3.
Jarohatdan keyingi stress buzilishining diagnostik m ezonlari
M K B -10 ga muvofiq inson hayotida "odatdagi" hodisalar chegarasidan
tashqariga chiquvchi voqea ? hodisalar JKSB olib kelishi mumkin. "Odatdagi"
insoniy tajriba iborasi ostida yaqin insonni yo'qotish, og'ir davomiy xastalik,
oilaviy nizo yoki ishdan mahrum bo'lish kabi hodisalar nazarda tutiladi. Insonning
kundalik zo'riqishlari chegarasidan chiqaruvchi stressorlarga esa ? tabiiy ofat,
texnogen falokat, qonunga qarshi harakat (diversiya, terroristik akt, qiynov,
ommaviy zo'ravonlik va h.k.).
JKSB insonlaming jarohatga nisbatan bildirgan javob reaksiyasi hisoblanib, u
qo'rquv, dahshat, yordam ga muhtojlikda namoyon bo'ladi. Bu, birinchi navbatda,
yaqin kishisini yo'qotganda va boshqaning yaralanishini ko'rganda yaqqolroq
kuzatiladi. Taxmin qilinishicha, JKSBining belgilari darhol ? jarohatdan keyin,
yoki bir necha yillar o'tib paydo bo'lishi mumkin. Ayrim adabiyotlarda, Ikkinchi
Jahon Umshini boshdan kechirgan qahramonlaming xastalik alomatlari 40 yildan
so'ng nam oyon bo'lgani ifodalab berilgan (Romek va b., 2004).
JKSBlarining namoyon bo'lishi va kechishi turlicha bo'lgani sababli ulam i
bir necha kichik guruhchalarga ajratish taklif qilingan:
1. Kuchli, 3 oygacha bo'lgan muddatda namoyon bo'luvchi;
2. Davomiy, uch oy va undan ko'proq muddat davomida namoyon bo'luvchi;
3. M uddatdan keyingi, jarohatdan so'ng 6 oy va undan ham ko'proq m uddatda
namoyon bo'luvchi stress buzilishlari.
41
M K B—lOda JKSB mezonlari quyidagicha aniqlanadi:
S
Jarohatlangan inson istalgan individuumda umumiy distressga olib
keluvchi vaziyatga yuzlashtirishi kerak;
S
Jarohatdan keyin saqlanib qolgan kuchli rem inissensiyalami tahlil qilish
yoki g'amni qayta his qilish;
•S
Bem or o'zining boshdan kechirgan stressidan qochayotganini, uni
eslashni istamayotganini anglashi lozim;
•S
Q uyidagi ikkidan biri: Psixogen amneziya, qisman yoki to'liq, kuchli
stressor ta'sirining muhim qismlarini.
X alqaro tasnif bo'yicha jarohat natijasida yuzaga kelgan stress buzilishlarining
asoratlarini 3 guruhga ajratadilar: qayta his siyotlami kechirish asorati, "qochish"
asorati va jism oniy giperfaollik asorati.
Dastlab stressning kuchli shakli hisoblanmish JKSB diagnoz sifatida ajralib
chiqm agan. Am erikada fuqarolik urushini boshidan kechirgan harbiylar kasalligi
hozirgi JKSB asoratlariga o'xshasada, uni shok sifatida qabul qilishgan. Odatda,
JK SB iga uchragan soldatlar kuchli jarohatli vaziyatda vaqtinchalik o'zini boshqara
olm ay qolganlar: ular ma'lum muddatga o'z ichiga g'arq bo'lganlar yoki kuchli
qo'zg'alish nam oyon qilganlar, atrofda bo'lib o'tayotgan voq ea ? hodisalami qiyin
anglaganlar, yo'nalishni yo'qotganlar, patologik qo'rquv hissini kechirganlar,
giperfaollik hamda xavotirlanishni ko'rsatganlar. Ulaming hatti?haraktalari odatda
o'zlarini va butun bo'limini xavf ostiga qo'ygan. Bunday xulq ? atvor yaqinda
harbiy stress reaksiyasi nomini oldi. Yetarli malakaga ega komandirlar bunday
reaksiyani qisqa muddatda aniqlab, ulami vaqtinchalik harbiy ishlardan chetlatadi.
A yrim psixologlam ing ta'kidlashicha, boshqa jarohatlarga nisbatan insonlarda
shunga o'xshash JKSB yuzaga keladi.
V oloshin o'zining adabiyotida JKSBining bir necha tiplarini ajratib ko'rsatadi:
JK SB ining xavotirlanuvchi tipi
yuqori darajali som atik ham da psixik
m otivlanm agan xavotim i boshdan kechiradi. Uning kechinmalari affektiv fonda
gipotim bo'yoqdorlikka ega. Kun davomida bir necha marta xurujlar (o'ta
qo'zg'aluvchanlik, qo'rquv, uyqusizlik) kuzatiladi. Bunday tiplar mustaqil tarzda
yordam so'rab psixoterapevtga murojaat qiladi. Qandaydir faol , maqsadga
yo'naltirilgan harakatlar orqali yengil tortadilar.
JK SB ining astenik tipi
bo'shashganlik, kuchsizlik sifatlari bilan farq qiladi.
K ayfiyati odatda past darajada, oldin qiziqqan faoliyatiga qiziqishning susayishi,
oiladagi va ishdagi muammolarga befarqlik kuzatiladi. Ko'pincha o'zining
nom ustaqilligi haqidagi fikrlari uni egallab oladi. Jarohatlantiruvchi vaziyat
epizodlari haftada bir necha marta bezovta qiladi. O'z hissiyotlari bilan
o'rtoqlashishni xohlamasalarda, odatda, mustaqil tarzda, psixoterapevtga murojaat
etadilar.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |