Ikkinchi jahon urushi


yil iyul boshlarida Kursk yo’nalishida kuchlar nisbati



Download 1,47 Mb.
bet9/14
Sana05.09.2021
Hajmi1,47 Mb.
#165917
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushi (o'quv-uslubiy majmua)

1943 yil iyul boshlarida Kursk yo’nalishida kuchlar nisbati

Kuchlar va qurollar

Markaziy va Voronej frontlari

Markaziy armiyaning 9- va 2-armiya guruhlari 4-tank armiyasi va “Janub” armiyasining “Kempf” tezkor guruhi

Qurol va kuchlar nisbati

  1. Shaxsiy tarkib

  2. Qurol va minomyotlar

  3. Tank va artilleiya moslamalar

  4. Samolyotlar

1 mln
336 ming
19,1 ming
3444 ta 2172 ta


900 mingdan ortiq

10 ming
2700 ta

2050 ta


1,4:1
1,9:1
1,2:1
1:1

Kutilayotgan gigant urush maydonida qariyb 100 kun tayyorgarlik ko’rilgan. 1943 yil 5 iyul kunchiqarda nemis-fashist qo’shinlarining kuchli gurippirovkalari Kursk tepaligining Shimoliy va janubiy qismida hujumga o’tdilar va tezda Markaziy va Voronej frontlarining mustahkam mudofaasiga duch keldilar,

Iyun oxiri va iyul boshlarida Sovet jangovar tezkor va agentlik razvedkasi dushman harakatlarini, asosan uning tank birikmalarini kuzatishda davom etardi. Bu narsa Oliy Bosh qo’mondonlik stavkasining front rahbarlariga dushman 3-6 iyulda hujum boshlashi mumkinligi haqida xabar berishiga yordam berdi. Keyinchalik bo’lajak hujumning nafaqat kuni hatto soati ham (5 iyul kech soat uchda) aniqlandi. "Markaziy" va Voronej frontlari 5 iyul tongida kutilayotgan jangga tayyorgarlik ko’rardilar.

Artilleriya tayyorgarliklari natijasida nemis-fashist qo’shinlarining Markaziy frontga qarshi hujumi 2,5 soatga keyinga, Voronej frontiga hujum 3 soat keyiniga qoldirildi.

Soat 5:30 da artilleriya tayyorgarliklaridan so’ng va aviastiya zarbalaridan so’ng nemis-fashist qo’shinlari general N. P. Pixov boshchiligidagi 13-armiyaga va unga birlashgan general P. L. Romanenko va I. U. Galaminlar qo’mondonligidagi 48- va 70-armiyalariga hujum qildilar. Raqib ilk kunlardanoq jangga 9 ta diviziyani, shu bilan birga ikki tank diviziyalari, shuningdek 7 shturmli qurollar diviziyalarini kiritdi. Asosiy zarbani gitlerchilar Olxovatkaga yo’lladilar, yordamchi zarbalarni esa Maloarxongelsk va Gilets hududiga qarab bordi.

Olxovatka yo’nalishida 500 ta tank va shturmli qurollar harakatga ega edi. Raqib tank, aviastiya, artilleriya va piyodalarning asosiy kuchlarini rus qo’shinining 13-armiyasiga karatdi.

Gitlerchilar muvaffaqiyat qozonishga ishonardi. Ularning hisob- kitobicha yangi jangovor texnika Sovet qo’shining mudofaasini sindirishi kerak edi. Ammo sobiq sovet jangchilari o’zini yo’qotib qo’ymadi. Ular dushman tanklariga karata artilleriya va tankga qarshi qurollar bilan o’qqa tutdilar, ularni yoqilg’i aralashmasi to’ldirilgan butilkalar bilan portlatdilar. Nemis-fashistlarning tank va shturmli qurollari minalashtirilgan dalalarda ko’p portladi; sovet o’qchi diviziyalari piyodalarni himoyalab, turli qurollar bilan dushmanga qarata o’q uzdilar, o’rtada qo’l janglari ham sodir bo’ldi.

13- va 48-armiyalar bilan birgalikda Uzoq Sharq, Baykalorti, Markaziy Osiyo chegaralari va Ichki Ishlar xalq Komissarligining ichki qo’shinidan shakllantirilgan 70-armiya ham qahramonona jang qildi. Armiya birikmalari raqibga qattiq qarshilik ko’rsatib, jasorat bilan uning hujumlarini qaytarib unga jiddiy zarar etkazganlar.

Jangning birinchi kuniyoq sobiq sovet qo’shinlari dushmanning 4 ta hujumini qaytardi. Faqatgina 5-hujumda nemislar 13-armiyaning old chekkasi mudofaasiga yorib kirishga muvaffaq bo’ladilar va uning ba’zi qismlari ustidan g’alaba qozondilar. General S. I Rudenko qo’mondonlik qilgan 16-havo kuchlari armiyasi uchuvchilari ham qattiq janglar olib bordilar. Uchuvchilar birinchi marta tankga qarshi aviastiya bombalarini qo’lladilar. Bunday qurollar bilan, ular nemis-fashistlarining artilleriya va boshqa jangovar texnikalarini yo’qotdilar. Il-2 samolyotiga shunday bombalarning 144 tasi yuklatildi. Tanklarga qarata bomba uloqtirish vaqtida 150x150 m maydonida mag’lubiyat maydonini yuzaga keltirdilar.

Havoda qattiq janglar bo’ldi. 5 iyulda Markaziy front chizig’ida dushmanning 2300 samolyoti uchib o’tgani ro’yxatga olingan. Shunday vaziyatlar bo’ldiki kurash maydonida 300 dan ortiq bombardirovkachi va 100 tadan kam bo’lmagan qiruvchi samolyotlar bo’lgan.

Kurskdagi havo janglari juda shafqatsiz bo’ldi. Havo janglari kundan-kunga jadallashib 6opdi.

5 iyulda 16-havo kuchlari armiyasi 1232 jangovar samolyotga ega bo’lgan, 76 marta havo hujumlari uyushtirib 106 ta dushman samolyotini urib tushirgan.

Hujumning ilk kuniyoq dushman sovet qo’shinlarining qarshiligini sindirishning iloji yo’qligini anglab etdi va "bir zarba bilan mudofaani yorib o’tish" ning iloji bo’lmadi:


  1. iyulda Markaziy front chizig’i bo’ylab nemis-fashistlarning 1162 ta samolyoti havoga ko’tarilgan. 16-havo armiyasi 1326 ta samolyot hujumi qilgan, 92 marta havo hujumlari uyushtirib 91 mashinani yo’qotgan holda 113 ta samolyotni urib tushirganlar.

Ikki kun ichida raqib 6-10 km ichkari kirgan xolos. Bunda 25 ming soldat va jangovar texnikaning katta qismini yo’qotgan.

7 iyulda gitlerchi qo’mondonlar Olxovatkaga hujumni davom ettirgan holda asosiy zarbani Penirga yunaltirdi. Mudofaaning ikkinchi chizig’i uchun o’ta shafqatsiz urushlar boshlanib ketdi. Pomir hududlarida shakllangan diviziya dushman hujumini 307-o’qchi diviziya qahramonona qaytargan. Bu diviziyaga general M. A. Ensshin qo’mondonlik qilardi.

8 iyul kuni dushman yangi kuchlarini jangga kiritdi va Sovet qo’shinlari mudofaasini yana bir bor yorib o’tishga qaror qildi. Tongda Olxovatkadan shimoli-g’arbroqda 300 tagacha nemis tanklari piyoda qo’shinlar bilan birgalikda polkovnik U. N. Rukosuev qo’mondonlik qiladigan Z-qismi brigada pozistiyalariga zarba berganlar. O’rtada shafqatsiz kurash bordi: Sovet artilleriyachilari aniq zarbalar bilan raqibning front tank texnikalarini yo’qotganlar. Juda ko’p tanklarini yo’qotgan dushman hujumni to’xtatishga majbur edi bo’lgan edi.

Ko’pchilik nemis bombardirovkachilari urush maydoniga etib kelmasdanoq qo’lga olingan. Fashist aviastiyasining faolligi kundan-kunga pasayib borgan. 6 iyulda nemis-fashistlarining 1162 ta samolyoti havoga ko’tarilagan bo’lsa, 9 iyulda ularning soni 350 taga tushgan edi.

7 iyulda "Markaz" armiya guruhi qo’mondonligi 9-armiyaning to’liq hujum guruppirovkasini 7-piyoda va 5-piyoda diviziyalarini urushga safarbar qildi. Uning zarbasida 12 tank va 36 piyoda diviziyalar bo’lgan.

Markaziy frontning qahramonona qarshiligi nemis-fashist qo’shinlarining hujumlarini barbod qildi .

Nemis-fashist qo’mondonligi hujumni to’xtatish haqida buyruq berishga majbur bo’ldi. Nemis-fashistlar etakchilikni qo’ldan boy berdi.

10 iyulda hujum yangidan boshlandi. Zarbani kuchaytirish uchun Gitler "Janub" armiyasi guruhi "Markaz" armiyasi o’z kuchining uchdan bir qismini berishini buyurdi. Ammo dushmanning yangi hujumi ham muvaffaqiyatsiz tugadi. 10 iyulda ham 11 iyulda ham dushmanning 9-armiya hujum guruppirovkasi Sovet qo’shinlari mudofaasi ichkarisiga kira olmadi.

12 iyulda "Markaz" armiya guruhi qo’mondonligi hujumni yangilashni rejalashtirdi. Ammo G’arbiy va Bryansk frontlarining kuchlari zarbalari bu rejalarni barbod qildi. Gitlerchi rahbarlar 9-armiyaga mudofaaga o’tilishiga buyruq berishga majbur bo’ldi.

6 iyul tunda 1-tank armiyasi va ichki maxsus tank korpusi mudofaasining ikkinchi chizig’iga o’tdilar.

6 iyul tongda gitlerchilar ommaviy tank hujumlari uyushtirdilar. Ba’zi yo’nalishlarda tank va shturmli qurollarning zichligi 1 km ga 100 ta mashina to’g’ri keladi. Jangga 1-tank armiyasi kuchlari kirdi. Oboyan yo’nalishida katta-katta tank janglari sodir bo’ldi: "Bir necha soatlar ichida yuzlab tanklar temir bo’laklariga aylandi. Snaryadlar portlashi, aviastiya bombalari otishmalari va tanklarning kurashidan er larzaga keldi. Osmonda yuzlab samolyotlar paydo bo’lib, shafqatsiz havo janglari sodir bo’ldi. Tanklar ko’targan changdan hosil bo’lgan qora bulutlar, artilleriya snaryadlari portlashlari; aviastiya bombalari portlashlari, yonayotgan mashinalar olovlari er va osmonga kulrang va qoramtir tus berdi.

Shafqatsiz tank urushlari bilan birgalikda havoda ham kuchli janglar bo’ldi. 6 iyulda 2-havo armiyasi birikmalari 892 ta samolyot uchib, 64 marta havo urushlari olib borganlar va bunda raqibning 100 ga yaqin samolyotlarini urib yiqitganlar. Sovet aviahstiyasi Kurskning janubiy tomonida ham havoda hukmronlikni o’lga kiritdilar.

Katta yo’qotishlarga qaramay 4-tank armiyasining hujum guruppirovkasi va "Kempf" tezkor guruhi hujumlarni davom ettiravergan. 7-va 8 iyul kunlari shafqatsiz _ kurashlar Oboyan va Korochan yo’nalishlarida avj oldi. Nemis- fashist qo’shinlari mudofaaning ikkinchi chizig’ini yorib o’tishga o’rindilar, bunga erisha olmadilar.

Gitler qo’mondonligi Oboyan yo’nalishida hujumni kuchaytirdilar. 9 iyulga o’tar kechasi diviziyalar qo’shimcha kuchlar bilan to’ldirildi. Qurol- yarog’lar keltirildi, boshqaruv qayta tiklandi. 9 iyul ertalab frontning 10 kilometrida 500 ta tankdan iborat gruppirovka hujum boshladi.

Xuddi shu erda nemis-fashist qo’mondonligi aviastiya kuchlarini Qo’shimcha tarzda yubordi; bu kuch bir kunda 1500 samolyotni havoga ko’tardi. Janglar o’ta shafqatsiz xarakterga ega bo’ldi.

9 iyulda nemis-fashist qo’mondonligi Kursk yo’nalishida qo’shimcha kuchlar yuborish va kurash vaqtida ustunlikka erishishga qaror qildi.

9 iyulda Sobi SSSR Oliy Bosh qo’mondondonlik Stavkasi buyrug’i bilan 5-gvardiya va 5-tank gvardiyasi Voronej fronti ixtiyoriga o’tdi.

O’sha kunlarda Sovet partizanlari kurashlarda faol harakatlar olib borib, ular "Markaz" va "Janub" armiyalarining temir yo’l kommunikastiyalari bo’ylab zarbalar berdilar.

4-tank armiyalari birikmalari va "Kempf" tezkor guruhi 10 va 11 iyul kunlari Proxrovka yo’nalishida hujum boshladi. Ularning bir qismi Shimolda Oboyan shassesi bo’ylab yurdi. Dushman muvaffaqiyat kozonish uchun kat’iyat bilan harakat qildi.

Ikki kunli urushlarda nemis-fashist qo’shinlari ozgina bo’lsa ham vaziyatni o’zgartira olmadi. Tank diviziyalari na Proxrovkaga, na Korochaga bostirib kira olmadilar. Shu orada nemis-fashist qo’mondonligi Proxrovkaga hujum qilmagan gruppirovkani kuchaytirishni davom ettirdi. Bu uchun gitlerchilar eng yaxshi birikmalarni safarbar qildi: "Reyx" tank diviziyalari, "O’lik bosh" tank diviziyalari "Adolf Gitler" tank diviziyasi va 3-tank korpusnnnng asosiy kuchlarini jalb qildi. Bu tank gruppirovkasi tarkibida "Yo’lbars" og’ir tanklari va "Ferdinand" o’ziyurar qurollar bo’lgan. Bu kuchlarni ya’ni hujum gruppirovkasini Kurskning janubida harakat kilayotgan butun aviastiya qo’llab-quvvatlashi va himoya qilishi rejalashtirildi.

Dushman hujum kuchlarini oshirgan holda oldinga harakat qilardi: Ammo bu o’rinishlar Sharqqa yurishdagi uchinchi hujumning oxirgi o’rinishlari edi.

Voronej fronti gitlerchi gruppirovkalariga qarshi zarba berish vazifasini oldi. Qarshi zarbada 6-gvardiya va 1-tank armiyalari qatnashishi ko’zda tutildi. Bu qismlar Yakkovo yo’nalishida Meloyevoning Sherm chegaralari bo’ylab harakat qilishi kerak edi. Sovet qo’mondonligi Proxrovka yo’nalishidagi mudofaa qo’shinlarini kuchaytirdi. Bo’lajak urushda dushmanning katta tank gruppirovkalariga qarshi ular barcha artilleriya qurollari bilan o’q otishni rejallashtirdilar. 5-tank gvardiyasi qo’mondonligi o’ziga yuklatilgan vazifani hisobga olib, armiyani ikki eshalonga bo’ldi – birinchi eshelonda uch tank korpusi qatnashishi kerak edi; Ikkinchi eshelonga –mexanizastiyalashgan korpus va kuchli zahira kuchlari kiritildi.

12 iyul 8:30 da ya’ni Bryansk fronti qo’shinlari va harbiy frontning chap qanoti hujumga o’tgan paytda 5-gvardiya va 5-tank gvardiyalari 15 daqiqalik artilleriya tayyorgarligidan so’ng qarshi zarba berdilar.

Nemis og’ir tanklari o’q otish uzoqligi jihatidan T-34 tanklaridan ustun bo’lgan. Shuning uchun ular T-34 tankining chalg’ituvchi imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanib, raqibning tanklariga yaqin masofada turib ularga qarshi jang qilganlar. Jangning boshidanoq 2 taraf bir-biriga qarama-qarshi yopirilib kela boshladi. 5-gvardiya tank armiyasining birinchi eshalonni nemis-fashist qo’shinlarining jangovar zarba berdilar. Dushman uchun kutilmagan bir holat bo’ldiki, kurashda juda ko’p sonli sovet tanklari kiritilgan edi.

Tanklar urushi ikkita hududda sodir bo’ldi: Proxrovkadan Farbda 5-tank gvardiyasi armiyasining asosiy kuchlari harakat qilardi. Ushbu armiyaning Trufanov K.S qo’mondonlik qiladigan tarkibida uch brigada (ikkita mexanizastiyalashgan va 1 ta tank) va tank polki mavjud bo’lgan boshqa qismi Proxrovkaning janubrog’ida, Korachadan shimoli-g’arbda fashistlarning tank gruppirovkasi bilan to’qnashdi. Proxrovka hududidagi jangda jami ikkala, tomondan bir paytda 1200 tank va o’ziyurar qurollar ishtirok etdi. Bu katta tanklar, to’qnashuvi jangi bo’lib hisoblanadi.

Proxrovka tanklar kurashida Sobiq Sovet qo’shinlari g’alaba kozondi. Bu kurashda nemis-fashist qo’shinlari katta yo’qotishlarga duch keldilar va 400 tagacha tanklaridan mahrum bo’ldilar. 12 iyul nemis-fashist qo’shinlarining janub tomondan Kurskga hujumining barbod bo’lgan kuni sifatida tarihaa muhrlanib qoldi. Manshteyn qo’shinlari chekina boshladi. Voronej fronti qo’shinlari raqibni ta’qib qila boshladilar. 19 iyul tunda Oliy Bosh qo’mondonlik Stavkasi buyrug’i bilan jangga cho’l fronti ham kiritildi.

Kurskning janubiy chegaralarida nemis-fashistlarining 4-tank armiyasi va "Kempf" tezkor guruhi Sobiq Sovet armiyasi mudofaasiga qarab 35 km ichkariga kira olganlar. Ammo ichkari yurishni davom ettirish yoki shu holatni saqlab qolishga muvaffaq bo’linmadi. Dushman gruppirovka-larining janub tomondan Kurskga yo’naltirilgan imkoniyatlari yo’qqa chiqarilgan edi. Nemis-fashistlarning bu yo’nalishda hujumlari ham muvaffaqiyat olib kelmagan.

Kursk mudofaa operastiyasida Markaziy va Voronej frontlari qo’shinlari gitlerchi qo’mondonlarining Sobiq Sovet gruppirovkalarini o’rab olish va yo’q qilish borasidagi o’rinishlarini barbod qildi. Kursk yo’nalishidagi kurash operastiyalarida ikkala tomondan jami 2 mln 582 ming askar, 37,8 ming qurol va minomyotlar, 8 ming tank va o’ziyurar-artilleriya (shturmli) moslamalar, 6 ming jangovar samolyot jalb qilindi.

1943 yil yozgi kurashda Sobiq Sovet armiyasi gitlerchilar hujumini urushning boshlaridanoq bir necha kun davomida qaytargan. Nemis tank korpuslari Markaziy front mudofaasiga qarab atigi 10-12 km gacha, Voronej fronti mudofaasiga 35 kmgacha kirib borishga muvaffaq bo’ldilar xolos.

Sobiq Sovet qo’mondonligi o’z navbatida raqibning rejalarini oldindan fahmlagan. Shuning uchun uning qo’shinlari zarbalarni qaytarish va himoyalanishga o’z vaqtida tayyor bo’lganlar. Kurashning boshidanoq Markaziy front, Voronej fronti va Cho’l frontlari askarlar soni va jangovar harbiy texnika bo’yicha ustunlikka ega bo’lganlar.

G’arbiy frontning chap qanoti qo’shinlari va Bryansk fronti qo’shinlari Orlov, yo’nalishida 12 iyulda raqibga karata zarba berdi. Markaziy frontning o’ng qanot armiyasi uch kunlik tayyorgarlikdan so’ng 15 iyul kuni qarshi hujumga utdi. Voronej va Cho’l frontlari Janubi-g’arbiy front bilan birgalikda qarshi hujumni 3-avgust kuni Belgorod-Xorkov yo’nalishida boshladilar.

Jangovar harakatlar maydoni sovet-german frontida yanada kengaydi. Endi ularda nafaqat Voronej va Markaziy front qo’shinlari balki Kurskning shimoliy va janubi tomonidan uzoqda joylashgan. G’arbiy Bryansk va Cho’l frontlari ham ishtirok etdi.

Sobiq Sovet armiyasining Orlov yo’nalishidagi hujum rejasi ("Kutuzov" operastiyasi) xali Kursk jangidan oldin ishlab chiqilgan edi.

Operastiya rejasi acocida turli yo’nalishlar bo’ylab zarbalar bilan dushman gruppirovkalariga zarba berib ularni yo’q qilish g’oyasi yotardi. Qo’shin va jangovar texnika hamda chora-tadbirlar qulay paytlarda amalga oshirildi.

General V.D Sokolovskiy qo’mondonligidagi G’arbiy front qo’shinlari chap qanotga, 11-gvardiya armiyasi chizig’i bo’ylab zarba bergan.

General M.M. Popov qo’mondonlik qilgan Bryansk fronti asosiy zarbani general A.V. Garbortovning 3-armiyasi va general V. Ya. Kolpakchaning 63- armiyasi bilan birgalikda Novosil viloyatidan chap qanot bo’ylab berdi. Ularni general N. F. Nanmenko qo’mondonligidagi 15-havo armiyasi qo’llab-quvvatladi va himoya qildi.

G’arbiy va Bryansk frontlarining hujumga o’tishi Markaziy frontga tayyorgarlik ko’rish va qarshi hujum boshlash imkoniyatini berdi. Uning o’ng armiyalariga Sovet mudofaasiga yaqinlashgan Gitlerchi qo’shinlarni chekintirish, oldinroqqa harakat qilib, Oryol hududida raqib gruppirovkasini qurshab olish hamda G’arbiy va Bryansk frontlari bilan ittifoqda ularni ya’ni raqib kuchlarini tor-mor qilish vazifalari yuklatilgan edi.

Raqib mudofaasining bir vaqtning o’zida to’rt yo’nalish bo’ylab yorib o’tilishi raqib kuchlarining tarqatib yuborilishi va ularni shunday tarqoq holda tor-mor qilish uchun sharoit yaratib berardi.

Kurskda Sobiq Sovet qo’shinlarini tor-mor qilishga o’rinishlar muvaffaqiyatsiz tugagandan so’ng nemis-fashist qo’mondonligi mudofaaga o’tishga buyruq berdi. Hattoki butun Sovet-german frontida, mudofaaga o’tishga buyruq berildi va imkoni boricha egallangan hududlarda mustahkam o’rnashib olishga o’rindi.

Oryol plastdarmida 37 tagacha diviziya mudofaada qatnashgan, ular orasida 8-tank diviziyalari va 2 ta motorlashtirilgan diviziyalar bo’lgan. Ularning tarkibida 600 ming soldat va ofisterlar, 7 mingdan ortiq qurol va minomyotlar, 1,2 mingga yaqin tank va shturmli qurollar hamda 1,1 mingdan ziyod jangovar samolyotlar bo’lgan. Gitlerchilar plastdarmni to’siqlar va minalashtirilgan xandaklar bilan mustahkamlangan edi.

Hujum boshlarida Oryol yo’nalishida G’arbiy, Bryansk va Markaziy frontlarning chap qanotlari tarkibida 1 mln, 286 ming askar, 21 mingdan ortiq qurol va minomyotlar, 2400 tank va o’ziyurar artilleriya moslamalari va 3000 dan ortiq jangovar samolyotlar bo’lgan. Shunday qilib Sobiq Sovet qo’mondonlari raqibga nisbatan yuqori ustunlikka ega bo’lganlar ya’ni shaxsiy tarkibda 2 barobar, artilleriya va minomyot bo’yicha 3 barobar tank bo’yicha 2 barobardan ziyod va aviastiyada qariyb 3 barobar ustunlikka ega bo’lgan.

Hujumning ilk kunida 3 va 63-armiyalar qo’shinlari mudofaaning asosiy chizig’ini yorib o’ta olmadilar. Hujum 63-armiya chizig’i bo’ylab 1-gvardiya tank korpusining kiritilishi bilan tezlashdi. 13 iyul arafasida 3 va 63- armiyalarning yorib kirish masofasi 14-15 kmga etgan.

15 iyul kuni qisqa artilleriya va aviastiya tayyorgarligidan so’ng Markaziy frontning o’ng qanoti armiyalari (48, 13, 70 va 2-tank armiyalari) qarshi hujumga o’tdilar. Asosiy zarba shimoli-g’arbiy yo’nalishda Kromaga berildi. Og’ir kechgan mudofaa urushlarida toliqqan armiyalar sekin harakat qilar edi. Og’ir kurashlarda ular dushman tomonidan yaqinda egallagan hududni qo’lga kiritishda majbur bo’ldilar. 15 iyuldan to 17 iyulga qadar Markaziy front gitlerchilarni egallab olgan hududlaridan siqib chiqardilar.

20 iyuldan to 25 iyulga qadar 11-gvardiya armiyasi chizig’ida shafqatsiz kurashlar bo’lib utdi. Dushmanning bu yo’nalishga tashlangan tank va piyoda diviziyalariga qarshi hujumlar uyushtirdilar. Havoda ham katta janglar sodir bo’ldi. 20 iyulda Tsetsler "Markaz" armiya guruhiga telegramma yuborgan: "Fyurer buyuradi. 20 iyuldan 21 iyulga o’tar kechasi 9-armiya va 2-tank armiyasi frontidagi qo’shinlar aslo chekinmasin. Oryoldagi keyingi janglar borasida Fyurer o’z qarorini 21.7 da qabul qiladi. Fyurer buyuradiki Bryanskning Shimoli-sharqidagi bo’shliqni yopish va raqibni shimolroqqa uloqtirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi".

26 iyulda 4-tank armiyasi 60 km masofada 11-gvardiyaning chap flanga chizig’ida hujumga o’tdi. Bryansk frontining 61-armiyasi bilan birgalikda harakat qilgan tankchilar Bolxov yo’nalishida harakat qildilar.

29 iyulda Bryansk frontining 60-armiyasi, G’arbiy frontning 11- gvardiyasi va 4-tank armiyalari raqibning Volxov yo’nalishidagi gruppirovkalarini tor-mor qildilar va Bolxovni ozod qildilar.

20 iyulda Gitlerchilar Mtsenskni tark etdilar. 63-armiya dushman mudofaasini yorib o’tib, 21 iyuldan 23 iyulga qadar yorib kirib hujum masofasini 25 km etkazib Optix daryosigacha keldi.

4 avgust tunda 3- va 63-armiyalarining old qismlapi Oryol shahriga yaqinlashdi. Orlov viloyati partizanlari 22 iyuldan 1 avgustgacha 7500 ta temir yo’l relsini uzib tashlaganlar.

Nemis-fashist qo’shinlarining faqatgina Oryol hududida ahvoli yomonlashmagan, balki 3 avgustda Voronej va Cho’l frontlari Kurskning janubida qarshi hujumga o’tdilar va Belgorod-Xorkov yo’nalishida zarbani muvaffaqiyat bilan takomillashtiradilar.

4 avgustda hujumning barcha chiziqlarida shafqatsiz urushlar kechdi. Ikkala frontning asosiy gruppirovkalari janubiy va janubi-g’arbiy yo’nalishlarda zarbani kuchaytirdilar va 20 km ichkari kirdilar, 1- chi va 5- gvardiya tank armiyalari esa urushlar bilan 50 km dan ziyod ichkariga kirdilar.

11 avgustda Voronej fronti G’arbiy va janubi-g’arbiy yo’nalishlarda hujumni kengaytirdi va Xarkov-Poltava temir yo’lga chiqdi. Cho’l fronti jangchilari Belgoroddan janubroqda hujumni muvaffaqiyat bilan davom ettirdi.

11 avgustdan to 17 avgustga qadar Bogoduxov hududida shafqatsiz janglar bordi. Gitlerchilar 1-tank armiyasini bo’lib tashlab tor-mor qilmoqchi edilar va Xarkov-Poltava temir yo’lini egallamoqchi edilar. 12 avgustda ular jangga 400 ta tankni kiritdi.

22 avgustdan 25 avgustga qadar Voronej frontining o’ng qanot qo’shinlari kuchli janglarda dushmanning Axturkkadagi gruppirovkalarini tor-mor qildi va shaharni ozod qildi.

23 avgust tun bo’yi shaharda ko’cha janglari bo’ldi, yong’inlar bo’ldi, kuchli portlashlar sodir bo’ldi. Sobiq Sovet jangchilari Xarkovni fashistlardan tozalab borardilar. Shunday qilib og’ir kurashlardan so’ng Ukrainaning ikkinchi markazi – Xarkov ozod qilindi.

Sobiq Sovet armiyasining Belgorod Xarkov yo’nalishidagi hujumni Kursk jangiga yakun yasadi. Kurashlar davomida Voronej va Cho’l frontlari tomondan raqibning 15 tasi tor-mor qilindi. Ulardan 4 tasi tank diviziyalari bo’lgan. Havo janglari va aerodromlar bo’ylab zarbalar natijasida 800 dushman samolyoti yo’qotilgan.

Kursk jangi Sobiq Sovet Ittifoqining fashist Germaniyasi ustidan g’alabasi yo’lidagi muhim bosqichlardan biri bo’ldi. U ikkinchi jahon urushining yirik janglari sifatida tarixga kirdi. Jang ikki oydan kamroq davom etdi. Jangdan ikki tomondan 4 mln kishi qatnashdi, 69 mingdan ziyod qurol va minomyotlar, 13 mingdan ziyod tank va o’ziyurar qurollar va 12 mingtagacha jangovar samolyotlar jalb qilindi. Nemis-fashistlar tomonidan ushbu kurashda Sovet-german frontida mavjud bo’lgan barcha frontlarning 43 foizini tashkil etadigan 100 diviziyasi qatnashdi.

Sovet qo’shinlari bu kurash davomida 30 ta diviziyani tor-mor qilganlar, nemis-fashistlar 500 mingga yaqin soldat va ofisterlarni 1,5 ming tank, 3 ming qurol va 3,7 mingdan ortiq samolyot yo’qotgan.

Asosan gitlerchilarning tank birikmarini kuchli mag’lubiyatlarga duchor qilganlar. Kurskda qatnashgan 20 ta tank va motorlashtirilgan diviziyalardan 7 tasi tor-mor qilindi.

Kurskdagi g’alaba Sovet Armiyasining umumiy hujumi uchun qulay sharoitlar yaratib berdi.

Sobiq Sovet qo’shinlarining Kurskdagi g’alaba xalqaro ahamiyatga ega edi. Nemis-fashistlarning ma’lum qismining tor-mor etilishi 1943 yil iyul boshlarida anglo-amerikan qo’shinlarining Italiyaga kirib kelishiga imkon yaratib berdi. Nemis-fashistlarning Kurskdagi mag’lubiyati bevosita nemis-fashist qo’mondonlarining G’arbiy Evropadagi harakatlarini susaytirib yubordi.

Kursk jangida Sobiq Sovet Qurolli Kuchlari 2 jahon urushida uchinchi marotaba muvaffaqiyatli qarshi hujum uyushtirdilar.

Kursk jangi davomida Markaziy front, Voronej, Cho’l fronti, Bryansk, Janubi-g’arbiy front va G’arbiy frontning chap qanoti qo’shinlariga markaziy baza va omborxonalardan temir yo’l tarnsporti orqali 141 354 vagon qurol-yarog’, yoqilg’i, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy buyumlar olib kelingan. Havo transporti orqali faqat Markaziy front qo’shinlariga 1828 tonna turli xil mahsulotlar olib keltirilgan.

Amerika tarixchisi M. Keydin o’zining "Yo’lbarslar yonmoqda" asarida Kursk jangini tarihaa yuqori baholab quruqlikdagi katta janglaridan biri sifatida eslatib o’tadi, u ko’pchilik g’arb olimlarining bu kurash haqidagi yordamchi, cheklangan maqsadlarni ko’zda tutgan degan fikrlarini rad etadi. “Hamma narsa Kurskda hal bo’ldi - deydi muallif. O’sha erda sodir bo’lgan voqealar kelgusidagi ishlarning borishini belgilab bergan”. Kursk ostonalaridagi jang 1943 yilda nemis armiyasining va 2 jahon urushiga tub burilish yasadi.

Kursk jangida sovet askarlari yuqori qahramonlik ko’rsatdilar. 132 ta birikma va qismlar gvardichi non bilan takdirlandi. 100 mingdan ortiq soldat, serjant, ofister va generallar order va medallar bilan takdirlandi, 180 dan ortiq; kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldi, shu qatorda bunday unvonga diviziya qo’mondoni general mayor L. H. Gurtev, vzvod komandiri leytenant V.V. Zonchenko, batalon komissari leytenant M. M. Zverinstev, Batareya komandiri kapitan P. I. Igishev, ryadovoy A. M. Lomakin katta serjant X..M. Muhammadiev bo’lim komandiri serjant V. R. Petrishev kichik serjant A. I. Petrov, katta serjant Polikanov S. P., serjant V. F. Chernenko va boshqalar sazovor bo’ldilar.




Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish