Ikkinchi jahon urushi



Download 1,47 Mb.
bet5/14
Sana05.09.2021
Hajmi1,47 Mb.
#165917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushi (o'quv-uslubiy majmua)

21 iyuldan 7 avgustga qadar stavka (bosh qo’mondonlik) asosiy yo’nalishida qarshi hujumni tashkil qilish va o’tkazish chora tadbirlar tuzdi va 20 iyulda Stalin Marshal Timoshenko bilan muzoqarada qarshi hujumni yaqin kunlarda utkazishni tavsiya qildi.

Unda qatnashish uchun frontning rezerv qismlari jalb qilindi. Lekin bu qarshi hujum maqsadida erisha olmadi. Chunki tuzilgan operativ qo’shinlar kuchli emas edi, ular orasidagi o’zaro aloqa tashkil qilinmadi. Lekin baribir dushman qo’shinlariga ancha zarba berildi, ular erkin hujumlar uyushtira olmadi, qisilib qoldi.

“Markaz” armiyasiga katta talofat etkazildi, Smolensk jangining 3,5 nemis aviastiyasi 169 samolyotini yo’qotdi. Piyodalar 80% kamaydi, tankoviy qo’shinlar 50% zarba ko’rish natijasida dushmanning tank qo’shinlaridan "janub", "shimol" armiyasi gruppalariga yordam sifatida foydalanish, Moskvaga hujumni faqat piyoda diviziyalar bilan amalga oshirish rejalari barbod qilindi nemis qo’mondonligi shunday qarorga keldi. Hali sovet armiyasi asosiy kuchlari yo’qotilmadi, hali u frontda yirik qo’shinlarga ega, shuning uchun tank va motorlashgan tuzilmalardan (uzoqni ko’zlovchi operativ maqsadlarni ko’zlab) foydalanishi kerak emas.

Gitler qo’mondonligi "Markaz" armiyasi gruppasini to’ldirish va uning qanotlaridagi xavfni bartaraf qilish, sovet qo’shinlarining shimol va janubdagi holatini yo’qotishni maqsad qilib qo’ydi

Bularsiz ular Moskvaga hujumini davom ettirolmas edi.

Vermaxt bosh qo’mondonligi 30 iyulda № 34 direktiva bilan "Markaz" armiyasi gruppasiga asosiy kuchlar bilan mudofaaga o’tishini bildirdi, va shunday ko’rsatma berdi, keyingi hujum operastiyalarini (sovet armiyasining 21-armiyasiga qarshi) o’tkazish uchun qulay pozistiyalarni egallash, kerak bo’lgandagina qarshi hujumga o’tish 2, 3 tank gruppalarini holat yaxshilansa jangdan chiqarish va tezda to’ldirib, qayta tiklash.

4 avgust Gitler shtabda talofatlar to’g’risidagi dokladni eshitib, shunday deydi – “agar urushdan oldin sovet armiyasi haqida etarli axborotga ega bo’lganimda, SSSR ga bostirib kirish qarorimni qabul qilishim qiyin kechardi”. 2 kundan so’ng, 6 avgust u “janub” gruppasi shtabida vaziyat bilan tanishib, Runditedt bilan kelishishga majbur bo’ldi, ya’ni "markaz" armiyasining Moskvaga hujumini davom ettirishdan oldin janubiy qanotdagi front ahvolini yaxshilash kerak .

Bu “janub” armiyasi gruppalari sovet qo’shinlari hujumini (O’ng qirg’oq Ukrainada) bartaraf qila olmayotgan edi va o’zlari yordamga muhtoj edi.

Shunday qilib Sovet armiyasi dushman qo’shinlarini hujumdan mudofaaga o’tishga majbur qilib qo’ydi (G’arbiy strategik yo’nalishda). Bu jiddiy muvaffaqiyat edi.

Gitlerchilarning mudofaaga o’tishi – “shimol” armiyasi Leningradga hujumini davom ettira olmayotgan vaqtda Kiev yo’nalishida “janub” armiyasi asosiy kuchlari qisilgan bir paytda bo’ldi.

Gitlerchilarning tez va to’siqsiz Sovet ittifoqining ichkarisiga qarab harakat qilishga asoslangan rejalari asossiz bo’lib chikdi. Endi ular Moskvaga hujum qilishdan oldin “markaz” armiyasi gruppa qanotlarini mustahkamlashga majbur edi. Hatto buyruqda № 34 12 avgust Direktivada ham shunday deyishadi. Birinchi vazifa dushmanning g’arbdagi holatini pozistiyalarini bartaraf qilish, bular “markaz” armiyasini oldinga borishiga halaqit beradi. Faqat shundan keyin va tank gruppalarini to’ldirgandan keyingina Moskva mudofaasiga yo’naltirilgan kuchlar harakati uchun sharoit yaratiladi.

Shu kunlarda Sovet qo’mondonligi bir qator tadbirlar o’tkazadi. 30 iyulda rezerv armiyasi fronti qo’shinlari va Mojaysk liniyasi mudofaasi fronti 29-30 armiyasidan tashqari qo’shilib Rezerv fronti tashkil qilindi. Front qo’mondoni qilib general Jukov, uning o’rniga - bosh shtab boshlig’i Marshal Shaposhnikov tayinlandi.

Smolensk jangining keyingi ikkinchi haftasida 8-21 avgustga qadar G’arbiy va Rezerv front qo’shinlari, yana ilg’orlikni qo’lga kiritishga harakat qildi.

G’arbiy front armiyalari (30,19,16,20 armiya) va Rezerv fronti ayrim qismlari 16 avgust hujumini boshladilar. Bu harakat rivojlanmagan bo’lsada, Elnya ostidagi janglarda dushmanga jiddiy talofat etkazdi. Avgustning ikkinchi yarmida “markaz” armiyasi gruppalarini Elnya ostidan 2 kuchli zarar ko’rgan tank diviziyasini, motorlashgan brigadani olib chiqishga va ularni 5 piyoda diviziya bilan almashtirishga qaror qildi (qo’mondonlik).

Bu davrda harbiy voqealar markaz – janubga qarab o’zgardi. Markaziy front polosasiga – ya’ni 16 avgustda tuzilgan general Eremenko qo’mondonligidagi Bryansk fronti territoriyasiga 22 avgustda Smolensk jangining tugallaydigan etapi boshlandi. Stavkaning g’oyasi shundan iborat edi, “aktiv harakatlar bilan “markaz” gruppasiga zarba berish, va uni janubiy yo’nalishdagi hujumini to’xtatish”. Bryanskiy frontga ikkinchi nemis tank gruppasini yo’q qilish vazifasi yuklandi. Shu kuni stavka Farbiy va Rezerv frontlariga 16 avgust boshlarida hujumini davom ettirishni buyurdi.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish