Jins farqi (simpatiya). Ko‘pgina davlatlarda erkaklar ayollar- dan ko‘ra kuchli jins sifatida tan olinadi. Bunday jamiyatlarda erkaklar ko‘pincha jismoniy jihatdan ayollarga o‘z yordamlarini taklif etadilar. Masalan, yaqin o‘tmishda bizning o‘zbek milla- timizga tegishli bolgan odatlardan biri — beva ayol bo‘shagan chelagini ko‘cha eshigi oldiga chiqarib qo‘ysa, ko‘chadan o‘tgan istalgan erkak unga suv olib kelib, eshigi tagiga qo‘yib ketganligi xalqimizda altruistik hislarning qadrlanganligidan daiolat beradi. Ba’zan ayollardan erkaklarga nisbatan altruizmni namoyon qilish talab etiladi. Masalan, kirini yuvib berish, ovqatini pishirib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |