Ikkinchi darajali bo‘laklarni izohlaydigan ergash gaplar


“Bosh gap + ergash gap” qolipidagi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Download 26,16 Kb.
bet3/8
Sana05.09.2021
Hajmi26,16 Kb.
#165914
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IKKINCHI DARAJALI BO

2.1.1 “Bosh gap + ergash gap” qolipidagi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar

“O‘zbek tili grammatikasi”da “To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi fikrga obyekt sifatida xizmat qiladi. U bosh gapda olmosh orqali ifodalangan to‘ldiruvchining ma’nosini konkretlab, izohlab keladi yoki to‘ldiruvchisi bo‘lmagan bosh gapdagi harakatning obyektini ko‘rsatadi - bosh gapdagi fe’l kesimga nisbatan to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi”46 deb tavsif beriladi.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida to‘ldiruvchi ergash gapga “Bosh gap tarkibidagi to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga to‘ldiruvchi ergash gap deyiladi”47 deb ta’rif beriladi va ba’zan bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasidagi ko‘rsatish olmoshi qo‘llanmasligi mumkinligi, ammo uning o‘rni bilinib turishi misollar bilan asoslanadi.

M. Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldoshevalarning “Ona tili” darsligida ham to‘ldiruvchi ergash gapga “To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (yoki bosh gapda qo‘llanmagan) to‘ldiruvchini izohlaydi”48 tarzida yuqoridagi mazmunda ta’rif berilgan.

To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi tushum, chiqish, jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigida shakllangan to‘ldiruvchining, shuningdek, ko‘makchili shakllangan to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtiradi. Bosh gap tarkibida bu kabi to‘ldiruvchilar tushib qolsa, uning o‘rni gapda bilinib turadi. bosh gapdagi harakatning nimasidir aniqlanishi lozimday, obyekti ko‘rsatilishi kerakday bo‘lib turadi. ”O‘qish kitobi”dagi matnlar kuzatilganda, “shuni, shunga, shu bilan (ko‘makchili)” kabi grammatik shakllarda qo‘llangan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar qo‘llanganining guvohi bo‘ldik.

To‘ldiruvchi ergash gap ayrim holatlarda bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasida shu olmoshi bilan birga kelgan otni — to‘ldiruvchini izohlab keladi. Bosh gap tarkibida “narsani, shu narsani” so‘zlari to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. Masalan:




Shu narsani unutmangkiyoshlar bizning kelajagimiz(“O‘qish kitobi” 3-sinf. 42-bet.)

Ma’lumki, to‘ldiruvchilar shakllanishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1) vositasiz to‘ldiruvchi;


  1. vositali to‘ldiruvchi.

Shunga asoslangan holda, bosh gapdagi to‘ldiruvchining shaklini hisobga olib, to‘ldiruvchi ergash gaplarni ikki turga bo‘lish mumkin:



  1. vositasiz to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gaplar;

2) vositali to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gaplar.

Birinchi turdagi ergash gaplar bosh gapdagi vositasiz to‘ldiruvchini izohlaydi. Bunday qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi obyektli fe’llar - o‘timli fe’llar bilan ifodalanadi. Masalan: Bilib qo‘yingkidunyoviy ilm dushmanlari ma’rifat chirog‘ini o‘chirolmaydilar. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 22-bet.) ”Bilib qo‘yingki bosh gapida shuni ko‘rasatish olmoshi bilan ifodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchi tushirilgan. ”dunyoviy ilm dushmanlari ma’rifat chirog‘ini o‘chirolmaydilar” ergash gapi tushirilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Bosh gapning kesimi ikkinchi shaxs birlikda bo‘lib, u barcha odamlarga qaratilgan. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.



Bilg‘ilkimota-ona sening uchun o‘limga ham tayyor turadurlar. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 22-bet.) ” Bilg‘ilkim bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchi tushirilgan. ”ota-ona sening uchun o‘limga ham tayyor turadurlar” ergash gapi tushirilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Bosh gapning kesimi ikkinchi shaxs birlikda bo‘lib, u barcha odamlarga qaratilgan. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.

Yuqoridagi misollar bosh gapning faqat kesimi qo‘llangan, qolgan bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar tushib qolgan.



Olloh taolodan tilaymankiotam doimo sog‘-salomat yursinlar. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 55-bet.) ” Olloh taolodan tilaymanki bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifaodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchi tushirilgan. ” otam doimo sog‘-salomat yursinlar” ergash gapi tushirilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.

Keltirilgan misollarda ergash gap tushurilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini izohlab kelgan.



Avvalambor shuni aytaykieng kenja o‘g‘lingizning bergan javobi to‘g‘ridir. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 58-bet.)

Avvalambor shuni aytayki bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvching ma’nosi ”eng kenja o‘g‘lingizning bergan javobi to‘g‘ridir” ergash gapi orqali izohlangan. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.



Ey farzand, shuni bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 154-bet.) ” Ey farzand, shuni bilg‘ilkim bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir” ergash gapi aniqlashtirib kelgan. Bosh gapning kesimi ikkinchi shaxs birlikda bo‘lib, u barcha farzandlarga qaratilgan. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.

Vositasiz to‘ldiruvchini izohlab kelgan ergash gapli qo‘shma gap she’riy matnda ham uchraydi. Masalan:



Bilmaymanki, qanday ayol bo‘lgan

Alisherning onasi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 117- bet)

Bu misolda bosh gapning kesimi 1-shaxs birlikda ifodalangan.Bosh gapdagi ”shuni” ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanishi kerak bo`lgan vositasiz to`ldiruvchi qo`llanmagan. Shoir Alisher Navoiydan bir necha asr keyin yashagani bilan uning onasining ilm-fan, adabiyotni qadrlaganini biladi, u o‘quvchi – kitobxonning diqqatini ”uning onasi ham hamma qatori ona, hamma onalar ham farzandini shunday buyuk odam bo‘lishini istaydi” degan g‘oyani ilgari surgan.

Agar qo‘shma gap tarkibidagi ma’lum bir so‘z boshqalariga nisbatan ahamiyat berib, ajratib, ta’kidlab ko‘rsatiladigan bo‘lsa, u so‘z gapning boshiga keltiriladi. Shuning natijasida bosh gap ergash gapning o‘rtasida keladi. Masalan: Alisher, buni yaxshi bilamizkibolalik yillarida ikki tilda badialar ijod qilib, «zullisonayn» laqabi bilan shuhrat topdilar (O y b e k). Sharaf qo‘l yozmasi deb atalgan katta xatda, Bilib qo‘yki, azizim, Sening ulug‘ noming bor (G‘. G‘ulom).

Keyingilari, o‘ylaymanki, ancha pishiq bo‘ladi. (Nosir Fozilov, “Topdim-u yo‘qotmadim”, 195-bet) Bu gapda “o‘ylaymanki” bosh gap, bosh gapdan oldin to‘ldiruvchi ergash gapning egasi kelgan, undan keyin esa kesimi kelgan.

“O‘zbek tili grammatikasi”da to‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan -mi, -chi, -ku yuklamalari, deb yordamchisi orqali ham birikadi, bosh gapda keyin keladi deyiladi va quyidagi misollar keltiriladi: Qani aytinglar-chi, to‘yonaga nima olib boray? (Said Ahmad). Men aytdim-ku, mardning so‘zi bir bo‘lur (Islom shoir).49. Bizningcha, yuqoridagi misollarda to‘ldiryvchi tushub qolgan, uni tiklaganimizda uning ma’nosi no‘aniqligi seziladi. Ergash gap uning ma`nosini aniqlashtirib kelyapti. Shuning uchun ularni to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapga kiritish mumkin. Lekin bolalar adabiyoti asarlarini o`qiganimizda bu tipdagi to`ldiruvchi ergash gaplar uchramadi.





Download 26,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish