Ijtimoiy pedagogikaning qiyosiy tahlili


Jahon miqiyosida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi



Download 148 Kb.
bet6/10
Sana19.04.2022
Hajmi148 Kb.
#562856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKANING QIYOSIY TAHLILI

4. Jahon miqiyosida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi.
Jahon miqiyosida ijtimoiy pedagogika fanining taraqiyot bosqichlari.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanining ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. Xozirda pedagogika sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya, sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi.
Birinchisi boshlang‘ich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya amaliyotini tushunib yetish. Pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakko‘rning shakllanishi bilan bog‘liq. Bu davrda tarbiya ijtimoiy vokelik sifatida tiklana boradi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan anglangan faoliyatga aylandi, tarbiya’ning turli nazariyalari vujudga keldi. Antik davrlardayok ijtimoiy – pedagogik g‘oya’ning tamal toshi qo‘yilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi. Tarbiya’ni yoshlikdan boshlash, bunda bolaning tabiatni, atrof – muhit ta’sirini hisobga olish, kattalar, eng avvalo, ota – onalar nufuziga suya’nish lozim.
Ikkinchi bosqich, XVII – XIX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogikaning g‘oyalari va ilmiy konsepsiyalarini rivojlantirish, fan sifatida tiklanish davri bo‘lgan edi.
G‘arbda uygonish davrida esa bola tarbiyasida insoniylik g‘oyalarini ilgari surish rivojlana bordi. Bu davrda italyan pedagogi, insonparvari Vitarrino De-Feltre (1378 –1446) “Quvonch uyi” deb nomlangan birinchi maktab-internati tashqil etgan olimning fikrlarini kiritish mumkin.
XVII–XIX –asrlar. Ijtimoiy pedagogika fanini fan sifatida vujudga kelishi va fan rivojidagi ilgor g‘oyalar bilan xarakterlanadi. 18 va 19 – asrlar jahon madaniyati tarixidan burjua demokratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan. Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixologlar) ijtimoiy pedagogik muammolar yechimini izladilar. Ular jamiyat va davlat bilan hamkorlikda bu muammolar yechilishini izladilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashqil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi. Bu davrlar ijtimiy-pedagogik g‘oyalarda barcha insonlar teng huquqli, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi hakidagi fikrlar ko‘tarilgan. Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy-ijtimoiy pedagogika bilan uzviy aloqada rivojlanadi. O‘sh davr yetuk pedagoglari bolalarni turli muammoga bag‘ishlab, yetim qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog‘chalar, maktab va boshqa muassasalar tashqil etdilar. Butun 19 asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzok davom etadi. Shu bilan birga uning rivojlanishiga falsafa va pedagogikadan tashkari psixologiya, sotsiologiya, antropotologiya (insonni kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan), tibbiyot va boshqa fanlar katta tasir ko‘rsatdi. Lekin ijtimoiy pedagogikadan ajralib chiqishi jarayoni bilan birga boshqa jarayon ham uning integratsiya jarayoni (lotincha inteyeger-yaxlit) ya’ni boshqa fanlar bilan birlashishi davom etadi. 19 asr oxirida ijtimoiy pedagogika-pedagogik faniniing mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chikdi. Bu hodisa A.Distervarg, Ravul Notoro va boshqalarning nomlari bilna bog‘liq..
Uchinchi bosqich, XX asrning boshidagi ijtinoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni tekis yoki oson davr deb aytib bo‘lmaydi. hozirgi kungacha turli davr olimlari ijtimoiy pedagogika boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday o‘rin tutishi hakida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va boshqalar. Ko‘pchilik davlatlarda “pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” umuman ishlatilmaydi. Masalan: AQShdagi o‘quv yurtlarida pedagogika o‘rniga talabalar “ta’lim falsafasi”ni o‘rganadilar, odamlarga amaliy yo‘naltirish sohasi ijtimoiy ishga taalluqli, birok, ijtimoiy xizmatlar orasida aynan turli muammolari mavjud boshqalarga yordam ko‘rsatishga xizmat qiladigan mutaxasislar bo‘lsa ham. Belgiyada “ortopedagogika” terminidan foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va ijtimoiy pedagogika tushunchalariga yaqin. Rossiyada ijtimoiy [pedagogika rivojlanishi fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham va o‘quv fani sifatida o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fanga ajralib chiqishida shart-shoroitlarni 19 asrning K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy kabi mashxur pedagoglar va boshqalar asarlarida topish mumkin. 19 asrning 20-30 yillarida A.S.Makarenko, S.T.Shatskiy kabi pedagoglar faoliyatlarida yetuk bo‘lib qolgan bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishga qaratilgan edi. Lekin 30-yillardan keyin Sotsializm g‘alaba kozongani e’lon qilingandan keyin hamma ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib koldi. Ularni o‘tmish qoldiqlari deb atab ular haqida gapirmaslikka harakat qilindi. XX asrning 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy psixologiya’ning rivojlanishining yangi davri boshlandi. Ular bu yillarda “Yukoridan” imperativ (lotincha imperativus) farmon, ya’ni etirozlarni qabul qilmaydigan, tankidga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Bu ijtimoiy psixologiya’ning ilmiy va amaliy sohalari bilan bir vaqtda bir-biridan ajralgan xolda rivojlanishiga olib keldi. Amaliyot fanga tayana olmadi, chunki fan ham amalda yo’k edi, fan haqida xech narsani bilib bo‘lmas edi, chunki amaliy faoliyat endigina shakllanar edi. Bu ijtimoiy pedagogikaning okuv fani sifatida tashqil topishida ham tasirini ko‘rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaktda sodir bo‘ldi. Faning va amaliyotning tashqil topganligi “ijtimoiy pedagogika” fanida bugungi kunda hamko‘plab hal qilinmagan, tortishuvlar masalalari bor. Bu obektiv xolatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar shug‘ullana boshladilar. Rossiya ta’lim akademiyasi ijtimoiy pedagogika markazi, ijtimoiy ta’lim Akademiyasi Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Yekaterinburg va boshqa shaharlar pedagogik Universitetlarida “ijtimoiy pedagogika” fakultetlari tashqil etildi. V.G.Bocharova, M.A.Galagizova, A.V.Mudrik kabi va boshqa olimlar ijtimoiy pedagogika bo‘yicha nazariy tadqiqotlar olib boradilar. Ijtimoiy pedagogika bilan bir vaqtda XX asr 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy ishlar instituti kritildi. Ijtimoiy ishlarning vazifasi aholining ijtimoiy himoyalangan qismiga yordam ko‘rsatish bo‘lda. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir biriga juda yaqin. Birinchi navbatda ularning madaniy tarixiy an’analari, alohida g‘amxurlik va e’tiborini talab qiluvchi odamlarga munosabatlari ularni birlashtiradi. “Mehribonlik”, “Xayriya”, “Yordam ko‘rsatish” va boshqa tushunchalar ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda keng foydalanish bejiz emas. Ammo ular yakkol ifoda etuvchi o‘ziga xosligi va farqlarga ega. Ularning umumiyliklari va o‘ziga xosliklari nimalardan iborat. Birinchi navbatda bu ularning obyektiv yoki adresatiga taalluqlidur. Ijtimoiy ishchi ko‘z oldida inson bo‘ladi, lekin har qanday emas faqatgina insonga muvaffaqqiyatli bo‘lishi, farovonligi jamiyatning haqiqiy a’zosi, tekis hayot kechirishida muammolari bo‘lgan inson bo‘ldi. Insoning hayoti davomida yuzaga keladigan muammolar har bir odamda uchraydi. Ular psixologik, tibbiy, xuquqiy, moddiy va boshqa xususiyatli bo‘lishi mumkin. Ular insonga bog‘liq bo‘lmagan tashki omillar ekologik, ijtimoiy texnogen, millatlararo va boshqa katalizatorlar) yoki ichki shaxslararo (jismoniy yoki psixik rivojlanishida sog‘ligi yaxshi emasligi) bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin. Shunday qilib ijtimoiy ishlar obyekti ijtimoiy hayot davomida yordamga maqsad bo‘lgan inson hisoblanadi deb aytishimiz mumkin, ya’ni inson yoshidan kat’iy nazar ijtimoiy obektivdir. Ijtimoiy pedagogika esa uning ijtimoiylashishi – individning ijtimoiy subyektga aylanishi jarayonida yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan bola bilan shug‘ullanadi, ya’ni bola shakllanayotgan, rivojlanayotgan shaxs. Bu obektivlarni taqqoslash ana shu ikki fanni nimalar yaqinlashtirishini (ijtimoiy hayot davomida yordam ko‘rsatish) va obyektni farq qilishini (katta odam va bola) yaqqol ko‘rsatadi. Shunday qilib, turli mamlakatlarda tarixiy va madaniy an’analari jamiyatning rivojlanish darajasiga, pedagogika va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga qarab terminalogiyalarida birlashtiruvchi narsalar ham bor. Umumiyligi shundan iboratki, har qanday jamiyat ham “doimiy muammolarni” bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi va ta’limi, ayniqsa ruxiy kamchiliklari va defekti bo‘lgan bolalarning muammolarini har doim hal etib kelgan, hal etmoqda va hal etadi. Ijtimoiy pedagogika va 1-navbatda nemis fani pedagogikasi rivojlanishi tarixiga katta hissa qo‘shgan.

Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish