«Men» konsepsiyasi — ijtimoiy fikrlarimizni tashkil etuvchi va xulq-atvorimizni boshqaruvchi tizim.
«Men» — obrazi shaxsning o‘z-o‘ziga nisbatan baholar tizimi asosida shakllanuvchi tasavvurlar yig'indisi.
«Individual «Men» — tarkibiga ko‘ra, ijtimoiy malakalar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy tarkib.
Ijtimoiy «Men» — irqiy, diniy, jinsiy, kasbiy va h.k. mansub- lilikni, shuningdek, ma’lum davraga mansub «biz» bor va unga kirmaydigan «ular» bor degan tushunchani ham bildiradi.
Sublimatsiya — hayotning yuksak sohasida jinsiy mayl energi- yasi mehnat faoliyatiga, aqliy va ijodiy faoliyatga qaratilishi va sarf etilishi.
Refleksiya — o'zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qilish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |