Yetim bоlаlаr bilаn оlib bоrilаdigаn fаоliyat. Bola asrab olgan oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Ijtimoiy yetimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo hisoblanadi.
Etimlikning barcha sabablarini sanab o’tish mushkul, chunki bu turli fan sohalari (tibbiyot, psixologiya, ijtimoiyogiya, pedagogika va boshqalar) olimlari shug’ullanayotgan ko’p aspketli muammodir. Biroq asosiy 3 ta sababni ajratib ko’rsatsak bo’ladi:
Ota-onalarning (odatda onalarning) o’z vyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan go’daklik davridagi boladan
Uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo’ygandan so’ng bolani oiladan majburan ajratib olish
Ota-onalarning vafoti.
“Etim” va “ ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi. ijtimoiy yetim-biologik ota-onaga ega bo’lgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalar. Bu holatda unga g’amxo’rlik qilishni davlat va jamiyat o’z bo’yniga oladi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining ijtimoiy funksiyalari.
Bolalardagi spirtli ichimlikka munosabat darajasi va har bir darajada ijtimoiy pedagogning yordam berish shakllari.
Ijtimooiy pedagog tomonidan qo’llaniladigan asosiy metodlar
1)Giyovandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq tushuniladi. Eyforiya-haqiqiyahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki bo’lishi holatidir. Giyovand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga balki jamiyatga ham zarar keltiradi.
Ijtimoiytibbiy sohada giyovand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud: 1) giyovand giyovand moddalarni iste’mol qilishni o’z ixtiyori bilan chek qo’yishi mumkin bo’lgan holat, 2) u bu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyovandlikning ijtimoiy pedagogik yo’nalishda o’rganish uni giyovandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo’ladi. Bu tobelik bolani jismoniy yoki ruhiy ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib keladi.
Giyovandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi. Taksikomaniyada giyovand modda o’rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo vositalar kiritiladi.
Taksikomanlar odatda 13-14 yoshli o’smirlar bo’lib, ular o’z organizlarining zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksikomaniyaning xavfi shundaki bolalar organizm zaharlanishi natijasida yo nobud bo’lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi. Taksikoman tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli moddalarning ta’siri juda yomon oqibatlar-nogironlik, aqlinorasolikka olib keladi.
Giyovandlik hozirgi kunda quyidagi sabablarga ko’ra jiddiy muammo hisoblanadi:
-o’smir yoshidagi giyovandlarning ommaviy ko’payishi.
-qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol qilishning keng tarqalishi.
-giyovand bolalar va o’smirlar ijtimoiy maqomining o’zgarishi.
Agar 5 yil avval bular asosan noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bo’lsa, hozirgi kunda giyovand bolalar va o’smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to’lib bormoqda. Bu oilalardagi o’smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo’lmagan axloqiy normalar alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U submadaniyatlarda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o’tkazish bajaradi. Giyovand moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi. Mashhur dikotekalar, rok-yulduzlar konsertlari giyovand moddalar iste’mol qilinadigan xavfli joylarga aylangan.