136
ushbu usuli ijtimoiy yordamning aniqligi va samaradorligini oshirishga
zamin yaratadi va mamlakat aholisi iste‘molining o‗rtacha miqdori ortib
boradi. Jumladan, aholini ijtimoiy jihatdan
muhtoj qatlamlarining
istemoli ham ortadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilishning jahon amaliyoti tahlili
ko‗rsatishicha, har bir mamlakatda jamiyatning ijtimoiy jihatdan
tabaqalanishi, uning turli ijtimoiy guruh va sinflarga ajratilishi
kuzatilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning
ijtimoiy tarkibi
mamlakatdagi ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimlari
o‗rtasidagi mutanosiblikdan kelib chiqqan holda aksariyat davlatlarda
turli ko‗rinishda bo‗ladi.
BMT tomonidan berilgan ma‘lumotlarga qaraganda,
har yili
dunyoda 25 000 ming kishi ochlikdan vafot etib, ularning aksariyati yosh
bolalar hisoblanadi. Yer yuzida qariyb 1 mlrd. aholi kuniga 1 AQSh doll.
hisobiga yashaydi, 2,5 mlrd kishining kunlik daromadi 2 AQSh doll.ga
teng. Tashkilot ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar
natijalariga ko‗ra, 2016–2017-yillarda eng qashshoq mamlakat sifatida
Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) e‘tirof etilgan. Mamlakatda aholi
jon boshiga to‗g‗ri keladigan YaIM ko‗rsatkichi 542 doll.ni tashkil etib,
jahonda SPID bilan kasallanganlar soni bo‗yicha
yetakchi mamlakat
hisoblanadi.
BMTning qashshoq mamlakatlarni aniqlash uslubiyotida aholining
jon boshiga to‗g‗ri keladigan YaIM ko‗rsatkichidan foydalanilib, unga
ko‗ra, mamlakat YaIMning aholi jon boshiga 750 AQSh doll. va undan
kam miqdorda to‗g‗ri kelgan mamlakatlar qashshoq mamlakatlar
hisoblanadi. BMT Taraqqiyot dasturi asosida ushbu mamlakatlarga
moddiy va texnik yordam ko‗rsatilib, xalqaro
savdoda ishtirok etishlari
uchun tegishli imtiyozlar joriy etilgan.
Jahon
banki
ekspertlari
tomonidan
turli
mamlakatlarda
kambag‗allik darajasini aniqlash, ularni o‗zaro qiyosiy taqqoslash va
kambag‗allik darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar
samaradorligini baholashga qaratilgan tadqiqotlar amalga oshiriladi.
Jahon bankining kambag‗allikni baholash metodologiyasiga ko‗ra, 2017
yildan boshlab insonning kunlik daromadi 1,9
AQSh dollardan kam
bo‗lsa, u kambag‗al hisoblanadi. Tashkilot ekspertlari tomonidan
berilayotgan ma‘lumotlarga qaraganda, 2018 yil bo‗yicha dunyo
aholisining taxminan 10 foizga yaqini kambag‗allik
darajasida hayot
kechirmoqda
137
Aholining ijtimoiy jihatdan tabaqalanishini tahlil etishdan avval,
jamiyatning ijtimoiy qiyofasi tushunchasiga aniqlik kiritib o‗tish
maqsadga muvofiq. Jamiyatning ijtimoiy qiyofasi o‗z navbatida
aholining ijtimoiy tabaqalanishi iyerarxiyasining umumiy ko‗rinishi
sifatida namoyon bo‗ladi. Xalqaro ekspertlar tomonidan amalga
oshirilgan tadqiqotlar natijalariga ko‗ra, jamiyatning
ijtimoiy qiyofasi
ijtimoiy umumiylik turlari, uning o‗ziga xos xususiyatlari va belgilarida
namoyon bo‗ladi (5.6.2-jadval).
5.6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: