Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy  ustanovkalarni  o‘rganishdagi  uch  bosqich



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy  ustanovkalarni  o‘rganishdagi  uch  bosqich
Ijtimoiy  psixologiyada  ijtimoiy  ustanovkalarning  o‘rganilishi 
uch  bosqichli  jarayonni  boshidan  kechirgan.  Birinchi  bosqich  — 
XX  asrning  boshlariga  tegishli  bo lib ,  bu  davrda  fanga  ijtimoiy 
ustanovka  tushunchasi  kiritildi  ham da olim lar ijtimoiy ustanovka­
larning  m azm unini  tushunish  uchun  nazariy  va  eksperimental 
tadqiqotlarni  boshlab  yuborishdi.
Bir-biriga  ma'nodosh  b o ig an   ustanovka  va  attityud,  bir 
vaqtning  o‘zida  ham  bir  xil,  ham   boshqa-boshqa  xil  m a’no  va 
tushunchalarni  anglatishi  olim larni  bir  qancha  chalkashliklar- 
ga  olib  kelgan  edi.  Lekin  am erikalik  sotsiologlar  U .Tom as  va
F.  Znanetskiylarning  «Polshalik  dehqon  Yevropa  va  Am erikada» 
deb  nom langan  taniqli  asari  nashr  (1918— 1920-yillar)  qilingan- 
dan  boshlab,  attityud  kategoriyasiga  ijtimoiy  psixologiyaning 
asosiy  komponenti  va  shaxsning  tavsifi  sifatida  qaray  boshlandi. 
Shuning  uchun  «Ijtimoiy  ustanovka»  tushunchasining  fanga  ki- 
ritilishi  am erikalik  sotsiologlar  U. Tomas  va  F. Znanetskiylar­
ning  yuqorida  qayd  etilgan  asari  bilan  b o g iiq ,  deb  hisoblaniladi. 
Asarda  Amerikaga  muhojir  b o lib   borgan  polshalik  dehqonlar- 
ning  psixologiyasi  va  xulq-atvoridagi  o ‘zgarishlar jam iyatda  yuz 
berayotgan  voqea-hodisalarga  nisbatan  ularning  munosabatiga 
b o g iiq   ekanligiga  oid  m ulohazalar  berilgan  edi.  Aynan  m ana 
shunday  m unosabatlar ijtimoiy ustanovkalar deb  nom landi.  1935- 
yilga  kelib  faqat  am erika  adabiyotlarining  o‘zidagina  ijtimoiy 
ustanovkalarning  20  ga  yaqin  ta ’riflari  vujudga  kelgan  edi.
Ijtimoiy  ustanovkalarni  o‘rganishga  yo‘naltirilgan  tadqiqot- 
lar,  ilmiy  izlanishlar  Birinchi  Jahon  urushi  yillarida  ham   jadal- 
lik  bilan  rivojlandi.  Chunki,  «psixologik  urush»,  ya’ni  dushman 
tomonidagilarga  psixologik  ta’sir  ko‘rsatish  uchun  olib  boriladi- 
gan  targibot  va  tashviqot  ishlari  aynan  ijtimoiy  ustanovka  va  uni 
o ‘zgartirish  bilan  bogiiq  edi.  Bunda  dushmanga  nisbatan  qarama-


qarshi  tom ondan ko‘rsatilayotgan psixologik  ta’sirlar dushm anning 
ijtimoiy  ustanovkalarini  boshqacha  yo‘nalishda  shakllantirish,  ta- 
komillashtirish  va  o‘zgartirishga  qaratilgan  edi.
D em ak,  urush  jarayonida  insonning  ijtimoiy  ustanovka- 
laridan  raqiblarni  yengish  m aqsadida  psixologik  qurol  sifatida 
foydalanilgan.  Hozirgi  kunda  ham   terroristik  g uruh  a ’zolari 
o ‘zlarining  qabih  rejalarini  am alga  oshirish  yo‘lida  yoshlarning 
ongini  zaharlashda  u larn in g   ijtimoiy  ustanovkalaridan  foyda- 
lanayotganligini  hisobga  olsak,  yoshlarni  vatanparvarlik  ruhida 
tarbiyalashda  ham   bu  m uam m oning  chuqur  o ‘rganilishi  lozim - 
ligi  ayon  bo‘ladi.
Ijtimoiy  ustanovkaning  o‘rganilishida  ikkinchi  bosqich  1939— 
1950-yillarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ikkinchi Jahon  urushi boshlarida va  u 
tugagandan  so‘ng  ham  ijtimoiy  ustanovkalarni  o‘rganish  borasidagi 
tadqiqotlar deyarli  o‘tkazilmagan.  Faqat  1950-yillarning  oxirlaridan 
boshlab  bu  ishlar  yana  rivojlanib  ketgan.
Ijtimoiy  ustanovkaning  o‘rganilishida  uchinchi  bosqich  1960- 
yildan  hozirgacha  davom  etib  kelmoqda.  Hozirgi  kunga  kelib, 
ijtimoiy  psixologiyaning  ko‘pgina  amaliy  (masaian,  reklam a  bi­
lan  bog‘liq)  sohalari  insonning  ijtimoiy  ustanovkalarini  o ‘rganish 
bilan  qiziqmoqdalar.  Ijtimoiy  ustanovkalar  to‘g‘risidagi  ilm iy  bi- 
lim larning  bunday  q o ilan ish i  tadqiqotning  uchinchi  bosqichini 
tashkil  etmoqda.
D.N. Uznadze  ham   ustanovka  va  ijtimoiy  ustanovka  (attit- 
yud)ni  bir-biridan  ajratish  lozim ligini  ta’kidlaydi.  Ustanovka 
umumpsixologik jihatdan  qaralib,  ongning  m a’lum  bir  reaksiyaga 
bo‘lgan  tayyorgarligi,  ongsiz  fenomen  deb  ta ’kidlanadi.  Ijtimoiy 
ustanovka  (attityud)  esa  quyidagini  bildiradi:  shaxs  tom onidan 
ijtimoiy  obyektlarning  m azm un-m ohiyatini  psixologik  boshdan 
kechirish.
Ijtimoiy  ustanovka  shaxs  xulq-atvorining  ichki  anglanilm agan 
yoki  qisman  anglangan  motivlariga  kiradi.  Ustanovka  (psixologi- 
yada)  shaxsning muayyan faolligi  (idrok,  tafakkur,  maqsadga  m u- 
vofiq harakatlar va  h.k.)ga ko‘ra  avvalgi  tajribasi  bilan belgilangan


tayyorgarligi;  shaxsni  muayyan  tarzda  harakatga  undovchi  tay- 
yorgarlik  shaklidir.
Ijtimoiy ustanovka  (attityud)  atrof-olam ni  umum lashgan  holda 
baholash  qobiliyatidir.  Tajribalarda  aniqlanishicha,  ustanovkada 
ko‘pincha  reallikka  mos  kelmaydigan  tasavvurlarning  saqlanib 
qolishi  kuzatiladi.
«Ijtimoiy 
ustanovka» 
atamasi 
psixologiyada 
bir 
necha 
m a’nolarga  ega.  Dastlab  ijtimoiy  ustanovka  deganda  insonning 
biron-bir  masalani  hal  qilishga  bo‘lgan  tayyorgarligi  tushunilgan.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish