Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


254  

  

zamondagi voqelik vositasida go‘zallik,  ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, xunuklik, tubanlik v.b. 



estetik  xususiyatlarni  in’ikos  ettirishi  hamda  ularni  baholashi  bilan  belgilanadi.  San’at 

qadriyatlarning qadrlanishini  va qadrsizlangan qadriyatlarni ko‘rsatib beradi,  bir odam  yoki bir 

necha  odam  timsolida  odam  bilan  olamning  yaxlit,  umumlashgan  qiyofasini  yaratadi,  ularning 

uyg‘unligini  ta’minlaydi.  U  kishini  yashashga  o‘rgatadi,  go‘zallikka  da’vat  etadi,  ma’naviy 

yuksaltiradi. SHu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o‘tilgan birorta ham davr yo‘q.  

Faylasuf-nafosatshunoslar o‘rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo‘lib 

kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko‘pchilik g‘orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda 

chizilgan  ov  manzalari  va  ov  hayvonlarining  tasvirini  nazarda  tutadi.  Vaholanki  gap  bu  erda 

san’atning  qanday  paydo  bo‘lganligi  emas,  balki  nimadan  paydo  bo‘lganligi  to‘g‘risida  borishi 

kerak. Ba’zilar uni taqliddan, bosh: erotik hissiyotlardan, kimlardir o‘yindan, kimdir mehnatdan 

kelib  chiqqan  deb  hisoblaydilar.  Bunday  nazariyalar  va  konsepsiyalar  anchagina,  lekin  ular 

orasidagi  ikkitasining  tarafdorlari  ko‘pchilikni    tashkil  etadi.  Ulardan  biri  –  insonni  hayvonlik 

darajasidan  odamlik  pog‘onasiga  ko‘targan    narsa  mehnat,  san’at  ham  mehnatdan,  insonning 

olamni  o‘zgartirishga  bo‘lgan  ehtiyojidan  kelib  chiqqan,  san’at  faqat  ijtimoiy  hodisa  degan 

moddiyatchilar  ilgari  surgan  qarash.  Ikkinchisi  –  san’at  insonga  berilgan  ilohiy  zavqning, 

ma’naviy olamning o‘yin orqali namoyon bo‘lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana shu 

ikkinchi  qarash  tarafdorimiz.  Buning  sababi  shuki,  mehnat,  qanchalik  qadrlamaylik,  qanchalik 

sharaflamaylik, u – majburiyat bilan bog‘liq, maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa, o‘yin esa 

har  qanday  majburiyatdan  yiroq,  maqsadga  muvofiqlik  bilan  shartlanadigan  individualijtimoiy 

hodisa. Demak,  mehnat  –zaruriyat, o‘yin  – erkinlik. Inson mohiyatan erkin  va erkinlikka  intilib 

yashaydigan  mavjudot  sifatida  o‘z  erkinligini  eng  avvalo  o‘yinda  namoyon  qiladi.  O‘yinsiz 

insonning yashashi mumkin emas, usiz inson hayoti jahannam. Bu o‘rinda yana bir bor SHillerning 

mashhur  fikrini  keltirish  o‘rinli:  «Inson  faqat  tom  ma’noda  inson  bo‘lgandagina  o‘ynaydi  va 

o‘ynayotgan paytdagina to‘liq insonga aylanadi.  

O‘yin nazariyasining XX asrda eng yirik namoyandasi niderlandlik faylasuf – nafosatshunos 

YOxon  Huyzinga  o‘zining  «Homo  ludens»  (O‘ynayotgan  odam)  asarida  o‘yin  umumbashariy 

madaniyat  vujudga  kelishining  va  taraqqiy  topishining  sharti  degan  g‘oyani  ilgari  suradi. 

SHopenhauer  uchun  «ixtiyor atamasi qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, Huyzinga uchun  «o‘yin» 

tushunchasi shunday qamrovli, o‘yin hayvonot olamida ham, insoniyat jamiyatida ham ibtidolar 

ibtidosi:  «Huquq,  go‘zallik,  haqiqat,  ezgulik,  ruh,  Xudo  singari  deyarli  barcha  mavhum 

tushunchalarni inkor  etish mumkin, - deb yozadi faylasuf. – Jiddiylikni inkor etsa bo‘ladi.  

O‘yinni  esa  –  yo‘q».  Boshqa  bir  o‘rinda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  «o‘yin  erkindir,  o‘yin  erkinlikdir», 

degan  fikrini bildiradi.    

SHuni aytish kerakki, hayvonot olamidagi o‘yinning insoniyat jamiyatidagi o‘yindan farqi 

bor. Insonning o‘yini esa, ma’naviy hodisa, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiylashgan ma’naviyat, u eng avvalo 

estetik  ehtiyojni  qondirishga  qaratilgan.O‘yinning  inson  hayotidagi  barcha  sohalarda  ishtirok 

etishini, uning rang-barangligi, qamrovligi, universalligini  va erkinlik bilan bog‘liqligini o‘zbek 

tilidagi «o‘yini o‘zagidan yasalgan so‘zlarining ko‘pma’noliligida, ham ko‘rishimiz mumkin. SHu 

o‘zakdan  yasalgan  so‘z  va  iboralardan  bir  nechasini  keltiramiz:  shaxmat  o‘yini;  so‘z  o‘yini; 

«siyosatchining»  o‘yini,  aktyor  o‘yini;  «o‘rtaga,  chiqib  o‘ynab  ketdi»,  «yuragi  o‘ynab  ketdi», 

«ko‘zi  o‘ynab  ketdi»;  «dorbozlar  yaxshi  o‘yin  ko‘rsatadi»;  «Salim  kechagi  to‘yda  toza  o‘yin 

ko‘rsatdi». v.h.  

Ma’lumki, hech qanday o‘yin jarayoni bir kishi ishtirokida ma’noga ega bo‘lmaydi, u o‘yin 

emas. O‘yinning, o‘yin bo‘lishi uchun kamida ikki odam kerak. CHunki unda inson o‘zini, biror 

bir  sohadagi  mahoratini  boshqalarga  ko‘rsatadi,  o‘z  imkoniyatlarini  o‘zgalarga  namoyish  etadi. 

Demak, o‘yin-jamoaviylik bilan o‘yin;  bir o‘zi uchun o‘ynagan odam esa, odatda aqldan ozgan 





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish