1)Оilаgа ijtimоiy-pedаgоgik yordаm turkumi
Оила – ижтимоийлашишнинг етакчи институти, бу орқали бола асосий ижтимоий билимни эгаллайди, аҳлоқий моҳирлик ва кўникмани олади, маълум баҳо ва энг юксак мақсад қилишни ўзлаштиради, ҳаётида нима керак бўлса шу жамиятдан олади.
Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muhtojlarga ijtimoiy pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo’ladi.
Qisqa shakllar ichidan olimlar o’zaro munosabatlarning intervent va muammoli modellarini ajratishadi.
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o’zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog’liq bo’lishi mumkin.
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o’zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog’liq bo’lishi mumkin.
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo’lganidan qat’iy nazar ijtimoiy pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko’rsatish orqali stress holatining ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir.
Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo’lishi mumkin.
3)O‘zbekistоn vа chet ellаrdа vаsiylik vа hоmiylik
Vasiylik – bu «balog’atga yetmagan shaxslar shaxsi va mol-mulki huquqlarini himoya qilish shaklidir (ota-onasiz olgan bolalar, ruhiy kasallar)».Vasiylik deyilganda bunday kuzatishlar vazifasi yuklatilgan shaxslar yokitashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik qilish topshirilgan shaxs vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik.
Bolani oilaga (vasiylik/homiylik, tutingan) tarbiyaga olish
Bola vasiylik va homiylik organi himoyasiga birinchi bor tushgan vaqtida, ehtimol, orttirilgan stress (ruhiy zo’riqish) holatida yashayotgan bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham unga yordam ko’rsatish bo’yicha barcha harakatlar boshidanoq yaxshi rejalashtirilgan va uyg’unlashtirilgan bo’lishi muhim. Har bir bola individual tarixga, hayot mazmuni va ijtimoiy sharoitga ega, hech bir bolaning ijtimoiy vaziyati boshqa bolaning vaziyatini takrorlamaydi. SHuning uchun ham har bir bolaga va uning hal etilishi lozim bo’lgan muammolariga alohida yondoshuv zarur. Balki bola:
– yolg’iz qolishni;
– siz bilan yakka suhbatlashishni;
– yana kim bilandir suhbatlashishni;
– tutingan ota-onaning qondosh farzandlari bilan suhbatlashishni istashi mumkindir.
- Ko’pgina hollarda bola o’zini qo’pol va jahldorlik bilan tutishi yoki aksincha barcha talab va savollaringizga indamasdan, javob qaytarmasdan turishi va xatto ovqat ham yemasligi mumkin.
- Bolaning dastlabki kunlardagi xulqi qanday bo’lmasin, uni o’z holiga qo’ying, shu bilan birga, yonida bo’ling. Ziyrak, diqqat-e’tiborli bo’ling va har qanday vaqtda yordamga tayyor turing. Bunda sizga o’z farzandlaringiz va boshqa tutingan tarbiyalanuvchilar yordam berishlari mumkin.
O‘zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq etish va tarqalishga ega emas. Agarda chet eltajribalariga murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko’rsatish mumkin:
Ota-onalarda ma'lum professional malakalari bo’lishi kerak;
Oila kerakli professional-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak.
Bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to’lanadi.
Bolaning oilada bo’lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga olinadi.
5) Ijtimоiy pedаgоgning kаsbiy fаоliyati vоsitаlаri
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimida amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o‘quv yurtlarida olib boriladi: o‘rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar). O‘rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflarla va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O‘rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarpi singab o‘tishda yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko‘maklashuvchi faoliyat turlarini tashqillashtirish. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilai hamkorlik qilish, o‘z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o‘qib borishdan iboratdir. O‘rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach, ular oliy ta’lim muassasida o‘z o‘qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmogi kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina kolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o‘quvchi inson mohiyatini anglaydi. O‘z hayoti dovomida inson to‘g‘risida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fukaro bo‘lib yetishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko‘nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U bo‘lajak fukarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’limda metodologik xayot tajribasiga ziddiyatli holatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |