Jarohatdan keyingi stress buzilishi bilan ishlayotganda quyidagi 2 jihatga:
qo'rquvni pasaytirish va atrofdagi bo'layotgan narsa va hodisalar uning nazoratida
ekanini singdirishga alohida e'tibor qaratishi kerak. Shuningdek, JKSBini boshidan
o'tkazgan mijoz psixoterapevt bilan og'ir
munosabatga
kirishadi, chunki
jarohatdan so'ng shaxslararo m unosabatda ularda ? ishonchsizlik, nafrat, tobelik
namoyon bo'ladi. Jarohat bilan ishlaganda m ijoz hissiyotlami o'ta jadal tarzda
kechiradi, shuning uchun ham bu psixoterapevtdan yuksak mahorat talab qiladi.
Gorovisaning ishlarida m ijozning jarohatga reaksiya fazalari ajratib ko'rsatilgan.
Ular:
1. jarohat natijasida uzoq stressli holat;
2. yengib bo'lm aydigan kechinmalarning namoyon bo'lishi: hissiyot va
obrazlaming quyilib kelishi;
3. nazorat qilib bo'lm aydigan yolg'izlik, "qochish"
holatlarida qotib qolish;
4. xotiralar va kechinmalam i idrok qilish va ushlab qolish qobiliyati;
5. mustaqil tarzda o'z fikrlari hamda hissiyotlarini tahlil qilish qobiliyati.
Har bir fazaga niyabatan psixoterapevtning bildiradigan reaksiyasi yoki
boshqacha qilib aytganda, amalga oshirishi lozim bo'lgan maqsadlari mavjud:
1. M avjud holatdan chiqarish yoki mijozni stressogen muhitdan chiqarish.
Vaqtinchalik aloqalarni tuzish. Mijozga qaror qabul qilishga, kelajakni
rejalashtirishga yordam berish;
2. Kechirish imkoniga ega xotira va kechinmalami qoldirish,
qolganlarining
qo'zg'alishini pasaytirish;
3. Mijozning jarohatni
qaytadan
boshdan
kechirishida
va
ularning
oqibatlarida yordam berish, o'z xotiralari ustidan nazorat qilishni o'rgatish.
Esga tushirish davom ida hissiyotlami to'g'ri ifodalashni boshqarish. Mijoz
bilan o'sib kelayotgan m unosabatlam i saqlab qolish va shuning davomida
jarohatni qayta tahlilini amalga oshirish;
4. Men obrazi va boshqa insonlar obrazi bilan bog'liq bilish hamda
emotsional assosiasiyalam i qayta ishlab chiqishga yordam berish. Jarohat
hamda
xatam i yengish, shaxslararo munosabatlar pattemlari yaratish, Men
obraziva
kelajakdagi
maqsadlar
o'rtasida
aloqa
hosil
qilishga
ko'maklashish;
5. Terapevtik m unosabatlar ishlab chiqish. Psixoterapiyani yakunlash.
Mijozning kechirilgan jarohatni so'zlab berishi psixoterapevtning empatik
tinglashiga to'g'ri proporsionaldir. Istalgan qarshi chiqish va mijoz kechinmalarini
tinglamaslik uning terapiyasini to'xtatadi. Empatik terapevt mijozning daxshatli
hodisalar haqidagi fikrlarini rag'batlantiradi va o'zining shokli reaksiyasini
namoyon qilmaydi. Terapevt tasodifan yuzaga kelgan mavzulami chetlab o'tmay,
jarohat qo'rquvidan olib qochaadigan , ya'ni "neytral" mavzularga o'tmaydi. Aks
44
holda klient o'zini
tushunilm agandek his qiladi, - terapevt men boshimdan
kechirgan hodisalardan
qo'rqadi,- degan fikrga boradi. Jarohatni kechirish
faqatgina daxshatni ko'rish emas, balki qolgan umrini yordamga muhtojlikda
o'tkazish hamdir.
JKSB bilan hasta mijozlarga terapevtik yordam ko'rsatayotganda ishni 3
bosqichda amalga oshirish lozim. Birinchi bosqichda asosiy maqsad - xavfsiz
muhit yarata olish. Ikkinchi bosqichning asosiy vazifasi - xotiralar va kechinmalar
bilan ishlash.
Va nihoyat , oxirgi bosqichning vazifasi - odatiy hayot tarziga
integrasiya.
Bunday mijozlar bilan ishlagan terapevtlarning xatolari quyidagilardir:
—jarohat mavzusini chetlab o'tish;
xavfsiz muhit yaratm asdan, bevosita jarohat mavzusiga o'tib ketish.
45