6.1. Aholi farovonligining o„sishi, omillari va ko„rsatkichlari.
Davlatning
uzoq
muddatli
rivojlanish
strategiyasida
aholi
farovonligini izchil oshirish muhim va ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Aholi farovonligini oshirish, jumladan aholi bandligi va real
daromadlarini izchil oshirish orqali, aholining real pul daromadlari va
xarid qobiliyatini oshirish, kam ta‘minlangan oilalar soni va aholining
daromadlari bo‗yicha tabaqalanish darajasini kamaytirish; aholini
ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimini takomillashtirish
orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasini, keksalar va
imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashni
kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish sifatini yaxshilash; arzon uy-
joylar barpo etish bo‗yicha davlatning maqsadli dasturlarni amalga
oshirish, aholining turmush darajasini yaxshilanishini ta‘minlovchi yo‗l-
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish, modernizatsiyalash; ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish
O‗zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‗nalishlari bo‗yicha harakatlar strategiyasida
95
rejalashtirilganligi aholi
farovonligini oshirish masalasining dolzarbligini tasdiqlaydi.
Ilmiy adabiyotda farovonlik tushunchasining turlicha talqinlari
mavjud bo‗lib, aksariyat qarashlarda umumiy holda individ yoki
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettirishi ta‘kidlangan. Ushbu
atama tahlilini lug‗aviy ma‘nodan boshlash tug‗ri bo‗ladi. Farovonlik
(prosperity, well being) – aholining ijtimoiy holatini rivojlanishi va
yaxshilanish holatini anglatadi. Aksariat holatlarda farovonlik boylik
bilan bog‗lanadi. Amalda farovonlik boylikka aloqador bo‗lmagan
95
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 07.02.2017 йилдаги "Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида"ги ПФ-4947-сонли фармони.
159
baxtlilik, sog‗lik kabi elmentlarni o‗z ichiga oladi.
96
Boshqa bir manbada
―farovonlik‖ga ijtimoiy jihatdan emas, iqtisodiy jihatdan rivojlanish va
muvaffaqiyat holati sifatida ta‘rif beriladi.
97
Britaniyaning eng yirik onlayn lug‗atiga ko‗ra farovonlik (welfare)
boshqa so‗z bilan ta‘riflanib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish,
muvaffaqiyatga erishishi holatini, bir so‗z bilan aytganda, aholining
fiziologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanish va muvaffaqiyatining
umumiy holatini anglatadi.
98
Ushbu ta‘riflar farovonlik atamasining
umumiy jihatlarini yoritadi.
Turli iqtisodchi olimlarning farovonlikka bergan ta‘riflari uning
ayrim jihatlarini ochib beradi, jumladan A.Smit farovonlikni shaxs va
jamiyat manfaatlarining o‗zaro uyg‗un bog‗liqligi sifatida ta‘riflaydi,
ya‘ni individlar o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun olib boradigan faoliyati
natijasida boshqa individ yoki individlar guruhi ehtiyojlari qondiriladi,
shu bois farovonlikka erishish ushbu manfaatlar uyg‗unligi orqali
aniqlanadi.
99
Iqtisodchi olim A.Pigu farovonlikni faqatgina daromadlar bilan
bog‗lagan. Uning fikricha farovonlik pul shakliga ega bo‗lishi kerak,
ya‘ni milliy daromadni taqsimlashda daromadning ma‘lum qismini
boylardan kambag‗allarga o‗tkazish umumiy farovonlikni oshiradi, biroq
ushbu jarayon marjinal naflilikning kamayib borish qonuniga
bo‗ysingani uchun ma‘lum darajagacha farovonlikni oshirish imkonini
berishini ta‘kidlagan.
100
V.Pareto farovonlikni individning naflilik funksiyasi bilan
bog‗lagan, uning fikricha farovonlik har bir individ ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiluvchi omillardan tashkil topgan funksiyaning
ma‘lum davrdagi holatini ifodalaydi. Individning farovonlik darajasini
oshirish naflilik funksiyasi omillarini yaxshilash orqali amalga oshiriladi.
Resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi mavjud bozor
sharoitida individual farovonlikni oshirishning chegarasi mavjud. Pareto
fikricha bir individ farovonligini oshirish boshqa individ farovonligini
kamaytirmasligi lozim. Ushbu daraja fan tilida individual Pareto
opitimumi deb ataladi. Jamiyat barcha a‘zolari farovonligini boshqa aholi
qatlami farovonligini kamaytirmaydigan darajaga yetishi umumiy Pareto
96
Random House, Inc. 09 & Webster's Revised Unabridged Dictionary. February 2009
. Retrieved 1 July 2009
.
97
https://www.merriam-webster.com/dictionary/prosperity
98
https://www.collinsdictionary.com/dictionary/english/welfare
99
A.Smith. An enquiry into the nature and causes of the wealth of the nations. /W.Strahan and T. Cadell, London
1776.
100
A.C. Pigou. The Economics of Welfare, 1920.
160
optimumi deyiladi, ushbu optimumga erishishda aholi o‗rtasida resurslar
taqsimoti optimal bo‗lishi lozim.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |