Tayanch so‘zlar: sogʼlom bola, ota-ona, adaptatsiya, ijtimoiy muhit, jamiyat,taʼlim, tarbiya.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad va ularni harakatlantiruvchi kuch – inson, uning barkamol rivojlanishi, yangicha fikrlashi uning ijtimoiy xulqi hisoblanadi.
Respublikamiz rivojlangan davlatlar qatoriga yetishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, taʼlim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan vazifalarimizning barchasi oʼsib kelayotgan yosh avlodni jismonan va maʼnaviy sogʼlom qilib tarbiyalashga qaratilgan. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov oʼz maʼruzalarida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: «Biz sogʼlom deganda, nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy jihatdan ham sogʼlom bolani oʼzimizga tasavvur etamiz. Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sogʼlom ona – sogʼlom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishiga aylangani, keng koʼlamli umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirayotgan ulkan ishlarimiz jahon miqyosida ham tan olingani sizlarga yaxshi maʼlum. Аyni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning oʼzi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi yangi, oʼta muhim va dolzarb vazifalarni qoʼymoqda». Аslida «Sogʼlom bola» nima degani? «Sogʼlom» soʼzi: dard-kasaldan xoli; sogʼ; sogʼliqni saqlash talablariga toʼla javob beradigan; begʼubor, toza, sof; zararli taʼsirdan, salbiy xislat, illat va shu kabilardan xoli; toza, pok; ruhiy jihatdan shikast yetmagan; raso; gʼoyaviy-mafkuraviy, maʼnaviy jihatdan toza, pok, degan maʼnolarni beradi. Xullas, lugʼaviy maʼnoda sogʼlom bola – hali yosh, voyaga yetmagan, begʼubor, sof, zararli taʼsirlardan, salbiy xislat, illat va shu kabilardan xoli oʼgʼil-qiz ekani maʼlum boʼladi. «Bola» esa yangi tugʼilgan, hali koʼkrakdan, ona bagʼridan ajratilmagan goʼdak; chaqaloq; hali yosh, voyaga yetmagan odam; farzand, oʼgʼil- qiz, zurriyot; yoshi kattalarning yoshlarga murojaat shakli.
Oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar, maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasiga
qoʼyiladigan davlat talablari yaratilib, amaliyotda qoʼllanilmoqda. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari, xususiylashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar qoshida maktabdan tashqari muassasalar va xususiy turli maktab tayyorlov markazlarida bolalarni maktabga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash yangi omillarni izlash, topish, tajriba-sinovlardan oʼtkazish asosida amalga oshirish zaruriyatini talab etmoqda. Maktabga tayyorlashda bolalarning ruhiy tayyorgarligi, jismonan sogʼlom boʼlishi, muloqotga kira olishi, soʼz boyligini (zaxirasini) boyitish, boshlangʼich elementar matematik tushunchalarga ega boʼlishi, yozishga boshlangʼich tayyorgarlik, ayrim soʼzlar toʼgʼrisida tasavvurlarni bilishi muhim rolь oʼynaydi. Аyniqsa 3-6 yoshli bolaning axborotga ehtiyoji koʼpdir. Bu borada taʼlim muassasalarida tar biyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning koʼnikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Аdaptatsiya (lot. adaptatio — moslashuv) – organizmning, masalan, sezgi aʼzolarining atrof-muhit sharoitlariga moslashishi, koʼnikishi1. Boshqacha aytganda, organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalari shakl lanishi xususiyatidir. Bola tugʼma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muhitda rivojlana borib uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini oʼzlashtiradi. Demak, bola tugʼilishdanoq uning faolligi «bola-kattalar» munosabatlari ichida tartibga solinadi. Ijtimoiy pedagog bolalarning koʼnikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |