Attityud tushunchasining mohiyati va
attityudning vazifalari
Keyinchalik G ‘arb va AQSH olimlari tom onidan ijtimoiy
ustanovka tushunchasi «Attitude» — «attityud» so‘zi bilan ifoda-
lanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kate-
goriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G .O llport «ehtimol attityud
tushunchasi, hozirgi zamon am erika ijtimoiy psixologiyasi uchun
eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta ’kidlagan edi.
«Attitude» atamasi o'zbek tiliga tarjim a qilinganda «yaroqli-
lik» yoki «moslik» degan m a’noni bildiradi. «Attitude» so‘ziga
yana bir ta ’rif quyidagicha: «individ tom onidan ijtimoiy obyekt-
ning qim m atini, m azm un-m ohiyatini, m a’nosini psixologik his
qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tom onidan qu
yidagicha tushunilgan;
— ongning m a’lum bir holati;
— reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat;
— inson tom onidan maxsus tashkil etilgan holat;
— avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat;
— xulq-atvorga dinam ik ta ’sir kobrsatuvchi holat;
U.Tomas, F.Znanetskiy, G .O llport, M .Sm it, D .K ats va
boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori
m exanizm larini o‘rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Dem ak,
ijtimoiy psixologiyada birinchi b o iib «attityud» tushunchasi «in-
dividning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik
tayyorgarligi sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nis
batan namoyon bo‘luvchi individning ongli holati» sifatida tal-
qin qilingan va bu talqin qator eksperim ental tadqiqotlar asosida
m ustahkam langan.
G .O llp o rt attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik ja ra
yoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakun-
langan m anba ekanligini e ’tiro f etadi va bunday ta ’rif, ijtimoiy
psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda
m uhim dir. Xuddi shunday m ulohazani E. Bogardusning «Atti
tyud — bu atrof-m uhitdagi ayrim om illarga mos yoki qaram a-
qarshi harakat qilish a n ’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash
m um kin.
A ttityudning aniq psixologik tuzilm asini asoslashga oid yan-
gicha qarash l.Aytsen va M. Fishbaynlar tom onidan taklif qilin
gan «komponentlilik» nazariyasi bilan bog‘liqdir. U lar m urak
kab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti
doirasida kognitiv, affektiv va konativ kom ponentlari bilan chega-
ralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi
ustanovka m uam m osining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, ba-
jarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi
bilan ham ifodalash m um kin.
1942-yilda M .Sm it attityudning uch komponentli struktura-
sini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism boiib, bular
kognitiv, affektiv va konativ qismlaridir.
attit yud
kognitiv
affektiv
konativ
Kognitiv qism
— shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilim lar
yig‘indisi bo‘lib, shu obyektning shaxs tom onidan anglanishidir.
Unga shaxsdagi bilim lardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsip-
lar va hokazolar kiradi.
A ttityudning
Do'stlaringiz bilan baham: |