Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir



Download 0,99 Mb.
bet10/11
Sana29.05.2022
Hajmi0,99 Mb.
#616352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5280485969139604014

3-bosqish (20 daqiqa)


ETIKET QOIDALARI ODOB-AXLOQ MADANIYATINING
BELGISI
Etiket qadimgi davrlardayoq paydo bo’lgan dasturlar bilan uzviy bog’liq.
Etiket tez-tez qaytarilib turadigan munosabat,situatsiyalarida (salomlashish,tanishish,mehmon kutish,mehmonga borish,jamoatchilik o’rinlarida o’zini tuta bilish va boshqalar)o’z o’rinini topishga boshqalar bilan qanday munosabatda bo’lishi,o’zini tuta bilishga katta yordam beradi.Etiket qoidalari umumiy munosabat qoidalarining asosiy qoidalari bo’lib hisoblanadi,ammo shuning bilan bir qatorda etiket qoidalarini bilish turmush,hayot muammolarida yordam bera olmay qoladi.Hayot muammolarida shunday masalalar,mashqlar uchrashib qolishi mumkin,u yerda etiket qoidalarini yaxshi bilgan bilan shu harakatga mos deb topilgan xulq-atvor ko’rinishlarini tanlashda qiyin bo’lib qoladi.
Shuning bilan birga etiket qoidalarini qandayda bir qotib qolgan qolgan qoidalar,tug’ma sifatida ham hisoblab bo’lmaydi,sababi etiket qoidalari minglab yillar davomida qoliplashib kelgan bo’lsa ham,u jamiyat bilan birga rivojlanadi va ijtimoiy,odob-axloqlilik yuksalishining qarama-qarshiliklariga asoslanib kelib chiqadi.Umuminsoniylik qoidalari jamiyat munosabatlari asosida aks etadi.
Etiket faqat tarixiy shakllarga ega bo’lib qolmasdan shuning bilan birga geografik va etnografik o’zgachaliklarga ham ega.Masalan:Turkiyada mehmonni yaxshi kutishga odatlangan,Yaponiyada esa stol ustida hamma turdagi taomlar,ichimliklar to’lib tursa ham mehmondan sizni hech kuta olmadim,ovqat bera olmadim deb kechirim so’raydi.Lotin Amerikada esa,issiqlik haqida gapirish odobsizlik hisoblanadi.Sharq xalqlarida ovqatdan keyin sho’rva berishga odatlangan,Angliyada XVI asrda Genrix VII davrida mehmon bo’lib kelgan odam xo’jayinni,shu uyning bekasini bolalarini va uy hayvonlarini o’pishi kerak bo’lgan.Shuningdek bizning xalqimizning ham etiket qoidalari bor.Masalan:Qiz bola hech vaqtda erkaklarning oldidan kesib o’tmaydi,qiz bola ostonada o’tirmaydi,kelinni esa hech vaqt to’rga o’tqazmaydi.
Munosabat madaniyati salomlashishdan boshlanadi.Gapirish tartibi bir biriga bo’lgan mehribonchilikni ko’rsatadigan ,do’stlikni mustahkamlashda juda katta ahamiyatga ega fazilat bo’lib keladi.Shuning bilan birga bu bir-birining hol-ahvolini so’rash o’zlarining eson-omon uchrashib turganliklaridan quvonchdaligi,niyatlari haq,halol ekanligini bildirish bo’lib keladi. Yer yuzidagi xalqlar orasida bir necha turli salomlashishlar uchraydi.Masalan: "Masai qavmida bir-biri bilan salomlashishdan oldin ular qo’llariga tupurib olar ekan,Tibetda yashaydiganlar bir-biri bilan salomlashishda bosh kiyimini yechib, shu qo’lini qulog’ining ortini ushlab tillarini chiqarish orqali amalga oshiradi,Mari qavmida yashaydigan burunlarini bir-biriga tekkizadilar”,-deydi K.Smolka.Angliyada esa, ko’chada ketayotga ayol birinchi bo’lib erkak kishi bilan salomlashadi,sababi unga shunday huquq berilgan,u shu erkak kishi bilan ko’pchilik oldida tanish ekanligini bildirgisi keladimi yoki bildirgisi kelmaydimi uni o’zi tanlab birinchi bo’lib salomlashadi.
Salomlashishdan keying hol-ahvol so’rashishda o’zgachaliklar uchraydi.Masala:Ruslar “ahvoling qalay?", Qadimgi yegipetlar hol-ahvol so’rab o’tirmasdan “qalaysiz terlaysizmi?” deb, greklar “quvondingiz” deb salomlashsa,xitoyda “bugun ovqatlandingizmi? Qorningiz to’qmi?” deb so’raydi ekan.Hindlar ikki qo’lini biriktirib peshonasini tekkizib bosh egib, Mogollar “qalay ko’chib ketyapsizmi,sigiring qalay,yaxshi qishlab o’tiribsizmi” deb so’raydi.Buning hammasi xalqlarning yashash sharoitlariga,turmush o’zgachaliklariga bog’liq salomlashishning turlari kelib chiqishini ko’rsatadi.
Yangi tanishlarni orttirishda ham etiket qoidalari bor.Etiket bo’yicha notanish odamlarni ikki tomonni taniydigan odam tanishtirishiga bog’liq.Eng birinchi bo’lib o’zining og’a-inilariga tanish emas odamni tanishtirish shart,ammo o’zining do’stlarini,ota-onasiga birma-bir tanishtirish kerak, aksincha ota-onani yaqinlariga tanishtirish etikaga kirmaydi. Shunday erkak kishini bir xil yoshda bo’lsa ham ayol-qizlarga tanishtirish kerak.Tanishtirish qoidalari etiketning boshqa ham qoidalari kabi xarakterga ega emas,ular tarixiy o’zgaruvchan va bu ularning ijtimoiy,milliy va ijtimoiy-psixologik shartlariga,dasturlariga bog’liq o’zgarib turadi.
Etiket qoidalariga bo’ysinish,odob-axloq shartlarini buzmasdan bajarish,so’zning to’g’riligi,go’zalligi ,odamlarning hayot kechirishida,jamiyat orasida o’z o’rnini topa olishida,odamlarning xurmat-izzatga erishishida kata rol o’ynaydi.Bunday yutuqlarga erishish davomida odamlarga xurmatlilik,oqko’ngillilik,chidamlilik singari belgilaridan tashqari yana odoblilik,bosiqlilik, kabi alohida belgilari aloqa munosabatida kata ahamiyatga ega. Odoblilik asosiy mazmuni inson munosabatlarida turli xollarda xulq-atvorni aniq rejalarini belgilash, odob-axloqni saqlash odatlaridan iborat bo’lgan xarakterli belgisi bo’lib hisoblanadi.
Adob-axloq qoidalari nasldan naslga berilmaydi, sababi inson kim bo’lishiga qaramasdan u tarbiyadan, ahvoldan mustaqil bo’ladi hamda yakka individ o’z-o’zidan odobli shaxs bo’lib yetishmaydi. Odoblilik insonning o’sib ulg’ayishiga o’zi bilan rivojlanib, unga atrofidagi odamlar, jamiyat institutlari, jamoat, oila, maktab ta’sir qiladi.
Yuqorida aytilganlardan xulosa chiqarib insonlar bilan yaxshi munosabatda bo’lish uchun, jamiyatda o’zini tuta bilishning qanday bir aniq normalari, qoidalari bormi? Degan savol tug’ilishi mumkin. Albatta hamma sharoitlarga moslashgan, barcha yerda birdek me’yor yo’q, ammo Deyl Karnegining insonlarni qanday o’ziga tortish, yaxshi munosabatni tuzish haqidagi kitobidan bir necha qoidalarni aytib o’tish joizdir.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish