Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


253  

  

qiladi.  Bu  yaxlitlik  konstruksiyaga  bo‘ysunsa-da,  o‘zini  badiiy  ijod  sifatida  namoyon  etadi. 



SHunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi 

mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi tufayli zamonaviy xaridor 

talabiga  javob  beradigan  mashina  vujudga  keladi  va  unda,  istaymizmi-istamaymizmi,  estetik 

ko‘rinish  yaxlitlik  sifatida  ustuvorlikka,  xaridorgirlik  ahamiyatiga  ega  bo‘ladi.  Zotan,  eslaylik, 

Shiller  aytganidek,  shakl  insonga  butunisicha,  mazmun  –  uning  muayyan  qismigagina  ta’sir 

ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.   

Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog‘liq ekan, degani emas.  

Unda  ham  san’atdagidek  shakl  va  mazmun  uyg‘unligi  asosiy    omil  hisoblanadi.  Bunday 

uyg‘unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida vujudga 

keladi. Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib, dastlabki qo‘pol 

ko‘rinishidan  «xohlasang  ham,  xohlamasang  ham  ishlaging  keladigan»  darajada  go‘zallashib, 

noziklashib,  insonni  o‘zida  ishlashga  chaqirib  turadigan  mashinaga  aylandi.  Yoki  o‘zimizdagi 

«Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor 

qiling.  U  dizayn  nuqtai  nazaridan  o‘zidan  avvalgi  kichik  mashinalardan,  xususan,  «Tiko»dan 

keskin  farqlanadi.  Uning  yo‘lda  engil  borishi  kishida  xuddi  suzib  ketayotgandek  tassurot 

uyg‘otadi,  asosiy  chiroqlari  (faralari)  ana  shu  taassurotingizga  mos:  ulkan  baliqning  ko‘zlariga 

o‘xshaydi,  oldindagi  pastki  ikki  chiroq  esa,  sizga  bodomqovoq  –  SHarq  go‘zallariga  yarashib 

turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati nihoyatda 

muvaffaqiyatli  moslashtirilgan:  «Matiz»  –  baliqdek  silliq  olg‘a  intiladigan,  «epchil»,  go‘zal, 

SHarqda ishlangan, sharqona mashina.  

Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib, 

o‘zimizga,  estetik  didimizga  moslashtirib  borishga  erishdik  va  erishmoqdamiz;  hozir 

qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha,  mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha  – hammasi 

bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.  

Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy 

san’atiga)  borib  taqaladi:  u  ham,  bu  ham  foydalilik,  manfaatlilik  xususiyatiga  ega,  ya’ni  ular 

maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan 

hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi 

shuki,  hunarmand-usta  har  bir  ashyoga,  deylik,  uzukka,  qumg‘onga,  xontaxtaga  yoki  naqshin 

qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis 

laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab 

yoki yuz minglab ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy 

dunyosi  singdiriladi.  Keyinroq  ular  modernizatsiya  qilinishi  mumkin,  lekin  unda  ham  yana  bir 

xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana 

shu yangilik rangbaranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat 

qiladi. Bundan tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida 

olib  qaraydi  va  ishlab  chiqaradi.  YA’ni  unda  mazmun  ham  shakl  ham  bir  ruhiy  dunyo  va  «bir 

qo‘lning»  mehnati. Dizaynda esa, ashyolar «turli  qo‘l»  ishlagan qismlarni  bir  mutaxassisning  – 

dizaynerning  yaxlitlashtirishi  natijasida  o‘zini  butunisicha  namoyon  qiladi.  SHu  sababli, 

hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. SHunga 

qaramay,  dizayn  va  dizaynerning  ijodiy  mehnati  Er  yuzida  tobora  ko‘payib  borayotgan  inson 

zotining  zamonaviy  iqtisodiy-maishiy  hamda  estetik  ehtiyojini,  ma’naviy  talablarini  qondirishi 

bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa, dizayn nazariyasi sifatida estetikaning 

o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi.  

San’at – estetik faoliyatning o‘ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko‘zgu. Sehri shundaki, san’at 

asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o‘z dunyosini 

qadriyatlar  prizmasi  orqali  ko‘radi;  o‘zining  qandayligini  va  qaerdaligini,  yutuqlarini  va 

nuqsonlarini,  aqlini  va  hissiyotlarini  aniqlashtirib  oladi.  Uning  estetik  mohiyati  makon  va 





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish