Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

 



 

  

  



230 

 

 



 

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

Reja: 

 

1.

 



“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati.   

2.

 



“Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.   

3.

 



Estetika  kategoriyalarining  an’anaviy  va  zamonaviy  tasnifi.  Go‘zallik  va  uning 

muqobillari.   

4.

 

Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi.   



5.

 

Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi.  



 

 

Tayanch  tushunchalar: 

Estetika,  «Go‘zallik  falsafasi»,  estetik  ehtiyoj,  nafosat,  san’at,  estetika 

amaliyoti, Zardushtiylik, Pifagor, Geraklit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Tit, Lukretsiy Kar, G‘arb  

O‘rta asrlar estetikasi, Uyg‘onish davri, klassitsizm, nemis klassik falsafasi, O‘rta Osiyo 

Uyg‘onish davri estetikasi, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, ekzistensializm, 

strukturalizm. 

 

 

Estetika so‘zi yunoncha «estezis» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his qilish qobiliyati» 



ma’nosini  bildiradi.  Bu  fan  –  insonning  voqelikka  estetik  munosabatlari  va  insoniyat  badiiy 

rivojining  umumiy  qonun-qoidalari  haqidagi  fan.  Uzoq  vaqt  bu  fan  «Go‘zallik  falsafasi»  deb 

ta’riflab  kelingan.  Lekin  hozirgi  davrda  „Estetika"  fanini  bunday  ta’riflab  bo‘lmaydi,  chunki 

«go‘zallik»ning  o‘zi  „Estetika"ga  tegishli  tushunchalardan  biriga  aylanib  qoldi.  Birinchi  marta 

estetika  so‘zini  fanning  nomi  sifatida  olmon  faylasufi  Aleksandr  Baumgarten  (1714-1762) 

“Poetika” asarining ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar” kitobida ishlatgan (1735 

yil). Lekin bu bilan Baumgartenni „Estetika" fanining asoschisi deb bo‘lmaydi, chunki estetika 

nazariyalari qadim zamonlardayoq „Falsafa” fani doirasida o‘rganilgan.  

Dastlabki estetik ta’limotlar quldorlik jamiyati davrida – Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil,  

Hindiston,  Xitoy,  Eron  va  Turon)da  vujudga  kelib,  qadimgi  Yunonistonda,  ayniqsa,  Aflotun, 

Arastu, Suqrot asarlarida, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning tadqiqotlarida 

rivojlantirildi.  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmidan  mustaqil  fan  sifatida  shakllana  boshladi. 

„Estetika"  so‘zi  ko‘pincha  narsa  va  hodisalarning  rang-tusi  va  shaklidagi  mukammallik, 

mutanosiblik, latofat ma’nolari majmui sifatida ham qo‘llaniladi. Mazkur tushuncha kishilarning 

yaxshi fe’l-atvori, muomalasi, nutqi, did bilan kiyinishini anglatadi yoki tabiatdagi go‘zallikni ham 

bildiradi.  

Estetika so‘zi ba’zan «nafosat» tushunchasi bilan baravar ishlatiladi. San’atda ham estetika 

bir  qancha  ma’nolarda  qo‘llaniladi.  Voqelikdagi  tabiatan  nozik  narsalar  va  hodisalar  in’ikosi  – 

badiiy adabiyotda nazm, tasviriy san’atda – manzara, miniatyura va boshqalar fikrimizga yorqin 

dalildir. Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan qat’i nazar, nihoyatda nozik ifoda usullari 

qo‘llanilishi,  ifoda  usulining  bag‘oyat  nafisligi  –  nozik  raqs  va  boshqalar  diqqatga  sazovordir. 

“Estetika”  atamasi  o‘rnini  bevosita  va  bilvosita  “Nafosat”  atamasi  bosa  oladi.  Ko‘pchilik 

“estetika” atamasiga o‘rgangani uchun “nafosat” atamasini chuqur his qilolmaydi.  

Estetika  fan  sifatida  voqelikning  go‘zallik  asosida  in’ikos  etishini,  inson  amaliy 

faoliyatining  hamma  sohalarida  go‘zallik  va  xunuklik  tuyg‘ularini,  ayniqsa,  badiiy  ijodning 

umumiy  qonunlarini  o‘rganadi.  Biz  voqelikdagi  go‘zallik  va  xunuklikni  turlicha  tushunamiz. 

Estetik  qarashlarimiz,  tasavvurlarimiz,  baholarimiz  nisbiy  bo‘lib,  ularni  xolis  baholash 

estetikaning  vazifasidir.  Mazkur  fanning  asosiy  tushunchasi  –  go‘zallik  zohiriy  va  boti-niy 

ma’noga ega, voqea-hodisa, buyum zohiran go‘zal, botinan xunuk bo‘lsa, bu erda tom ma’nodagi 

go‘zallik deb bo‘lmaydi. Shu bois donishmandlar tashqi va ichki go‘zallik mutanosibligiga alohida 

ahamiyat berganlar.  




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish