Ijtimoiy psixologiya


Shaxsning o‘zini anglashida ijtimoiy muhitning ta’siri



Download 4,53 Mb.
bet9/99
Sana12.02.2022
Hajmi4,53 Mb.
#445337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Shaxsning o‘zini anglashida ijtimoiy muhitning ta’siri
Qurilishi jihatidan psixologlar shartli ravishda to‘rt o‘zaro bog‘liq tomonlarni ko‘rsatib o‘tadilar:

  1. 0‘z-o‘zini bilishi. 2. 0‘z-o‘ziga munosabat. 3. 0‘z-o‘zini his qilish. 4. 0‘z-o‘ziga ta’sir.

Bularning har biri o‘ziga turli imkoniyatlarni qamrab oladi. Biroq o‘z-o‘zini bilish — o‘z-o‘zini his qilish va boshqalarning manbaidir.
0‘z-o‘zini bilish yaxlit holda o‘z ustida ishlash mazmunini, o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini belgilaydi. Ayni paytda, u shaxs­ning batafsil dasturini tuzish, o‘quvchilarda tarbiyalanayotgan tegishli maqsadlar, ideallarga erishish uchun zarurdir. Demak, o‘z-o‘zini bilish asosidagi o‘zlikni anglash, umuman olganda, o‘z-o‘zini boshqarishga, tarbiyalashga olib borishi mumkin ekan. Lekin bunda o‘z-o‘ziga munosabatning rolini ham nazardan qochirmaslik kerak. Shuning uchun o‘zlikni anglashning turli qirralari o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalashga nima bera olishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
0‘zlikni anglashning qiymatli tomoni bo‘lgan o‘z-o‘ziga munosabat insonni o‘zga shaxs sifatida munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi. U birinchi navbatda, shaxsning yo‘nalganligi (inaqsadlari, ideallari, ehtiyojlari, qiziqishlari)ni, qadriyatlar ma’naviy qiymatlarga yo‘nalishi, o‘ziga talabchanligi, o‘zini ifo- da qila olishini o‘z ichiga oladi. 0‘z-o‘ziga munosabat hamisha o‘z-o‘zini his qilish bilan bog‘liq. 0‘z-o‘zini his qilish esa o‘z navbatida o‘z-o‘zini ifoda qilish, o‘zini tasdiqlash bilan bog‘liq. 0‘zidan qoniqish yoki qoniqmaslik bilan ifodalanadigan shaxs­ning ruhiy holati o‘zining xulqi bilan ichki muhitni yaratadi, ichki muhit esa o‘z navbatida inson «Men»ining barcha ko‘rinishlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, o‘z-o‘zini takomillashtirish qaysi rejada amalga oshirilishi ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini bilish va 0‘z- o‘ziga munosabatda bo‘lishga bog‘liqdir. Agar shaxs o‘zini to‘g‘ri ifodalashga, o‘z xatti-harakatlariga tanqidiy va xolisona yonda- shishga qobil boisa, unda baribir, o'z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj tug‘iladi.
0‘z-o‘zini his qilish va o‘z-oLziga ta’sir o‘tkazish o‘zlikni ang­lashning hissiy-emotsional tomoni sifatida namoyon bo‘ladi. 0‘zlikni anglashning hissiy-emotsional tomoni qiziqishlar, istak- lar, kayfiyat ularni boshqara bilish kabi komponentlar, tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi o‘z hissiyotlari va fikrlari, xatti-harakatlarini boshqarishga, asoslashga, o‘z-o‘zini tarbiyalashda u yoki bu darajada namoyon bo‘ladi. 0‘zlikni anglash va o‘z-o‘zini boshqarishning o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligini quyidagi chizma tarzida tasavvur qilish mumkin:
0‘z-o‘zini anglash — bu umuman olganda, shaxs «Men» obrazining hosil bolishi demakdir (I.S.Kon 1978). Ko‘pchilik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «Men» obrazi insonda tez hosil bo‘lmaydi, balki butun umri davomida ijtimoiy ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. Ijtimoiy psixologiya nuqtayi nazaridan olib qaral- ganda, bu jarayon insonning turli ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishi qaysi yo‘l orqali amalga oshirilishi biz uchun qiziq.
Ko‘pgina ilmiy manbalarda o‘z-o‘zini anglashga quyidagi- cha ta’rif beriladi: «Insonning o‘z bilimlari, ma’naviy qiyofasi va qiziqishlari, ideallari va axloq motivlarini anglash, baholash, 0‘z- o‘ziga arbob sifatida his qiluvchi va fikrlovchi mavjudod sifatida yaxlit baho berishi, o‘zini obyektiv dunyodan ajratishi, o‘zining borliq olamga munosabatini anglash va unga baho berishi, o‘zini shaxs sifatida anglashi, o‘z xatti-harakatlari, fikrlari va hislari, istaklari va qiziqishlarini anglashidir».
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi yosh va jinsiy o‘ziga xoslikka ega. Masalan, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davr- da paydo bo‘ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o‘smir yigitlarda ham nafaqat o‘ziga munosabatni, balki o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» obrazining yax­shi va ijobiy bo‘lishi ko‘proq bu obrazning ayollik sifatlarini o‘zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o‘zida ayni paytda mavjud ekanligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barka- mollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifat- larning bor-yo‘qligiga bog‘liq holda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo‘lgan ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuch- li salbiy emotsiyalarga sabab bo‘lsa-da, baribir chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. Lekin shuni alohida ay- tish joizki, «Men» obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati — aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirishdir. Refleksiya «Men» obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir.
«Men» obraziga doir bir qancha nuqtayi nazarlar mavjud bo‘lib, bulardan eng ko‘p tarqalgani quyidagi uch komponent bo‘lib, bu- lar:

  1. Bilish komponenti (o‘zini bilish).

  2. Emotsional komponent (o‘z-o‘zini baholash).

  3. Axloqiy komponent (o‘ziga munosabat).

Insonning o‘z-o‘zini anglashi borasida ko‘pgina olimlar ilmiy- psixologik tadqiqot olib borganlar. Masalan, D. Mill «Men» kon- sepsiyasini xotira bilan bog‘lagan bo‘lsa, V. Vundt «Men»ni insonni shaxsiy hissiyotlari bilan bog‘lagan. I.S.Kon o‘zining «Men»ning yaratilishi» nomli asarida bu fikrlarni tahlil qilib, «inson avvalo kishining diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratadigan sifatlarini anglaydi» deydi. D. Midning fikricha, o‘z-o‘zini anglash bu — birgalikdagi faoliyati tufayli birlashgan odamlarning ko‘zi bilan o‘ziga bo- qishdir. A.N.Leontev o‘z-o‘zini anglashda ijtimoiy faoliyatning roli haqida fikrlab, shunday deydi: «Individual «Men» o‘zining tarkibiga ko‘ra, ijtimoiy malakalar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy tarkibdir».
Insonning o‘z-o‘zini anglashi borasida yana bir qator mulo- hazalar bo‘lib, uni o‘rganishda asosiy fakt shundaki, u oddiy tav- siflar kabi yuzaga kelmaydi, lekin u shaxs tarbiyasining va tar- biyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq bilsa, tasavvur qila olsa, uning jamiyat me’yorlariga qarshi harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi, shunda u tar- biyalangan boiib hisoblanadi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish