Ijtimoiy psixologiya


Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning namoyon bo‘lishi



Download 4,53 Mb.
bet71/99
Sana12.02.2022
Hajmi4,53 Mb.
#445337
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning namoyon bo‘lishi
Diskriminatsiya va stigma har bir jamiyatda, har bir guruhda mavjud bo‘lib, shaxsning me’yorl hayot kechirishi, uni ushbu ja­miyatda o‘z o‘rnini topishi, mavqega ega bo‘lishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayrim hollarda esa inson huquqlari buzilishi- ga va eng yomoni uning himoyalanmay qolishiga olib keladi. Aksariyat hollarda bunday cheklovlarga ijtimoiy zaif guruh va- killari (ayollar, homiladorlar) yoki xavfli guruhga mansub shaxs- lar (giyohvandlar, OIV bilan kasallanganlar, sil kasalligi borlar), shuningdek, yoshlarga nisbatan munosabatlardagi tafovutlarda kuzatilishi mumkin.
Shaxslaro munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turi stigmalash holatidir. Bu atama qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, stigma — «belgi», «dog‘» ma’nolarini ifodalaydi.
«Men» — konsepsiyaning inson xulq-atvoriga ta’siri borasi- da tadqiqot olib borgan Djenifer Kroker va Brenda Mayorlar o‘tkazgan ko‘p yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, badanida turli chandiqlar, teri patologiyalari, ko‘zga tashlanadigan badbashara- liklar va shu kabi stigmalarga ega bo‘lgan kishilarning jamiyat- dagi xulqi o‘ziga xos bolar ekan. Ulardagi jismoniy kamchiliklar boshqa insonlarning rahmini keltirishi yoki ularda qo‘rquv hissini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lib, bunday odamlar o‘z kamchi- liklarini ataylab hammaga ko‘z-ko‘z qilishlari mumkin ekan. Bu bilan ular o‘z kamchiliklari orqali o‘z «Men»ini namoyon etish- ga urinadilar, chunki stigmali insonlarning «Men» konsepsiyasi markazida aynan o‘z stigmasini anglash turadi.
Yana bir narsaga e’tiboringizni qaratamiz, stigmalangan o‘z- o‘zini anglash faqatgina qandaydir tashqi kamchilikka ega inson- larda emas, balki umuman nimasi bilandir boshqalardan ajralib turuvchi insonlarda ham shakllanishi mumkin. Albert Megrab- yanning fikricha, aholisining ko'pchiligini oq tanlilar tashkil qiladigan AQSHda qora tanlilarda stigmalangan o‘zini anglash shakllanib qolar ekan. Chunki ko‘pchilikni tashkil qiluvchi oq tanlilar ularga o‘z salbiy fikrlarini noverbal kommunikatsiya ka- nallari orqali yetkazib turadilar. Shu yo‘l bilan milliy yoki irqiy jihatdan kamchilikni tashkil qiluvchi insonlarda yoshligidanoq stigmalangan o‘z-o‘zini anglash shakllanadi.
Bundan tashqari shaxs xususiyatlarida kamchiligi bo‘lgan insonlarda ham stigmali o‘zini anglash shakllanishi mumkin, o‘zida biror-bir ustunlikni ko‘rmagandan keyin ular o‘z ruhiy kamchiliklarini ro‘kach qilib, shu bilan faxrlanib yurishi mumkin (Payns E., Maslach K., 2000). Albatta inson xulq-atvorini faqat- gina «Men» konsepsiyaning tarkibi emas, balki, o‘z-o‘zini ang­lashning u yoki bu funksiyasi rivojlanganligi ham determinatsi- yalaydi. Biroq bizga omma psixologiyasi bo‘limidan shu narsa ma’lumki, inson xatti-harakatining juda kam qismi ongli bo‘lib, katta qismi anglanmagan mayllar bilan shartlashadi. Shu sababli ongsizlikka singib ketgan stigmalar xohlaymizmi-yo‘qmi, bizni boshqarishi mumkin. Albatta bu qarash hozirda ko‘p munozara- larga sabab boiayotgan bo‘lsa-da, ma’lum bir toifadagi insonlar uchun o‘rinlidir.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish