Ikkinchi bob



Download 292,5 Kb.
bet16/21
Sana28.04.2022
Hajmi292,5 Kb.
#587390
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
kurs ishi

Ganja shahi ganjifshon payrav ul,
Shah – bu so‘z iqlimi aro, husrav ul.
(“Hayrat ul-abror”, 11-bet).
Mazkur baytda ganja shohi – xazina egasi, ganjfishon – qiymatli so‘zlar aytishli, majoziy; hayrov – ergashuvchi forscha so‘zlar kabi ma’nolarda qo‘llangan.
“Hayrat ul-abror”da, shuningdek, XV asr turkiy tilli xalqlarning yozma va og‘zaki nutqida mavjud forscha so‘zlar keltirilgan. Ular faol iste’moldagi so‘zlar hisoblangan. Ofad, otashgoh, pesha, ravon bazmafruzanda, (yorituvchi, alangalatuvchi), suzanda, ganj, shabiston (kechasi), bezabon (tilsiz), gardish (aylanuvchi), jitvagoh, olxuri, kalo, gumbad (gumlar), charx, pardapush, xurush singari so‘zlar ana shular jumlasidandir.
Xullas, “Hayrat ul-abror” tilida uchrovchi har ikki qatlam so‘zlari yozma nutq normasi sifatida XV asr turkiy til og‘zaki nutqi talaffuzlarini o‘zida mujassam etadi. Ayniqsa, o‘z qatlamga oid so‘zlarning qadimgi turkiy tillarga xos unutilgan so‘zlarning og‘zaki nutq normalari, “Hayrat ul-abror”da yozma nutq talabiga muvofiq tarzda qo‘llanganligi, shuningdek, dostonda bir qator turkiy so‘zlar talaffuzda o‘zgargan holda yozma nutq talabiga muvofiq tarzda yozilganligi asar baytlarida o‘ziga xos jihati bilan diqqatga sazovordir.
Shuningdek, asar tilida qo‘llangan o‘zlashgan qatlamga xos arabcha-forscha so‘zlar o‘sha davr til qonuniyatiga binoan turkiy tilning og‘zaki va yozma nutq holatida bir-biriga muvofiq tarzda qo‘llanganligi bilan belgilanadi. Nutqda, ayniqsa, yozma nutqda arabcha-forscha so‘zlarning ham yozilishi va o‘qilishida bir-biridan farqlanish holati ham doston baytlarida uchraganligini ko‘ramiz. Umuman, Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari misolida shuni ta’kidlash mumkinki, og‘zaki va yozma nutq talablari umumiy holatda bir-birini to‘ldiradi.
Ba’zi hollarda chetdan kirgan so‘zlar ham yozilishi va o‘qilishida bir-biridan farqlanishi bilan ham ajralib turadi. O‘z qatlamga oid so‘zlar esa yozma nutqda ham, adabiy til va sheva elementlariga o‘tish holati ham yo‘q emas.
Alisher Navoiyning yozma nutqi leksikasiga oid maxsus ilmiy tadqiqotlar ob’ekti sifatida tekshirilgan bo‘lsa-da, “Hayrat ul-abror” asari tarixiy leksikologiya yo‘nalishida kompleks tadqiq etilmagan, bu esa Navoiyning ayrim asarlari, xususan, “Hayrat ul-abror” yozma nutqi so‘z boyligini leksik-semantik nuqtayi nazaridan tadqiq zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Har qanday tilga xos fonetik-grammatik, leksik-semantik, tizimini ixtiyoriy va g‘ayrixtiyoriy o‘zgarishga uchrashi tabiiydir. Ushbu nutqiy jarayondagi qonuniyat har bir davrning ijtimoiy holati ta’siri natijasi nuqtai nazaridan Navoiy asarlarining yozma nutqi leksik tarkibi uchun ham oiddir.
So‘nggi yillarda o‘zbek tilshunosligida til hodisalarini, jumladan, og‘zaki va yozma nutq hodisalarini ham an’anaviy, ham sistematik tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etishda muayyan natijalarga erishildi. O‘zbek adabiy tilining yozma va og‘zaki nutqi shakllanishi va bugungi holatga chiqishida mubolag‘asiz uning tom ma’noda asoschisi – Alisher Navoiyning o‘rni beqiyos.
Shoirning qalamiga mansub nazmiy va nasriy asarlarni, jumladan, “Hayrat ul-abror” ham badiiy, ham g‘oyaviy-ma’noviy jihatdan yuksak saviyada yozilganligi sababli, yashin tezligida o‘zga mintaqalarga yoyildi, ilm ahlining diqqatini qozondi.
Ta’kidlash lozimki, Navoiy asarlari, jumladan, “Hayrat ul-abror” tilida iste’molda bo‘lgan so‘z boyligining katta qismini ma’nodosh so‘zlar tashkil etadi. “Hayrat ul-abror”da bir ma’noning turli tillardagi so‘zlar bilan ifodalanishi, albatta, Navoiyning nutqining so‘z qo‘llash mahoratidan dalolat beradi.
Navoiy asarlari tili leksikasi navoiyshunoslikda ancha ko‘p o‘rganilgan sath hisoblanadi. Shoir asarlari yozma nutqi matnida so‘z, nutq ibora kabi masalalar bir qator o‘rganilgan “Hayrat ul-abror” dostonining yozma va og‘zaki nutqiy jarayoni ham kuzatilgan. Aytish joizki “Hayrat ul-abror” tili og‘zaki va yozmada qo‘llangan so‘zlar leksik jihatdan o‘rganilmog‘i, undagi talaffuz jarayonidan tortib, grammatik jihatdan ham kuzatilmog‘i lozim.
Bu o‘rinda Navoiy sharq poeziyasining traditsion-tasviriy vositalaridan biri bo‘lmish talmeh san’atidan keng foydalandi.
Umuman olganda, Navoiy o‘z dostonida badiiy tasvir san’atining boshqa ko‘rinishlaridan ham yo‘l-yo‘lakay, ulug‘ san’atkorga xos iqtidor bilan foydalanadi, ularni yanada rivojlantiradi.
Navoiy bu juda katta ahamiyatda ega ekanligini aytib o‘tish bilan bir qatorda ushbu masalaga u xalqparvarlik, gumanizm nuqtayi nazaridan yondashadi.
Navoiyning bu kabi mulohazalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda sharq didaktikasining ilg‘or va sog‘lom g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari rivojlantirganligini ko‘rishimiz mumkin. Shoirning nazarida, avvalo, kishilarning xulq-axloqini tuzatish orqali jamiyatni o‘zgartirish, yaxshilash mumkin. U bunda moddiy faktorlarning rolini ilmiy to‘g‘ri tushunish darajasiga keltiradi. Jamiyat hayotida, kishilar faoliyatidagi nuqsonlarning bosh sababi, uning fikricha, kishilarning ma’naviy takomiliga erishmaganidadir, deb ta’kidlaydi. Uning, avvalo, moddiy sabablar tufayli yuz berishi, buning oldini olish uchun, avvalo nutq jarayonida jo‘yali so‘zlardan foydalanish mahoratini bayon etadi.
Bundan, asosan, xalq ichida bo‘lib, xalqqa yaqin fikrlarni olg‘a suradi. Biroq Navoiyning bu masalaga munosabati asos – e’tibori bilan xalq xarakteriga yaqindir.
Umumiy, “Hayrat ul-abror”ning g‘oyaviy-tematik mazmuni shuni ko‘rsatadiki, Navoiy bu asarda o‘z davri hayoti uchun eng muhim bo‘lgan masalalarni qamrab olishga harakat qilgan va bunda katta muvaffaqiyatga erishgan.
Shoir o‘z didaktik, falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarini, g‘oyalarini badiiy ta’sirli qilib berishga intiladi. Shoir o‘z fikrlarini badiiy sifatlash va taqqoslashlar, turli allegorik, realistik hamda didaktik hikoya, masal, rivoyatlar orqali gavdalantiradi.
Bu xil tasvirning xususiyati shundan iboratki, bunda shoir tabiat va hayotdagi oddiy haqiqatlarni ideallashtirib, o‘quvchini undan o‘rnak olishga chaqiradi.
Shoirning ta’rificha, qamish – nay to‘g‘ri o‘sgani uchun musiqachilar uni qidirib yuradi, egri o‘sgan qamishni esa odamlar sindirib tashlaydi, deb misol keltiradi.



Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish