143
- salbiy oqibatlarni yumshatilish siklining davomiyligi (insonning
umri davomida ijtimoiy ta‘minot dasturlaridan
foydalanishi natijasida
farovonlikka erishishi);
- ajrimni kompensatsiyalash (oilalarda vujudga keladigan ajrimning
salbiy oqibatlarini qisqartirish maqsadida farzandlarning ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ota (yoki ona) tomonidan to‗lanadigan
kompensatsiya to‗lovlari, ya‘ni aliment to‗lovi);
- tashqi samara (ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari
samarasining
jamiyat tomonidan baholanishi).
Yuqorida keltirib o‗tilgan ma‘lumotlar ijtimoiy siyosat dasturlarini
qay darajada amalga oshirilishi zarurligini belgilab beradi (ya‘ni,
demografik vaziyat, iqtisodiy siyosat, din, oila, aholi ijtimoiy qatlamlari,
kambag‗allik va boshqalar). Ijtimoiy siyosatning samarasi esa uning qay
darajada to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilganligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilishi lozim
bo‗lgan chora-tadbirlar tizimining huquqiy asoslarini yaratish zarurati
tug‗iladi. Ijtimoiy siyosatga oid qonuniy
hujjatlar bevosita ijtimoiy
siyosatning manzilli yo‗naltirilishini ta‘minlashi lozim. Natijada manzilli
ijtimoiy siyosat dasturlarining amal qilishi va aholi farovonligini
ta‘minlashga erishiladi.
Mamlakatda amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatni baholashda jamiyat
a‘zolarining amalga oshirilgan chora-tadbirlar tizimidan qoniqish
darajasi inobatga olinadi. Ushbu holat o‗z navbatida ijtimoiy siyosatning
yanada takomillashishiga olib keladi.
Mamlakatimizda aholi turmush darajasi va farovonligini o‗rganish,
aholining ijtimoiy jihatdan tabaqalanishini
baholash maqsadida har yili
davlat statistika organlari tomonidan respublika miqyosida uy
xo‗jaliklarini tanlama kuzatish usulida kuzatuvlar amalga oshirib
boriladi. Bu turdagi kuzatuvlarni amalga
oshirish uslubiyoti jahon
standartlariga moslashtirilgan bo‗lib, Jahon banki, Birlashgan Millatlar
Tashkiloti va Yevropa iqtisodiy komissiyasining
tavsiyalariga tayangan
holda respublika hududlari bo‗yicha 10 000 uy xo‗jaliklari tanlab olinib
ijtimoiy tadqiqotlar o‗tkaziladi. Ushbu tadqiqotlar natijalari o‗z
navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan aholini ijtimoiy
himoya qilish dasturlarining samaradorligini baholash imkonini beradi.
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilgan aholini ijtimoiy
himoya qilishning aktiv dasturlari samarasi o‗laroq 2000–2018-yillarda
aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan umumiy daromadlar muntazam oshib
borib, 2000-yildagi 96,4 ming so‗mlik ko‗rsatkich 2018-yilga kelib 8
144
686,6 ming so‗mga yetdi. Tahlillar shuni ko‗rsatadiki, so‗nggi 5 yil
mobaynida mamlakatimizda aholi jon boshiga to‗g‗ri
keluvchi umumiy
daromadlar nominal hisobda o‗rtacha 23,1 foizlik yillik o‗sish sur‘atiga
ega bo‗lib kelmoqda (5.7.1-rasm).
96,4
371,8
1668,1
3361,5
3832,8
4218,7
4761,5
5750,2
8686,6
2000 y.
2005 y.
2010 y.
2013 y.
2014 y.
2015 y.
2016 y.
2017 y.
2018 y.
Do'stlaringiz bilan baham: