Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


251  

  

yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash 



haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga 

chiqarib  qo‘ydik.  Hozirgi  kunda  shu  narsa  aniq  bo‘ldiki,  tabiatni  eng  ulug‘  va  mangu  estetik 

qadriyat  deb  bilmaslik  borib  turgan  estetik  savodsizlikdir.  Aniqrog‘i,  bugun  tabiatsiz  estetikani 

tasavvur qilish mumkin emas.   

Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri idrok 

eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng 

boy  material,  manba;  san’at  vositasida  in’ikos  ettirilgan  tabiat  estetik  qadriyat  sifatida 

ma’naviyatimizni  boyitib  yashaydi.  San’atda  aks  etgan  tabiat  o‘zining  g‘oyaviy-badiiyligi, 

abadiylikning  o‘chmas  lahzasi,  takrorlanmas  go‘zallik  yoki  ulug‘vorlik,  ba’zan  esa,  fojiaviylik 

sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat faqat 

go‘zallik  va  ulug‘vorlikni  ifodalaydi,  g‘oyaviy-badiiy  urg‘uga  ega  emas,  hissiyotlarimizga 

san’atdagidek kuchli ta’sir  ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning  butun go‘zalligini aks 

ettirish imkoni yo‘q. Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom bo‘yog‘i 

bosa  olmaydi,  ranglarning  barchasini  aks  ettiraman  desa,  rassomning  rangtasviri  bir-biri  bilan 

nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. Rassom 

bizga faqat o‘tloqning bir parchasini, o‘zi «tanlab olgan” qisminigina, «tanlangan» ranglarnigina 

ko‘rsatishi mumkin. YOki musiqa san’atiga aylangan tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro 

etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir-ikki, boringki, o‘n-o‘n besh marta eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik 

zavq  olasiz,  biroq  uni  har  kuni  tinglasangiz,  u  kuy  qanchalik  buyuk  san’at  asari  bo‘lmasin, 

joningizga tegadi. Jonli to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar davomida har kuni eshitsangiz ham, 

har gal zavq olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham nosan’at, ham san’atga aylangan estetik 

ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.  

San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida 

o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni  

«o‘rganish»,  «tushunish»  barcha  san’at  turlariga  xos.  Masalan,  badiiy  adabiyotda  hikoyadan  – 

romangacha,  she’rdan  –  dostongacha  tabiat  manzarasi  tasvirlanmaydigan  biror  janrni  topish 

mumkin emas. O‘rik daraxtining to‘rt  fasldagi  holati, ko‘klamdagi gullagan,  yozda barg  yozib, 

meva  qilgan,  kuzdagi  oltin  rangiga  kirgan,  qishda  yalang‘och,  shoxlari  nayzaga  o‘xshagan 

ko‘rinishlari  badiiy  adabiyotda  ham,  rassomlikda  ham  o‘z  ifodasini  topgan.  O‘zbek  xalq  kuyi 

«CHo‘li  iroq»da  fojiaviylikni,  Betxovenning  «Oydin  sonati»sida  inson  qalbi  evrilishlarining, 

xayolga cho‘mgan quvonchning ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi 

xandasaviy  jilvasi,  haykaltaroshlikdagi  go‘zal  kiyikning  tasviri  deysizmi,  xullas,  tabiat  barcha 

san’at turlarida badiiy asarni go‘zallashtirib, ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.   

Xulosa  qilib  shuni  aytish  lozimki,  tabiat  estetikasini  «ekologik  estetika»  doirasiga  tiqib 

qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan gaplar asossiz. 

U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan, muhimlardan 

muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan.  

  

Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha olisdan 



o‘rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi 

ahamiyatini  tadqiq  etsa,  uni  insonni  «tabiiylashtirish»  vositasi  sifatida  olib  qarasa,  texnika 

estetikasi,  aksincha,  bugungi  kunda  bizga  eng  yaqin  bo‘lgan  noosferani  –  texnikaviy  muhitni 

muntazam «insoniylashtirib» borish muammolarini o‘rganadi.  

Inson  doimiy  ravishda  ravnaq  topib  boradigan  mavjudot,  uzoq  davom  etgan  insoniy 

taraqqiyotning  mahsuli,  ya’ni, tosh asridagi  va hozirgi odam, garchand  ikkalasi  ham odam deb 

atalsa-da,  bir-biridan  farq  qiladi.  Zamonaviy  odam  aqlan,  axloqan  nisbatan  yuksak  darajaga 

ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. SHu 

o‘rinda  imom  G‘azzoliyning  inson  va  uning  ijodiga  nisbatan  aytgan:  «YAratilgan  yaratganiga 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish