tasirida 10 sm ga siljiydi. Bajarilgan ishni toping.
4-guruh uchun topshiriq: Quydagi savollarga javob bering:
Yer atmosferasi shaffof bo’lgani tufali, quyosh nurlarini kam yutadi va shuing ushun isitmaydi. Nima uchun yozda soya joyda ham issiq bo’ladi?
Agar meditsina termometri e’tiborsizlik oqibatida deraza oldida qolib ketsa, uning buzilishiga nima sabab bo’ladi?
Guruhlar navbat bilan topshiriqlarni bajarib bo’lganlaridan keyin yangi mavzu tushuntiriladi.
(Magnitafondan musiqa, suvning shildirab oqishi, telefon qo’ng’irog’i va qushning sayrashi eshittiriladi)
Oquvchilar, biz tovushlar olamida yashaymiz. “Tovush” deganda siz nimani tushunasiz? O’zingizni fikringizni ayting. (O’quvchilar tovush haqida o’z fikrlarini aytadilar).
Endi darslikdagi 142 betni oching. Bugungi siz bilan o’rganadigan yangi mavzu:
“Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar.
O’quvchilarga chizg’ich bilan tajriba ko’satilib beriladi O’quvchilar, demak tovush chiqaruvchi barcha manbalarda nimadir tebranar ekan. Chizg’ichni uzun qismi tebranib turganda tovush chiqmaydi. Buni tushintirish uchun tebranma hjarakatni va chastota nomli kattalikni bilishimiz zarur.
Tebranma harakat deb har qanday takrorlanuvchi harakatga aytiladi.
1 sekund vaqt davomidagi tebraishlar soniga tebranishlar chastotasi deyiladi. (Slayd 7)
Chastota ν bilan belgilanadi.
Agar jisim 1 sekunda 1 marta tebransa, uning chastotasi 1 Gers (Hz)
1 Hz=
Inson qulog`i 16 Hz dan 20 000 Hzgacha bo’lgan tovushlarni eshitadi. Chizg’ichni uzun qismi tebranayotganda unnig tebranish chastotasi 16 hz dan past bo’lgani uchun biz uni eshitmadik.
1 sekundda tebranishlar soni 16 dan kichik bo’lgan tovushlar infratovush deyiladi. 7-9 Hz chastotali infratovush inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Chastotasi 20000 Hz dan yuqori bo’lgan tovush ultratovush deyiladi. Ultratovush tibbiyotda inson a’zolarini holatini o’rganishda, metallurgiyada metall quymalarning sifatini aniqlash va, suv va suv ostida suzishda dengiz chuqurliklarni aniqlash va to’siqlargacha bo’lgan masofani aniqlashda foydalaniladi. Ultratovush hayvonlarning hayotida ham muhum ro’l o’ynaydi. Kapalaklar, itlar va otlar, ko’rshapalaklar, ultratovushni eshita oladi. Delfinlar 200 kHz gacha bo’lgan tovushni qabul qiladi. (Slayd 8)
Aniq bir chastotali tovush chiqaruvchi asbobga kamerton deyiladi. Bu asbob 1771 yilda musiqachi Shorom tomonidan ixtiro qilingan. Kamerton tovush manbai sifatida foydalaniladi. U 2 shoxli metall sterjendan iborat bo’lib, undan chiqayotgan tovushni kuchaytirish uchun “yog’och quti” – rezonatorga o’rnatiladi.
Kamertonning bir shoxchasiga rezina tayoqcha bilan ursak, ma’lum bir tovush eshitiladi. (Slayd 9)
Musiqa asboblaridan rubob, tor,dutor va tanburlarda tebranuvchi sim ortiga yupqa parda qo’yiladi, bu parda rezanator vazifasini bajaradi. (Slayd 10)
Kamertorning 2-shoxchasiga ipga osilgan yengil jismni tekkizib, 1-shoxchasiga rezina bolg’a bilan ursak shoxchaning tebranishlarini kuzatish mumukin. (121-rasm), (Slayd 11). Demak, barcha tovush chiqaruvchi manbalarda nimadir tebranar ekan. Insonning og’zi ham kamertonga o’xshaydi. Til tebranuvchi jism bo’lsa, og’iz boshlig’i va tomoq rezonator vazifasini bajaradi. Tovush manbalariga kamerton, inson og’zi, musiqa asoboblari va hokazolar misol bo’ladi. Oddiy so’zlashuv paytida erkaklar 85-200 Hz, ayollar esa 160-340 Hz atrofida tovush chiqaradi. (Slayd 12 va Slayd 13)
Tovushni qabul qilgichlarga insonning qulog’i misol boladi. Quloq ichidagi maxsus parda unga tovush tushinganda tebranadi va miyaga signal beradi. Inson qulog’i 1000Hz dan 4000Hz gacha bo’lgan tovushlarni juda yaxshi eshitadi. (Slayd 14)
Tovushni eshitish qobilyati odamning yoshiga ham bog’liq. Yosh bolalar 22000Hz gacha tovushga sezgir bo’lsa, 50 yoshdan so’ng 12000Hz gacha tovushga sezgir bo’ladi.
Tovushni qabul qiluvchi suniy apparatlar “mikrofon” deb ataladi. Mikrofonda tovush tebranishlari elektr tebranishlariga aylantiriladi, so’ngra maxsus kuchaytirgichlarda kuchaytiriladi (“Avdio-pleer”mikrofonlarini ishlash prinspini uyda o’rganing)
E ndi mavzu bo’yicha olgan bilimlarimizni “klaster” usulida tarmoqlarda ifodalaymiz. (Slayd 15)
O’quvchilar, endi “xotira mashqi” o’tkaziladi. Har bir guruh 1 tadan darsning asosuy tushinchasini tez ta’riflaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |