Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir


Xotin-qizlar bayrami qaysi davlatda qanday nishonlanadi



Download 0,99 Mb.
bet9/11
Sana29.05.2022
Hajmi0,99 Mb.
#616352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5280485969139604014

Xotin-qizlar bayrami qaysi davlatda qanday nishonlanadi
Dunyo dunyo bo‘lib yaralibdiki, ayollar hurmat va e’zozda, e’tibor markazida bo‘lib kelishgan. Chunki bu jins vakillari nafaqat bugungi kunimizning mazmuni, balki ertangi kunimiz davomchilari, kelajak avlodning yaratuvchilaridir. 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni ham ayollarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik, e’tiborning bir ifodasi desak, yanglishmaymiz. Mazkur bayramning shirin tashvishlari erkaklarning boshiga kecha yoki bugun tushgan emas.
Ushbu ayyom tarixi qadimgi Rimga borib taqaladi. Rimliklarda “Ayollar kuni” deb nomlangan bayram mavjud bo‘lgan. Rim ayollari bu kunda chiroyli liboslarini kiyib, taqinchoqlar bilan bezanib, boshlariga gulchambarlar taqib, Vesta ma’budasi ibodatxonasiga borishgan. O‘ta e’tiborli rimlik erkaklar shu kuni ayollarini uy yumushlaridan ozod qilishgan. Rim imperiyasining varvarlar tomonidan parchalanishi natijasida bu bayram unutiladi. Ozodlik va mehr-e’tiborga o‘rgangan Rim ayollari o‘zlarini odam o‘rnida ko‘rmayotgan varvarlar bilan kurash boshlaydilar, ammo g‘alabaga erisholmaydilar. 1857-yilning 8-mart sanasida Amerikaning Nyu-York shahri tikuvchilik korxonalarida ishlovchi ayollar maosh kamligi, shart-sharoitning noqulayligi sabab namoyish o‘tkazishadi. O‘z haq-huquqlarini talab qilishadi, biroq ularning sa’y-harakatlari ham natijasiz tugaydi. 1908-yilga kelibgina siyosatchilar ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligini, ayollarga ham saylovlarda ovoz berish huquqini berishni talab etib, miting tashkil qiladilar. Oradan bir yil o‘tib, ya’ni 1909-yilda Amerika sotsial partiyasi fevral oyining so‘nggi yakshanbasini “Ayollar milliy kuni” deb e’lon qiladi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida ilk bor 1911-yili Shvetsiya, Avstriya, Daniya va Germaniyada bayram qilinadi, biroq Germaniyada 8-mart dam olish kuni hisoblanmaydi. Sharqiy Germaniyada bu bayramni nishonlash rusum bo‘lgani holda, G‘arbiy Germaniyadagilar bu bayram haqida hatto eshitishmagan edi. Ikkala Germaniya birlashgach, bayram keng tarqaladi. Ammo Olmon xonimlari negadir 8-martda emas, balki may oyida nishonlanadigan “Onalar kuni”da sovg‘a-salom olar ekanlar. 1975-yilda esa BMT 8-martni “Xalqaro xotin-qizlar kuni” deb e’lon qildi. 1910-yilda Sotsialist ayollarning Kopengagenda bo‘lib o‘tgan ikkinchi xalqaro konferensiyasida Klara Tsetkin ismli Germaniyalik inqilobchi ayol “Ayollarning huquqlari uchun kurashish kuni”ni ta’sis etish taklifini o‘rtaga tashlagan. Har yili ma’lum bir kun shunday ishlarga bag‘ishlanishi taklif etilgan. Ma’lumki, o‘sha vaqtda ayollarning huquqlari cheklab qo‘yilgan edi. Ular fabrikalarda erkaklar bilan 16 soatlab ishlashsada, erkaklarga beriladigan maoshning teng yarmini olishgan. Saylov huquqi esa ularda umuman bo‘lmagan. Klara Tsetkinning bu taklifi butun dunyo ayollariga teng huquqlilik uchun kurashga chaqiriq bo‘lib yangragan. Sotsial-demokratik partiya Markaziy qo‘mitasining a’zosi Yelena Grinbergning taklifiga ko‘ra 19-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan. Birinchi bor xalqaro xotin-qizlar kuni 1911-yil 19-martda Germaniya, Avstriya, Daniya va Shvetsariyada siyosiy bayram sifatida nishonlangan. 1912-yilda esa bu bayram xuddi shu mamlakatlarda, ammo 12-may kuni nishonlangan. 1913-yilda esa tashkiliy qiyinchiliklar tufayli hammasi aralash-quralash bo‘lib ketgan. Xotin-qizlar kuni Germaniyada 12-mart kuni, Avstriya, Chexiya, Vengriya, Shveytsariya va Gollandiyada 9-mart kuni, Fransiya va Rossiyada 2-mart kuni nishonlangan. 1914-yilda esa 6 davlatda Avstriya, Daniya, Germaniya, Rossiya, Niderlandiya, Shvetsariyada bir vaqtda Xalqaro xotin-qizlar kuni 8-martda bayram qilingan, chunki 8-mart yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin har yili bu bayram 8-mart kuni nishonlanadigan bo‘lgan.
Ko‘rib o‘tganimizdek, avval boshida bu bayram erkaklar bilan teng huquqli bo‘lish, saylov huquqini qo‘lga kiritish yo‘lida kurashgan ayollarning birdamlik kuni bo‘lgan. Xitoyda erkaklar ayol qalbiga yo‘lni oshqozoni orqali topamiz deb o‘ylaganlari bois, muhabbatlarini isbotlash maqsadida 8-mart kuni oshxonadan chiqishmas ekan. Eng mazali taom va eng shirin pishiriq-bayramning yaxshi sovg‘asi hisoblanarkan. Qonuniy dam olish kunida Xitoylik ayollar dam olish joylariga borib, bayramni o‘zlari istagancha nishonlashadi. Xitoyda shu kuni “Pekin go‘zali” tanlovi ham o‘tkaziladi. Italiyada ham bu bayram o‘zgacha kayfiyat bilan nishonlanadi. Bu kunda ayollar e’zozlanadi, sovg‘a-salomlar olishadi. Ammo 8-mart rasman dam olish kuni deb e’lon qilinmagan. Shu bois Italiyalik xonimlar kunning ma’lum bir vaqtini belgilab, o‘z bayramlarini kafe yoki restoranlarda nishonlashar ekan. Litva davlatida esa ushbu bayramni mamlakatning barcha qismida birdek nishonlashmaydi. Gap shundaki, bayram Litvaning rusiyzabonlar istiqomat qiladigan shaharlaridagina nishonlanadi. Litvada Xalqaro xotin-qizlar kuni rasmiy bayram sifatida e’lon qilinmagan.
Rossiyada bu bayram mamlakat miqyosida keng nishonlanadi. Bu kuni rus erkaklari gul do‘konlari, supermarketlarda turnaqator bo‘lib navbatda turishadi. Ular gul va pardoz ashyolarini ayollar uchun eng yaxshi sovg‘a deb hisoblaydilar. Vetnamda ham ayollar nihoyatda ulug‘lanadi. Bu yurtda ushbu an’ana 2 ming yildan buyon davom etmoqda. Lekin ayollar bayrami sal boshqacha tarzda, ya’ni “Opa-singil Chenglar xotirasi kuni” deb ataladi. Tarixda o‘z xalqini Xitoy qaramligidan ozod qilish uchun kurashgan opa-singil Chenglar Xitoy askarlari tomonidan o‘rab olinganda asir tushishni istamay, o‘zlarini daryoga otib qurbon bo‘lishgan edi. 8-mart kuni vatanparvar opa-singil Chenglar xotirasiga bayram uyushtiriladi. Daniyada ham ayollar bayrami keng miqyosda nishonlanadi, alohida anjumanlar, konsert dasturlari, turli tomoshalarda faqat ayollar uchun jon kuydiriladi. Do‘konlar ayollar kiyimlari, taqinchoqlariga to‘lib ketadi. Klara Tsetkin xotirasiga bag‘ishlab maxsus kechalar uyushtiriladi. Axir, bu bayramni joriy etish uchun jon kuydirgan insonni unutib bo‘ladimi?
Armanistonda Onalik va go‘zallik kuni 7-aprelda bayram qilinadi. 1977-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining 32-142 raqamli rezolyutsiyasida 8-martni ayollar huquqlari uchun kurashish kuni - Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlashni qaytadan taklif qildi. Hozirgi kunda 8-mart Angola, Burkino Faso, Gvineya Bissau, Kambodja, Xitoy, Kongo, Laos, Makedoniya, Mongoliya, Nepal, Shimoliy Koreya va Ugandada Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida bayram qilinadi.
O‘zbekistonda ham umumbashariy bayramlardan bo‘lgan 8-mart — Xotin-qizlar kuni keng nishonlanadi. Bizning mamlakatimizda ham 8-mart juda chiroyli tarzda o‘tkazilishiga guvohsiz. Oliyhimmat beklarimiz bu kun uchun alohida mehr bilan tayyorlanishadi. Oilaning jamiki mushfiqalari uchun sovg‘alar olishadi, konsertlarga, tomoshalarga olib borishadi. Kechqurun esa o‘z qo‘llari bilan palov damlab, tabriklashni o‘rinlatib qo‘yishadi. Bu kun bizning ayollarimiz uchun o‘zgacha shukuhli, tarovatlidir. Demak, bizning erkaklar boshqa mamlakatlar janoblaridan ancha ildamroq ekan. Chunki Xitoy erkaklari faqat oshpazlik bilan ayollarini xursand qilishsa, polyaklar sovg‘a ulashishdan nariga o‘tishmas ekan.
O‘zbeklar esa, ko‘rib turganingizdek, bayram bayramdek o‘tishi uchun imkonlari boricha harakat qilishadi. Aslida, bizning yurtimizda ayollar faqatgina 8-mart yoki boshqa bir belgilangan kunda emas, har kuni e’zozdalar.
Suyukli adibimiz O‘tkir Hoshimov aytganidek: “Oy quyoshdan nur oladi. Quyosh qancha yorqin porlasa, oy shuncha tiniqlashadi. Erkak qancha mehr bersa, ayolning husni shuncha ochiladi...” Shu o‘rinda barcha munis onaxonlarimiz, sadoqatli opajonlarimiz, parichehra singiljonlarni ayollar bayrami bilan tabriklaymiz. Tilagimiz, faqat yilda bir marta 8-martda emas, yil bo‘yi har kuni, har soatda ardog‘imizda, e’tiborimizda, borlig‘imizu borligimizda bo‘lsinlar. Biz-erkaklarning barcha mehrimiz, harakatlarimiz, hayotda eng kerakli insonlarimiz Siz aziz Ayollar ekanliklaring ayni haqiqat. Axir ayollar hayotimizning mazmuni, qorong‘u uyimizu ko‘nglimizning yoritgichlari-shamlari-ku, shunday emasmi?



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish