20-variant
Tа`lim muаssаsаsi ijtimоiy pedаgоgining ish teхnоlоgiyalаri
Bоlаlаr muаssаsаsidа ijtimоiy pedаgоgning kаsbiy mаqоmi vа vаzifаlаri
Imkоniyatlаri cheklаngаn bоlаni tаrbiyalаyotgаn оilа bilаn ishlаshgа yo‘nаltirilgаn ijtimоiy pedаgоgik teхnоlоgiyalаr
Оilаdа оlib bоrilаdigаn ijtimоiy-pedаgоgik fаоliyat
Yetim bоlаlаr bilаn оlib bоrilаdigаn fаоliyat
4)Oilada olib boriladigon ijtimoiy pedagogik ish faoliyat----Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishda ijtimoiy pedagoglarning roli beqiyos. Ijtimoiy pedagog tomonidan oilaga ko‘rsatiladigan pedagogik yordamning maqsadi shubhasiz inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Mazkur maqsadga tayangan holda ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda turli sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi/
Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam uch asosiy xususiyatga ega bo‘ladi. Ya’ni:
1) ta’limiy – ta’lim berish va tarbiyalash;
2) psixologik – ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish va qayta tiklash;
3) vositachilik – tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi muammolarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og‘ishlarni yoki fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish hamda zarur axborotlar bilan ta’minlash.
3) Oʻzbekiston milliy reabilitatsiya markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish muassasasi; nogironlarni tibbiy, ijtimoiy, psixologik, huquqiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya masalalarini oʻrganadigan yirik ilmiy, tashkiliy metodik va konsultativ markaz. 1972-yil Toshkentda nogironlarni mehnat qobiliyatini aniqlash va tiklash ilmiy tadqiqot lab. sifatida tashkil etilib, 1980-yil u nogironlarni mehnat qobiliyatini aniqpash va tiklash ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. 1997-yildan hozirgi nomda. Asosiy yoʻnalishlari: nogironlik muammolarini tibbiy-mehnat ekspertizasi orqali fuqarolar mehnat qobiliyatini turgʻun yoʻqotish darajasini aniqlash, ularda saqlanib qolgan funksional holatlarni turli reabilitatsiya choratadbirlari yordamida tiklash, oʻziga mos mehnat turi bilan shugʻullanishiga yoʻllanma berish, ularni oila va mehnatga qaytarish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishga yordam berish, shuningdek, malakali reabilitolog mutaxassislarni tayyorlash, joylardagi tibbiymehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) hamda 10 ta mintaqaviy hududiy reabilitatsiya markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy tekshirish asosida ishlab chiqilgan uslubiy meʼyoriy hujjatlarni amaliyotga joriy qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |