Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

 



 

  

  



  

239 


 

 

 



Estetik his-tuyg‘u,

  eng avvalo go‘zallikni  his etish  jarayonini anglatadi. 



Estetik orzu

  esa 


go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi. 

Estetik did

 bo‘lsa ko‘p jihatdan 

shaxs  va  jamiyat  nimani  go‘zallik  sifatida,  nimani  xunuklik  sifatida  idrok  etishida  namoyon 

bo‘ladi. 



Estetik qarashlar

 go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi.  

a) Mutafakkirlarning aytishlariga qaraganda, go‘zallik haqida  fikr  yuritish  va uni  bayon 

qilish  nihoyatda  murakkab  va  mashaqqatli  jarayondir.  Go‘zal,  ijobiy  his-tuyg‘u  uyg‘otadigan 

narsani ko‘rsatish oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanligini tushuntirib berish qiyin. 

Go‘zallikning  tabiati  va  mohiyati  haqida  juda  ko‘p  fikr-mulo-hazalarning  mavjudligi  uning 

murakkabligi,  ko‘p  qirraligidadir.  Ilmiy  tushunchalar  tizimida  ham  go‘zallik  muammosini 

tushuntirish ancha qiyin. SHuning uchun go‘zallik muammosiga falsafiy yondoshish zarur.  

Qadimgi  yunon  faylasufi  Platon  bu  muammoni  ilk  bor  «Nima  go‘zal?»  va  «Go‘zallik 

nima?» degan savollarga ajratish bilan tarixga go‘zallik haqidagi falsafiy ta’limotning asoschisi 

bo‘lib kirgan edi. Go‘zallikni u  jonli, hissiyotli, o‘zgaruvchan  narsalar olamidan ajralib qolgan 

abadiy ruh - g‘oya sifatida ta’riflaydi.   

Go‘zallik tuyg‘udan yuqoriroq tabiatga ega bo‘lgani uchun uni faqat aql vositasida anglash 

mumkin. Go‘zallik haqidagi bu «Platon yo‘nalishi» F.Akvinskiy, Gegel ijodida davom ettirildi. 

Gegel  fikricha,  mutlaq  ruh–g‘oya  go‘zallikning  namoyon  bo‘lishidir,  san’at  go‘zallikning  asl 

makonidir,  go‘zallik  bu  aniq  turdagi  hodisalar  kamolotining  namunasidir,  ya’ni  go‘zallik 

mukammallik va kamolot bilan bog‘liqdir. “SHunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar 

to‘la tarzda namoyon bo‘lsa, shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar 

mujassamlashgan  tarzda  ko‘rinsa”.  Ingliz  faylasufi  D.  YUm  fikricha,  go‘zallik  narsalar  sifatini 

bildirmaydi, balki narsalarni mushohada qilayotgan inson ruhi darajasida amal qiladi; ya’ni har bir 

inson ruhi o‘zi belgilagan, tanigan, anglagan go‘zallikni ko‘radi. Bu ta’limotlarda go‘zallikning 

ma’naviy mazmundorligi masalalari aks etadi.  

Ikkinchi  yo‘nalish:  Qadimgi  yunon  mutafakkiri  Aristoteldan  boshlanadi.  Aristotel 

go‘zallikni  real  voqelik  in’ikosi  sifatida  talqin  etadi.  U  go‘zallikni  moddiy  olamning  moslik, 

aniqlik,  hamohanglik,  mezon-o‘lchovlik  kabi  miqdoriy  va  makonli  tavsiflari  bilan  bog‘lab 

mushohada qiladi.  

Aristotel  fikriga  ko‘ra,  go‘zallik  zaminida  inson  va  narsalarning  bir-biriga  muvofiqligi, 

loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi. O‘zining mazkur g‘oyasini asoslash uchun u «o‘ta kichik narsa 

go‘zal bo‘la olmas edi, chunki oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi, o‘ta ulkan narsa go‘zal 

bo‘la olmas edi, chunki uni idrok etish birdaniga sodir bo‘lmay, uning birligi va yaxlitligi yo‘qolib 

ketadi»,  - deb uqtiradi. Go‘zallik  muayyan  mezon  –  o‘lchov ko‘rinishdagina  namoyon  bo‘ladi. 

Uning  fikricha,  go‘zallik  sifatiga  nafaqat  tabiat  hodisalari,  balki  adolat,  mardlik,  sahovat, 

donishmandlik kabi yaxshi insoniy fazilatlar ham kiradi.  

Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davri estetik qarashlarida go‘zallikning tabiiy qonunlarini 

ishlab  chiqish,  ularni  san’at  sohasiga  ham  tadbiq  etishga  urinishlar  bo‘lgan.  Masalan,  Didro 

go‘zallikning  ichki  mazmundorligi,  san’at  asarlariga  nisbatan  ifoda  kuchi  haqida  fikr  yuritib, 

go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.  

Go‘zallik

 – bu tabiat, jamiyat, san’at hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir 

o‘tkazish  bilan  insonda  jismoniy  va  ma’naviy  kuchlar  oqimining  ko‘payishiga,  shodlik, 

zavqlanish,  ma’na-viy  qoniqish  holati  vujudga  kelishiga  imkon  yaratiladi.  Go‘zallik  ijtimoiy 

ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali – u avvalo, 

insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi.  

b)  Go‘zallik  xilma-xil  darajada  namoyon  bo‘ladi.  Tabiatdagi  go‘zallik  ijtimoiy  hayot 

go‘zalligidan, foydali-amaliy faoliyatdagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin 





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish