Ijtimoiy xulq-atvor psixologiyasi


Alturizim va tolerantlik tushunchalari mazmuni



Download 48,25 Kb.
bet10/17
Sana31.12.2021
Hajmi48,25 Kb.
#240802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
IJTIMOIY XULQ-ATVOR PSIXOLOGIYASI

Alturizim va tolerantlik tushunchalari mazmuni.

Altruizm qisqa va lo’nda, aniq qilib aytilganda, hech qanday manfaatni kutmagan holda boshqalarga yordam berish, birovlarga yordam qo’lini cho’zish demakdir. Uning asosida hech qanday manfaat kutmaslik yotishi shu bilan asoslanadiki, altruist odam har doim hammaga, hatto buning evaziga hech narsa olmasligini bilsa ham, yordam beraveradi. Ta’kidlash joiz, bunday odamlar birovlarga qilgan yordami uchun o’zi jabr ko’rsa ham, baribir boshqalarga yordam berishni kanda qilmaydi. Bunday odamlar so’nggi chaqasi, so’nggi imkoniyati va hatto jonini ham hech qanday minnatdorchilik yoki taqdirlanishni kutmasdan bera oladi.[2]


Bu savolga faylasuf, psiholog, sotsiolog va boshqa sohadagi olimlar uzoq yillardan buyon javob izlashadi va bu savolga berilgan javoblar tahlili shuni ko’rsatganki, savolga javob berayotgan olimning individual- psihologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda bu savolga javob beriladi:

Ya’ni, agar bu olimning o’zi inson sifatida odam hech qachon biror- bir manfaatni ko’zlamasdan boshqalarga shunchaki yaxshlik qilmaydi,digan fikrga ega bo’lsa va o’zi ham bunga amal qilsa, u holda bu olim Altruizmning asosida yo moddiy, yo ma’naviy manfaatdorlik yotadi, deb hisoblaydi.

Aksincha, bu savolga javob izlayotgan olim inson sifatida o’zi altruistik e’tiqodga amalga qilsa, bu olim altruistik xulq-atvorni birovlarga hech qanday foyda ko’zlanmasdan qilinadigan yaxshilik deb tushuntiriladi.7[3]

Ijtimoiy psihologiyada Altruizm ijtimoiy xulq- atvor sifatida qaraladi va uning asosi yoki motivini tushuntirishda 2 xil nuqtayi nazar mavjud.

Birinchi nuqtayi nazar biologik nuqtayi nazar bo’lib, bu nazariya Altruizmni biologik ehtiyoj sifatida qaraydi va uni tug’ma holda beriluvchi instinktiv xulq-atvor deb baholaydi. Ularning fikricha, hatto hayvonot olamida ham bir tur vakillari orasida bir-biri uchun qayg’urish va bir-biriga yordam berish holatlarini kuzatish mumkin. Undan tashqari hali manfaat nimaligini unchalik tushunib yetmagan yosh bolalarda ham altruistik harakatlarni kuzatish mumkin-ki, bu holatlar altruizmning tug’ma ehtiyoj ekanligini tasdiqlaydi.

Ikkinchi nuqtayi nazar sotsiologik (ijtimoiy) nazariyadir.Bu nazariya vakillari yuqoridagi nazariya vakillarining fikriga butunlay qarshi chiqadi. Ularning fikrida ham jon bor, albatta. Ularning fikri quyidagicha. Agar ota-onalar yosh bolalar bilan munosabatda va muloqotda tez-tez altruizmni nomoyon etsalar, bunday holatda bolalar ham ularga taqlid qilib, shunday harakatlarni amalga oshira boshlaydilar.

Shuni kuzatish mumkinki, ota-onalardagi altruism ko’pincha ularning bolalarida ham altruizmni nomoyon qilishlariga sabab bo’ladi. Masalan, bolaning oyisi konfetidan bittasini ukasiga berishni o’rgatsa yoki ikkitadan bittasini dadasiga deb olib qo’ysa, buday bola bog’chadagi o’rtog’iga ham konfetining yarmini beradi.Aksincha, ota-onalardagi altruistik harakatlarning kuzatilmasligi ko’pincha ularning bolalarida ham bunday xulqning kuzatilmasligini tasdiqlagan. Ushbu nazariyalar asosida yana bir qancha nazariyalar asosida yana bir qancha nazariyalar yaratilganki, ularni quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin:

Sotsiologik yo’nalishdagi nazariya altruizmning asosida nima yotishiga qarab ikki asosiy guruhga bo’linadi:



  1. Manfaatni ko’zlab amalgam oshiriladigan altruistik harakatlar.

manfaatni ko’zlamasdan amalga oshiriladigan altruistik harakatlar.

Birinchi nazariya tarafdorlarining fikriga ko’ra, har qanday altruistik xulqning asosida ochiq yoki yashirin, ongli yoki ongsiz holatda bo’lsin, qandaydir foyda yoki manfaat ko’zlanadi.

Ikkinchi nazariya tarafdorlari esa altruistik xulqning asosida hech qanday manfaat yoki foyda yotmaydi, degan fikrni ilgari suradilar.

Birinchi nuqtayi nazar tarafdorlari altruistic xulqni tushuntirishda quyidagi variantlarni taklif etadilar.

Ijtimoiy o’zaro almashuv.Bu yo’nalish tarafdorlarining fikriga ko’ra jamiyatda har qanday shaxslararo munosabatlar zaminida o’zaro manfaatdorlik yotadiki, shunga ko’ra altruizm – bu mehr-muhabbat, hurmat, g’amxo’rlik, oqibat kabi psihologik hissiyotlarni o’zaro almashishdir.Ya’ni altruistik harakat qilayotganda kishi buning evaziga o’ziga albatta shunday munosabat qaytishini kutadi.Odatda, bunda “kamroq berib” “ko’proq olishga” mo’ljallab altruistic harakat qilinadi.Masalan, o’rtog’i uchun qayg’urayotgan (kechikayotgan o’rtog’ini “hozir kelib qoladi”, deb oqlayotgan) talaba, o’rtoqlaridan o’ziga nisbatan xuddi shunday munosabatlarni kutadi. Hatto bunday munosabat qaytarilmasa, undan xafa ham bo’ladi.Ikkinchi nazariya tarafdorlari birinchi nazariyaga alternativa sifatida chiqishadi va ular altruistik xulqning asosida hech qanday manfaatdorlik yotmaydi degan fikrni ilgari surishadi. Ular altruistik xulqni tushuntirishda quyidagicha nuqtayi nazarlarni taklif etishadi.


  1. Empatiya nazariyasi. Bunda altruistik xulqdagi kishi tabiiy holatda, o’zi ham anglamagan holda boshqalar uchun qayg’urish va g’amxo’rlik qilishga moyil bo’ladi. Bunday odamlar qiynalayotgan kishilarni ko’rsa, o’z- o’zidan altruistik xulqni nomoyon qiladilar.

Ijtimoiy me’yortiv nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, kishi ijtimoiy rol va ijtimoiy me’yorlarni yaxshi o’zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qiladi. Bunday odamlar sirasiga ayniqsa ma’lum bir dinga e’tiqod qiluvchilar, jamiyatda mavjud bo’lgan ma’lum bir qadriyatlarga, ijtimoiy me’yorga qat’iy amal qiluvchilar kiradi.Bundan tashaqari altruistik xulqni tushuntirishda quyidagi yo’nalishga asoslanuvchi nazariyalar ham mavjud.8[3]

Ular altruistik xulqning asosida qanday mohiyat yotganligiga ko’ra quyidagilarni ajratib ko’rishadi:

Altruistik xulqni namoyon qilayotganda boshqalarning borligi. Talaba hech kim bo’lmaganligidan ko’ra ko’pchilik oldida o’zini altruist ko’rsatib, boshqalarga yordam qo’lini cho’zishi mumkin, bunday hol aksariyat odamlarga xosdir.

E’tiborli kishilarning bahosi.Agar inson uchun qaysidir jihatdan e’tiborli kishi ( ayniqsa, uning o’zi altruistik xulqni tez-tez namoyon qilib tursa yoki ayni paytda altruistik harakatni kuzatayotgan bo’lsa) boshqa paytdagiga nisbatan altruistroq bo’ladi. Talaba o’zi uchun hurmatli bo’lgan o’qituvchisining yonida (agar bu o’qituvchi altuistik xulqni namoyon qiladiganlardan bo’lsa) boshqa paytdagidan ko’ra altruistroq bo’ladi.

Javobgarlikni his qilish.Kishi boshqalar yoki qonun oldida javobgarlikdan qo’rqib, o’zi istamasa-da, boshqalarga yordam beradi.Masalan ota-onadan qo’rqib uka, singillariga yordam berish.Qonun oldidagi javobgarlikdan qo’rqib mashinada urib ketgan odamni kasalxonaga olib boradi. Ba’zi talabalar guruhida guruhdagilarning ba’zilarigina altruistik bo’lsa, to’rtinchi kelib, butun guruh altruistik harakat qiladi va bir- birlari uchun qayg’uradi.

Taqlidchanlik.Har bir jamiyatda kishilar o’zini qanchalik ko’p altruistik tutsa bu holatga taqlid qiluvchilar ko’payadi. Agar altruistik xulqqa ega bo’lgan o’qituvchilar ko’p bo’lsa va bu xulqni ular talabalar oldida tez-tez namoyon qilsalar, talabalar ham albatta ularga taqlid qilishadi.

Jins farqi (simpatiya). Ko’pgina davlatlarda erkaklar ayollardan ko’ra kuchli jins sifatida tan olinadi. Bunday jamiyatlarda erkaklar ko’pincha jismoniy jihatdan ayollarga o’z yordamlarini taklif etadilar.

Yosh xususiyati.Barcha jamiyatlarda ham yosh bolalar yoki keksalarga nisbatan ko’proq altruistik xulq namoyon qilinadi.Chunki, ularning yoshidagilar yordamga ko’proq muhtoj bo’ladilar.

Kishining holati. Bunda yordam beruvchining va oluvchining ham holati nazarda tutiladi. Kishi o’zi qiynalib turganda o’zining holatidagi kishiga yordam qo’lini cho’zadi va g’amxo’rlik qiladi. Sessiyadan o’ta olmagan talaba o’ziga o’xshagan talabaga boshqa vaqtdagidan ko’ra mehribonroq munosabat bildiradi.

Kishining psixik xususiyatlari.Kishi qanchalik javobgar, g’amxo’r bo’lsa altruistroq bo’ladi.Aksincha, qahrli, egoist, qaysar, odamlarga befarq bo’lsa, undan altruizmni kutmasa ham bo’ladi.

Kishining dinga munosabati.Islom dini altruistic munosabatlarni targ’ib qiluvchi dinlardan biridir.Unga ko’ra musulmon musulmonga har qanday holatda ham yordam berishi kerak.

Agar xar qaysi shaxs o’ziga qilingan yaxshiliklarni doimiy ravishda o’zi uchun nazorat qilib borsa, bu o’zaro munosabatlarda yaxshi natija beradi.Laboratoriya eksperementi asosida shunday xulosaga kelganki, agar shaxs o’ziga qilingan yaxshilikka nisbatan javob qaytarish majburiyatini his qilmas ekan, o’zaro munosabatlarda egoizm shakllanadi.Mark Uotli o’z tadqiqotida shuni anglaganki, talabalar ularga konfet ulashib turgan guruhdoshlariga imtixondan o’tish uchun yordam berishgan.Ba’zi bir shaxslarda qilinayotgan yaxshilikni qaytarish imkoni bo’lmasa, uni qabul qilishga ham qo’rqishadi. Ko’rinib turibtiki, jamiyatda shaxs namoyon qiladigan xulqlar orasida egoezm va altruizm doimiy ravishda uchrab turadi.




Download 48,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish