Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

 



 

  

  



  

237 


 

 

 



ko‘rsatib o‘tishicha, san’at narsalarning o‘ziga xos sifatlarini, ularning go‘zalligini izlab topadi va 

ommalashtiradi. San’at voqelikning in’ikosi, ijodiy qayta takrorlash jarayonidir.  

Klassitsizm estetikasi ham estetik tafakkur taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bualoning 

“Nazm  san’ati”  risolasi  klassitsizm  estetikasi  mohiyatini  ochib  beradi.  Unga  ko‘ra  barcha 

ijodkorlar  klassitsizm  ishlab  chiqqan  aqida  qoidalariga  bo‘ysunishi  shart  bo‘lgan.  Ijodkorning 

erkinligi cheklangan. Klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni qoidalar bilan 

belgilab  qo‘yilgan  qolipdan  chiqmaslikka,  oldindan  tanlab  qo‘yilgan  va  mavhumlash-tirilgan 

mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahkum etadi. Klassitsizm vakillari yuksak san’at aslida takomil 

va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni o‘z asarlarida aks ettirishi kerak 

deb  hisoblaydilar.  Klassitsizm  uslubida  juda  ko‘p  asarlar  yaratilgan  bo‘lib,  ular  jahon  san’ati 

namunalaridandir. Lekin san’at taraqqiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘nalti-rish 

uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi.  

Estetik  fikrlar  keyinchalik  nemis  klassik  falsafasida  ri-vojlantirildi.  Ayniqsa,  I.Kant  va 

Gegel o‘z falsafiy sistemalari doirasida, estetik munosabat, did, ulug‘vorlik, go‘zallik masalalarida 

birmuncha qimmatli fikrlarni ilgari surdilar.   

Masalan, Kant fikriga ko‘ra, did birgina odamga xos bo‘lgan tug‘ma qobiliyatdir, u shu 

qadar yakka hodisadirki, uni inkor etib bo‘lmaydi.  

Kant,  shuningdek,  ulug‘vorlik  nazariyasini  rivojlantirdi.  U  ulug‘vorlik  va  go‘zallikning 

barcha o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berdi.  

Gegel  san’atga  yuqori  baho  beradi.  San’at,  uning  fikricha,  go‘zallikning  asl  makonidir. 

Gegel  ulug‘vorlikni  ham  san’at  asarlari  zaminida  tahlil  etadi.  Gegel  fikricha,  mutlaq  ruh  – 

go‘zallikning namoyon bo‘lishidir.



 

 

IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, 



Abu Ali ibn Sino kabi buyuk olimlar, shoirlar, musiqashunoslar, faylasuflar yashab ijod etdilar. 

Ular  tabiiy-ilmiy,  falsafiy,  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy  masalalar  bilan  bir  qatorda  tilshunoslik, 

she’riyat, notiqlik san’ati, musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yozdilar.  

Forobiy  “Baxt-saodatga  erishuv  haqida”gi  risolasida  “Inson  aql-idroki  tufayli  haqiqiy 

insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go‘zallik va 

mukammallikni kashf etadi” deb ko‘rsatadi. SHaxsni kamol toptirish jarayoni, Forobiy fikricha, 

inson o‘z hayoti davomida ilm, hunar o‘rganishi, axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va san’atni 

hayotiy tajriba bilan boyitish orqali sodir bo‘ladi. Estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit 

ta’si-rida shakllanadi. Forobiy shaxs tarbiyasida she’riyat va musiqa san’atining o‘rnini alohida 

ta’kidlaydi.  U  san’at  turlarini  bir-biridan  farq  qiladi:  she’riyat  so‘z  bilan,  tasviriy  san’at  esa 

bo‘yoqlar  bilan  ish  ko‘radi.  Lekin  har  ikkovi  ham  inson  ruhiy  hayotining  in’ikosidir.  San’at 

insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. Ta’lim-tarbiya masalalariga 

Forobiy  alohida  to‘xtalib,  yoshlarning  axloqiy  fazilati  nizomlarini  hamda  ularning  san’atni 

egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalashni muhim vazifa deb hisoblaydi.  

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o‘zaro 

bog‘liqligi va aloqadorligi manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ko‘rsatadi. Go‘zallikni tabiat 

va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholaydi.  




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish