Mavzu: Kashfiyot – texnik masalalarini yechishning ilmiy asosi sifatida Reja



Download 24,72 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi24,72 Kb.
#289840
  1   2
Bog'liq
Kashfiyot – texnik masalalarini yechishning ilmiy asosi sifatida


Mavzu: Kashfiyot – texnik masalalarini yechishning ilmiy asosi sifatida
Reja:
Kirish

1. Kashfiyot – texnik masalalari

2. Texnik masalalarini yechishning ilmiy asosi sifatida

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kashfiyot tushunchasi



Kashfiyot — izlanish, tekshirish, i. t. natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. K. tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan obʼyektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari maʼlum boʻladi. K. insoniyatning bilish jarayoni darajasini tubdan oʻzgartiradi. K. fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yoʻnalishlarni baxsh etadi. Inson bosib oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp K.lar qilindi. K. bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. K. natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin. Mac, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi, I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul K.dir. Hatto ichki yonuv dvigatelining yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning Yerning oʻz oʻqi atrofida va sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning Quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi gʻoyasi — olamshumul K. Avtomobil va samolyotning yaratilishini ham ilmga, tabiat krnuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish sxemasini yaratishi K. hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek yaratgan qonuniyatlar ham K.lar jumlasiga kiritiladi.

Har qanday ixtiro ham K. boʻla olmaydi, lekin ixtiro K.ga suyangan holda qilinadi. Atom va vodorod bombalarining kashf qilinishini K. jumlasiga kiritish mumkin, biroq, raketalarni yasash ixtiro hisoblanadi (yana q. Ixtirochilik).

K. ham, ixtiro ham qonunchilikda muhofazalanadi. Ilmiy K.lar va ixtirolarni roʻyxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda mustahkamlab qoʻyish davlat tizimi mavjud. Oʻzbekistonda K. va ixtirolarni muhofazalash ishlari bilan OʻzR Davlat patent idorasi shugʻullanadi (qarang
Ilmiy texnik ijodkorlikni rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o`rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo`luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Ko`p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi.
Kashfiyot - tushunchasi ikki xil: huquqiy va ommalashgan ma‘noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish huquqi» O`zbekiston Respublikasi asosiy qomusi bo`lgan konstitutsiyada kafolatlangan bo`lib, Nizomga muvofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.

Kashfiyot - moddiy dunyoning ilgari ma‘lum bo`lmagan ob‘yektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, insoniyatning bilish darajasini tubdan o`zgartiruvchi ta‘sirga ega bo`ladi.


Kashfiyot turlari

Geografiya, arxeologik, poleontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish - ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyat bilan bog`liq bo`lmay balki ekspeditsion topilma hisoblanadi. Shuningdek, matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham ob‘yektiv haqiqatni aks ettirganligi uchun huquqiy jihatdan tan olinmaydi.
Kashfiyot tushunchasining me‟yoriy sifatlari

Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining ta‘rifidan uning quyidagi me‘yoriy tushunchalari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

1. Ilmiy faktni konstatsiya qilish.

2. Yangiligini asoslash.

3. Ishonchligini asoslash.
Ushbu me‘yoriy tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin:

Birinchi keltirilgan «moddiy dunyoda ob‘yektiv mavjud bo`lgan qonuniyatlar, xususiyat va hodisalarni qayd qilish» tushunchasi - kashfiyotning ob‘yektiv borliqni bilish faoliyati natijasi ekanligini anglatadi. Bu o`rinda bilish tushunchasi o`z ichiga berilgan ob‘yekt (qonuniyat, hodisa, xususiyat)ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to`g`risidagi holatlarni qamrab oladi.


«Kashfiyotning yangiligi»ga O`zbekistonda Jahon miqyosidagi yangilikka ega bo`lish talabi qo`yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayanilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka da‘vogar bo`lgan har qanday manba e‘tiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo`lib



shakllantirilib, matbuotda da‘vo sifatida e‘lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi.
«Kashfiyotning ishonchliligi» ob‘yektiv mavjud bo`lgan qonuniyat, xususiyat va hodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan ob‘yektiv yangilik (hodisa, xossa va ob‘yektiv qonuniy bog`liqliklar) nazariy yoki amaliy jihatdan asoslanadi. Kashfiyot - ilmiy ekspertizadan o`tgandan keyingina huquqiy jihatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizadan o`tkazish uchun mualliflar (mualliflar kollektivi) qilingan kashfiyot bo`yicha talabnoma beradi. Talabnomadan namuna bo`yicha to`ldiriladi. Talabnoma o`z ichiga - kashfiyot bo`yicha diplom berish uchun ariza, qilingan kashfiyotning to`liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi hujjatlar, ilmiy-amaliy ahamiyati va ishonchligi haqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy ekspertizadan o`tkazadi va ma‘qul topsa kashfiyotni haqiqatligi haqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beradi. Kashfiyotning ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi.



Download 24,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish