Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 

 

  



86  

  

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 

 

 

 

REJA: 

 

 

 

1.



 

Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari.   

2.

 

Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati.   



3.

 

Bilishning asosiy turlari va shakllari.   



4.

 

Ong-tafakkur va borliqning birligi.   



5.

 

Bilishda  haqiqat  va  amaliyot  uyg‘unligi.  Falsafada  metod  va  metodologiya,  metodika 



tushunchalari.   

 

 



Tayanch  tushunchalar:

  Sezgi,  idrok,  xotira,  xayol,  tasavvur,  empirik  bilim,  kuzatish, 

eksperiment,ilmiy  dalil,  nazariy  bilim,  muammo,  ilmiy  muammo,  muammoli  vaziyat,  gipoteza, 

nazariya, kategoriya, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha,mulohaza, xulosa, intuitsiya, induktiv 

tafakkur.  Metod,  metodologiya,  metodika,  metafizika,  yangi  metafizika,  sofistika,eklektika, 

sinergetika,  bifurkatsiya, umumilmiy  yondashuvlar, tadqiqot metodlari, xususiy  ilmiy  metodlar, 

fan  metodlari,  fanlararo  tadqiqot  metodlari,  xususiy  fanlar  metodlari,  empirik  tadqiqot 

metodlari,kuzatish, eksperiment, sotsiometriya metodi, o‘yin metodlari, kumatoid.  

  

«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim»,  



«ilm» va «logos» – «ta’limot», «fan» so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi – «bilish 

haqi dagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan, 

falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. 

SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda  

«epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish 

nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan,  

«episteme» so‘zi «pistis» – «e’tiqod» so‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, «biz biladigan» (gnosio) va 

«biz  ishonadigan»  (pistio),  mavjudligiga  e’tiroz  bildirmaydigan  narsalar  –  falsafiy  va  ilmiy 

bilimlarning  hozirgi  darajasida  mazmunan  har  xil  tushunchalardir.  SHu  bois  G‘arbiy  Evropa 

falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa  – uch xil talqin qilinadi. Umuman 

olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda, 

falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning 

muayyan  narsalar  haqidagi  bilimlarimiz  va  (yoki)  e’tiqodlarimizning  ishonchlilik  darajasini 

o‘rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. 

Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek, 

diniy  e’tiqodlarning  gnoseologik  mohiyatini  o‘rganish  bilan  shug‘ullanadi.  Bunda  esa  bilish 

(ong)ning  mohiyati  to‘g‘risida  bahs  yurituvchi  falsafiy  ta’limot  ma’nosidagi  «gnoseologiya» 

atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga 

harakat qilamiz.  

Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda: 

 

1)



 

insonning dunyoni bilish imkoniyati; 

 

2)



 

insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 

 

3)



 

bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi; 

 

4)



 

bilimlar  tabiati  va  ularning  mazkur  bilimlarda  aks  etuvchi  narsalar  bilan  o‘zaro  nisbati 

o‘rganiladi. 

 

Shunday qilib, umuman olganda, 



gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 

 

Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz,ongning o‘z-o‘ziga, boshqa 



odamlarga va umuman, jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. 



Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish