Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

 



 

  

  



  

234 


 

 

 



klassitsizm  tarafdorlari  estetik  burchni  barcha  ijodkorlar  amal  qiladigan  aqidalarda  ko‘rardilar. 

Pozitivizm  tarafdorlari  esa  estetika  fani  doirasini  badiiy  jarayonlarni  tushuntirish  va  sharhlash 

bilan belgilardilar. Hozirgi zamon estetika nazariyachilari bunday bir yoqlama yondashishni qabul 

qilmagan  holda  «Estetika  fanining  asosiy  burchi  va  vazifasi  san’atning  vujudga  kelishi, 

rivojlanishi  va  amal  qilish  qonuniyatlarini  tahlil  qilishdir»,  degan  xulosani  ilgari  suradilar. 

Muammo  shundaki,  mazkur  qonunlar  mohiyati  va  tabiati  ochib  berilgandan  so‘ng  va  nazariy 

xulosalar bayon etilgandan so‘ng oldindan belgilangan me’yor qolipiga aylanib, san’atning joziba 

va sehr kuchini yo‘qotib qo‘yish havfi tug‘iladi.  

Estetika  amaliyoti  adabiy-badiiy  tanqidda  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Badiiy  tanqid  bilan 

estetik  nazariya  o‘rtasida  azaliy  uzviy  bog‘liqlik  mavjuddir.  Bu  bog‘liqlikni  «tanqid  –  bu 

harakatdagi  estetikadir»  degan  ibora  mazmunida  ham  ko‘ramiz.  Munaqqid  san’at  asarlarini 

baholash  va  sharhlashda  xolis  estetik  aqidalarga  suyanadi  va  bu  bilan  estetikaning  ijtimoiy 

hayotdagi o‘rnini mustahkamlaydi.  

Adabiy-badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyo-ti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 

ramzidir.  Estetik  nazariya  san’atkor  dunyoqarashini  shakllantirishda  muhim  omil  hisoblanadi. 

Badiiy  faoliyat  qonunlarini  bilish,  san’at  tabiatini  tushunish,  uning  ijtimoiy  hayotdagi  o‘rnini 

anglash haqiqiy iste’dod o‘rnini qoplay olmaydi. Ammo bu ikki qanotning yaxlit namoyon bo‘lishi 

iste’dodning estetik nazariya bilan qurollanishi, ularning qo‘shilib amal qilishi natijasida ijtimoiy 

hayot muhtoj bo‘lgan va kutib yotgan estetik mo‘‘jizalar yaratiladi, albatta.  

Estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun 

ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular san’at haqida qancha ko‘p bilsalar, san’at mohiyati va burch-

vazifalari  haqida qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ularda san’at bilan 

doimiy  muloqotda  bo‘lishga  intilish  kayfiyati  shunchalik  kuchli  bo‘ladi.  Estetika  fani  san’at 

haqida  faqat  bilimlar  beribgina  qolmay,  san’atga  qiziqqanlarda  badiiy  ijodga  nisbatan  hurmat 

uyg‘otadi, badiiy ijod inson faoliyatining eng murakkab turi, eng ko‘p aqliy va jismoniy kuch talab 

qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi.  

Estetik  nazariya  san’atkorlar,  ijodkorlar  bilan  bir  qatorda  bu  sohani  boshqaradigan 

hodimlar  uchun  ham  zarurdir.  San’atga  rahbarlik  qilishda  sodir  bo‘lgan  o‘zboshimchalik, 

beboshlik, hokimi mutlaqlik ko‘p jihatdan uning o‘ziga xos qonunlarini bilmaslik oqibatidir.  

Estetik nazariyaga suyanib ish ko‘rish – badiiy jarayonlarga samarali ta’sir o‘tkazish va 

san’atning  erkin  rivojlanishini  ta’minlash  garovidir.  Qotib  qolgan  aqidalardan  xalos  etilgan  va 

hayot chig‘irig‘idan o‘tgan estetik nazariya san’atga ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali rahbarlik 

qilishga amalda qarama-qarshi tura oladi.  

Estetik  nazariya  jamiyat  hayotining  barcha  jabhalariga  kirib  boradi  va  ularni  ma’naviy 

boyitadi,  ijtimoiy-  ma’naviy  ishlab  chiqarishning  muhim  omili  sifatida  yoshlarning,  xususan 

bo‘lajak huquqshunoslarning estetik madaniyatini shakllantiradi. Ayni mahalda u jamiyat estetik 

ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.  

Shunday  qilib,  estetika  fanining  predmeti  va  vazifalarini  ko‘rib  chiqqanimizdan  so‘ng 

mazkur xulosalarga kelishimiz mumkin: estetika fanining jamiyat hayotida tutgan o‘rni quyidagi 

vazifalari bilan belgilanadi:  

1.

 

tasviriy vazifasi;  



2.

 

normativ vazifasi;  



3.

 

ijodiy vazifasi;  



4.

 

ma’lumot berish (bilish) vazifasi; 5.



 

didaktik (tarbiyaviy) vazifasi;  

6.

 

dunyoqarash vazifasi.  





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish