Referativ ma’ruzalar ijtimoiy fanlar bo‘yicha



Download 16.53 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi16.53 Kb.
TuriReferat
O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti

Talabalar Ilmiy Jamiyati

AXBOROT XABAR

Hurmatli hamkasblar!
Biz Sizlarni 2017 yil 20 aprelda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida “Talabalar Ilmiy Jamiyatining 45 ilmiy-amaliy” anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.

2017 yilning 20 fevralgdacha ilmiy va ilmiy-pedagoglarni tayyorlash bo‘limi tomonidan talabalarning (4 ta yo‘nalishda) gi tezislari qabul qilinadi.

  1. Referativ ma’ruzalar – ijtimoiy fanlar bo‘yicha

(Tarix, falsafa, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi);

  1. Umum ta’lim bo‘yicha - (Kimyo, Tillar, Fizika).

  2. Tajribalar bo‘yicha - fundamental–tibbiy-biologik kafedralaridan

  3. Klinik fanlar bo‘yicha (kasallik va uni davolash) 4 - 7 kurs talabalaridan.

Ilmiy anjumanda OTMning barcha fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari katnashishi mumkun.

Ilmiy anjumanda quyidagi yo‘nalishlar (seksiyalar) muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

- Pediatriya;

- Jaroxlik;

- Tibbiy va biologik.


Ilmiy anjumanda ishtirok qilish shakllari:

  • Ma’ruza bilan qatnashish

  • Tezislarni chop ettirish.

  • Tezissiz ma’ruza bilan qatnashish.

  • Stendli ma’ruzalar bilan qatnashish.

Tezislarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar.

1.Tezislar matni o‘zbek, ingliz, lotin alifbosida va rus tillarida 2017 yilning 20 fevralgacha ilmiy va ilmiy-pedagoglarni tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi:

2. Tezislarning xajmi to‘liq 1 betdan oshmasligi, Word – 2007 - 2010 formatida, A-4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda qator oraligi 1,0 interval, yuqori va pastki chegaralari 20 mm, chap va o‘ng chegaralari mos ravishda 30 va 15 mm bo‘lishi lozim. OTM xati va ekspert xulosasi bilan yuboriladi.

3. Material quyidagi tartibda joylanishi kerak:

Ma’ruzaning nomi (katta bosma xariflarda)

Talabaning F.I.Sh., gurux, fakultet

Ilmiy rahbarning F.I.Sh.

OTMning nomi va kafedra nomi

Ma’ruzaning nomi, talabaning F.I.Sh., gurux, fakultet, ilmiy rahbarning F.I.Sh., kafedra nomi – bo‘lar hammasi Times New Roman - 14 shriftda (yug‘on) bo‘lishi kerak.

Mavzu teksti Times New Roman - 14 shriftda interval 1,0 sm, dolzarbligi, maqsad va vazifalar, qo‘llanilgan usullar, olingan natijalar, muxokamasi, xulosa (yug‘on) shriftda aks ettirilgan xolda topshiriladi.

Birinchi nusxa toza, ikkinchi nusxada kafedra mudiri, ilmiy rahbar va talabaning imzosi bo‘lishi kerak.



Diqqat!

Tashkiliy qo‘mita - talabalar tomonidan va joriy yilning 20 fevraldan so‘ng olib kelingan tezislarnini ko‘rib chiqmaydi.



Bu belgilangan talablarga rioya qilinmagan va belgilangan muddatdan kech topshirilgan tezislar chop qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Bitta talaba 2 ta fandan ortiq katnashishi mumkin emas.

Bitta talaba faqat 1 ta kafedradan - ma’ruza bilan TIJda ishtiroq etishi mumkin.
Registratsiya kartasi
1. OTM nomi

2. Familiya, Ismi, Sharifi

3. Kafedrasi

3. Ilmiy darajasi

4. Lavozimi

5. Telefon, faks.

Elektron versiyasiz yuborilgan tezislar qabul qilinmaydi. Tashkiliy qo‘mita seksiya dasturini mualliflar istak - xoxishidan kelib chiqqan holda mustaqil shakllantiradi.

Bizning ilmiy anjumanimizga e’tiboringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.



Sizning tezislaringiz va albatta mehmon tariqasida ma’ruzachilaringizni kutib qolamiz.

Tashkiliy qo‘mita quyidagi manzilgoxda joylashgan:

100140, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 223.

Ilmiy va ilmiy-pedagoglarni tayyorlash bo‘limi

Telefonlar: 8-371 – 262 -33-73

Tezislarni registratsiya qilish uchun shu vebsayt orqali amalga oshiriladi

http://my.tashpmi.uz/ru/seminars/9

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa