2-mavzu: Ikkinsi jahon urushining boshlanishi
Reja:
1. Kirish
2. Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va bahonasining muammolari.
3. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. Polshaga hujum muammolari.
4. Barbarossa rejasi va uning maqsad, vazifasi muammolari.
Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari. Ikkinchi jahon urushining ildizlari 20-30 yillarda butun dunyoni amrab olgan siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy tanglikka borib taqaladi. Tanglik natijasida jahonning etakchi mamlakatlari o’rtasida ziddiyatlar g’oyat kuchayib ketdi va oxir oqibatda Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga olib keldi.
Urush olovi o’p jihatdan fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning jahonga hukmron bo’lish maqsadida amalga oshirgan harakatlari natijasida tobora kuchayib borgan edi.
Shuni ham unutmaslik kerakki g’arb mamlakatlarining siyosiy etakchilari 20-30 yillarda insoniyatga xavf solayotgan eng yovuz kuch bu “bolshevizm balosi” deb, unga qarshi kurashda ayrim xollarda tarixiy jihatdan ayrim ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan, Germaniyadagi urushga intiluvchi kuchlarni qo’llab-quvvatladilar va bu mamlakatni harbiy-iqtisodiy qudratini oshirish uchun mablag’ ajratish siyosatini yurgizdilar. Germaniyada hukmronlikni o’rnatgan Gitler boshchiligidagi fashistlarning hududiy da’volariga nisbatan kelishtirish siyosatini yurgizdilar. Buning oqibatida Avstriya va Chexiyaning Sudet viloyati Germaniya tarkibiga qo’shib olindi. Bundan ruhlangan Gitler va uning hamtovoqlari butun jahonga hukmron bo’lish uchun o’z harakatlarini avj oldirdilar.
Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari haqida gapirganda shuni unutmaslik kerakki, bu urush ko’p jihatdan sovet davlatining “butun dunyoda sostialistik inqilob”ni amalga oshirishga qaratilgan tashqi siyosatining oqibati bo’ldi. Sovet hokimiyati o’rnatilgan dastlabki damlardanoq bolshevistik rahbariyat butun planeta miqyosida kommunistik tuzum hukmronligini o’rnatishga qaratilgan harakatlarini boshlab yubordi. Ana shu harakat yo’nalishlaridan biri turli mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlardan ustalik bilan foydalanish va ularni bir-biriga gij-gijlashdan iborat edi. Sobiq SSSR ning Angliya va Franstiyadan uzoqlashib Germaniya bilan yaqinlashishi ana shu siyosatning natijasi bo’ldi. Stalin o’shanda imperialistlarning yagona frontini buzib yuborishga muvaffaq bo’ldim deb ishongan edi. Lekin voqealarning keyingi rivoji shuni ko’rsatdiki SSSR bilan Germaniya o’rtasida 1939 yil 23 avgustda 10 yil muddatga tuzilgan hujum qilmaslik haqidagi hujjat Gitlerga ikki frontda urushmaslik va butun kuchini G’arb mamlakatlariga qarshi qaratish imkoniyatini bergan ekan. “Avgust bitimi” jahon urushi boshlanishini tezlashtirdi. Bitim tuzilgandan keyin oradan 8 kun o’tgach, 1939 yil 1 sentyabrda Germaniya Polshaga qarshi hujum boshladi. Voqealarning bunchalik jadallashishi Angliya va Franstiya uchun kutilmagan holat edi. Shuning uchun ular 3 sentyabrda Germaniyaga qarshi urush e’lon qilgan bo’lsalarda qahramonona jang qilgan polyak armiyasiga real harbiy yordam ko’rsata olmadilar. “Avgust bitimi”ning maxfiy moddalariga ko’ra SSSR Germaniya bilan bir vaqtning o’zida Polshaga hujum qilishi kerak edi. Lekin, Stalin bu masalada Gitlerni chuv tushirdi. Urushga tayyor emasligini bahona qilib Germaniyadan mag’lubiyatga uchragan Polshaning sharqiy hududlariga 17sentyabrda qizil qo’shinlarning "agressor" sifatida emas xaloskor sifatida kirishiga erisha oldi. Bundan tashqari Stalinning bu o’yini natijasida SSSR betaraflikka erishdi va jahon jamoatchiligi ko’zi o’ngida Germaniya jahon urushining asosiy aybdori sifatida gavdalandi. Insoniyat juda ko’p urushlarni boshidan kechirgan bo’lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 milliondan ortiq kishining yostig’ini quritgan, XX asr fojiasi bo’lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr-1945 yil sentyabr) davom etgan bu urush er sharining 80% aholisi joylashgan hududni, 74 ta mamlakatni o’z ichiga qamrab olgan.
Ikkinchi jahon urushining asosiy aybdorlari jahonga hukmronlik qilish da’vati bilan maydonga chiqqan Adolf Gitler va Iosif Stalin yurgizgan agressiv siyosat bo’ldi. Franstiya va Angliya siyosiy etakchilari eca bolshevizm xavfiga qarshi turuvchi kuchni tashkil qilish g’oyasi bilan Germaniyada gitlerchilar guruhining mustahkamlanishiga yordam berdi. Shu bilan birga, Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo’shib olinishiga (193 8-yil mart) va Myunxen bitishuviga (1938-yil sentyabr) yo’l ochib berdilar. Bu esa Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos bo’lib xizmat qildi.
1939-yil 1-sentyabrda fashistlar Germaniyasi qo’shinilarining Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Urushning dastlabki davridanoq Germaniya harbiy va Markaziy Evropada hukmronlikni qo’lga kiritib, Evropadagi 10 ta davlatni bosib olgan edi.
1941-yil 22-iyun kuni gitlerchilar Germaniyasi o’zaro urush qilmaslik haqidagi shartnomani buzib, to’satdan SSSRga hujum qildi. Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibida bo’lgan barcha respublikalar, shu jumladan O’zbekiston am bu urushda qatnashishga majbur bo’ldi.
1-sentyabr kuni harbiylar formasini kiygan Gitler Reyxstagda nutq so’zladi. Polshaga bo’lgan bosqinni oqlash uchun Gitler Glayvistdagi mojaroni sabab qiladi. Bunda u Polshaga ittifoqdosh bo’lgan Angliya va Franstiya bilan to’qnashuvga uchramaslik uchun iloji boricha "urush" atamasini ishlatmaslikka o’rindi. U chiqargan buyruqda faqatgina Polsha zo’ravonligiga nisbatan ko’rilgan faol himoya haqida gap borar edi.
Shu kunning o’zida Angliya va Franstiya urush elon qilish tahdidi ostida nemis qo’shinlarining Polsha hududidan zudlik bilan chiqarilishini talab qiladilar. Fashist Mussolini polyak muammosini tinchlik bilan hal etish uchun konferenstiya chaqirishni taklif qiladi. Lekin Gitler buni rad etadi.
1-sentyabr kuni Sovet Ittifoqida harbiy majburiy xizmat joriy ilindi. Ushbu qonun chiqarilishi bilan kuchga kirdi. Qisqa muddat ichida armiyaning son jihatdan tarkibi 5 million kishiga etdi, bu umumiy aholi sonining 3% ini tashkil etardi.
1939-yil 1-sentyabrda Germaniya qurolli kuchlari Polshaga bostirib kiradilar. Jangda Olmoniya tarafida yana Slovakiya qo’shinlari ham ishtirok etadi.
3-sentyabr soat 9 da Angliya, soat 12:20 da esa Franstiya hamda Avstraliya va Yangi Zelandiya Olmoniyaga qarshi urush e’lon qildilar. Bir necha kun ichida ular qatoriga Kanada, Nyufaundlend, Janubiy Afrika Ittifoqi va Nepal qo’shildi. Ikkinchi jahon urushi shu tariqa boshlandi.
3-sentyabr kuni Versal shartnomasiga ko’ra Polsha tarkibiga o’ttan Sharqiy Prussiya shahri Brombergda urushlar tarixidagi eng katta ommaviy qirg’in boshlandi. Aholining 3/4 qismi nemislardan iborat bo’lgan shaharda 1100 kishi polyaklar tomonidan qirg’in qilindi. Bu mojaro ushbu oy ichida davom etgan vayronagarchiliklardan eng so’nggisi edi.
Nemis qo’shinlarining hujumi reja asosida borayotgan edi. Polsha kuchlari nemis tanklari va luftvaffesiga nisbatan juda kuchsiz edi.
5-sentyabr kuni AQSh va Yaponiya Evropa urushida o’zining betaraf ekanligini e’lon qildilar.
Harbiy frontda ittifoqdosh ingliz-franstuz qo’shinlari hech qanday faol harakat olib bormaydilar. Dengizda esa urush jadal tus oldi: 3-sentyabrni o’zidayoq nemis qo’mondonligi U-30 suvosti kemasi hech qanday ogohlantirishlarsiz ingliz yo’lovchi layneri "Ateniya"ga hujum qiladi.
Polshada janglarning birinchi haftasida nemis qo’shinlari bir necha joydan polyaklar frontini kesib o’tib, Mazoviyaning bir qismini, g’arbiy Prussiyani, Yuqori-Sileziya sanoat tumanini hamda-g’arbiy Galistiyani egalladilar. 9-sentyabrga kelib nemislar butun front bo’ylab Polsha qarshiligini engadilar va Varshavaga kirdilar.
10-sentyabrda polyak bosh qo’mondoni janubi-sharqiy Polsha tomon ortga chekinish haqida buyruq berdi, ammo uning qo’shinlarining asosiy qismi Visla ortiga o’tishga ulgurmay, harbiy o’ramaga tushadi. Sentabr o’rtalariga kelib,g’arbdan madad olmagani sababli, Polsha qurolli kuchlari yagona birlik sifatida mavjudligini to’xtatadilar.
16-sentyabrda Polshaning SSSRdagi elchisiga Polyak davlati endi mavjud emasligi sababli, Sovet Ittifoqi g’arbiy Ukraina va g’arbiy Belorussiya aholisini himoyasi ostiga olishi kerakligi haqida aytildi. 17-sentabrda Gitler bilan kelishib olingan rejaga asosan ertalab soat 6 da sovet qo’shinlari ikki harbiy guruh tarkibida davlat chegarasini kesib o’tdilar. Vilno, Grodno va Belostokka hujum qilayotgan belorus frontini general Kovalyov boshqaradi. Ukraina frontini esa Lemberg (Lvov)ga bostirib kirayotgan marshal Timoshenko boshqarar edi. O’sha kunning kechasi Polsha hukumati va bosh qo’mondonlik Ruminiyaga ko’chib o’tadi.
Sovet hukumati: "Polshaning sharqiy tumanlarida yashovchi ukrain va belorus xalqini nemis agressiyasidan himoya qilish uchun qo’shinlar yuborishi", - haqida e’lon qildi. 19-sentyabr kuni qizil Armiya Vilnoni, 20-sentyabrda Grodno va Lvovni egallaydi, 23-sentyabrda Bug daryosiga etib bordi.
28-sentyabr kuni nemislar Varshavani, 30-sentyabrda Modlinni, 2-oktabrda Xelni egallaydilar. 6-oktyabr kuni Polsha armiyasining so’nggi kuchlari engildi. Avvalgi Polsha hududida nemis va sovet qurolli kuchlari o’rtasida chegara chizig’i aniqlanadi.
Harbiy Polsha erlarining bir qismi Uchinchi reyx tarkibiga o’tdi. Bu erlar "olmonlashtirish" ga uchrashi kerak bo’ladi. Polyaklar va yahudiylar Polshaning markaziy tumanlariga surgun qilinadilar. Qolgan hududlarda general-gubernatorlik tashkil etilib, u erda polyak xalqiga nisbatan ommaviy qirg’inlar o’tkazildi.
SSSRga o’tgan hududlar Ukraina SSRi, Belorussiya SSRi va Litva tarkibiga kiritildi. Bu erda sovet hukumati o’rnatilib, sostalistik o’zgartirishlar amalga oshiriladi (sanoatning milliylashtirilishi, jamoaviy dehqonchilik), obi “hukmron sinfi” - burjuaziya vakillari, pomeshchiklar, badavlat dehqonlar, ayrim ziyolilar surgun qilinib, repressiyalarga uchraydi.
1939-yil 6-oktyabrda Gitler kelishmovchiliklarni barataraf etish maqsadida barcha yirik mamlakatlar ishtirokida tinchlik konferenstiyasini o’tkazish taklifi bilan chiqadi. Franstiya va Buyuk Britaniya nemislar zudlik bilan o’z askarlarini Polsha va Chexiyadan chiqarib, mustaqilligini qaytarishsagina bu konferenstiyada ishtirok etish uchun rozilik berishini aytdilar. Olmoniya bu talablarni rad qiladi va oqibatda tinchlik konferenstiyasi amalga oshmaydi. Nemis qo’mondonchiligi g’arbga qarab yurishga tayyorlana boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |