Ijtimoiy pedagogika


O'smirlarning giyohvand moddaga moyilligi ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida



Download 86,81 Kb.
bet5/10
Sana31.12.2021
Hajmi86,81 Kb.
#257004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O7

O'smirlarning giyohvand moddaga moyilligi ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.

Giyohvandlik—turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga odam organizmining organib qolishi natijasida yuzaga keladigan ogir kasallikdir. Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu soz yunoncha «narke» — karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish ma‘nosini anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bolib, harakatsizlanib fikrlash, aqliy faoliyat qobiliyatlarini yo’qotadi. Odam organizmining biologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u ba‘zi moddalarni ketma-ket, bir necha marta qabul qilishi natijasida ularning ta‘siriga organib qoladi. Oqibatda, u mazkur moddani muntazam ravishda qabul qilib turishga intiladi, bu moddani qabul qilmagan paytda o’zini yomon his etadi, ya‘ni odam bu moddaga nisbatan mu‘te bolib qoladi. Odam organizmining organib, mu‘te bolib qolish xususiyati ayniqsa narkotik moddalarga nisbatan kuchli boladi. Buning oqibatida odamda giyohvandlik (narkomaniya) kasalligi vujudga keladi. Shuningdek, spirtli ichimliklarga organib qolish tufayli piyonistalik (alkogolizm), tamaki (sigaret)ga, nosga organib qolish natijasida kashandalik holatlari yuzaga keladi. XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI asrning vabosiga aylanib borayotgani birlashgan millatlar tashkilotining 1998-yilning iyun oyidagi sessiyasida e’tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo’yicha qaror qabul qilindi. Shu bois hozirgi kunda jahon mamlakatlari, jumladan O’zbekiston Respublikasi keng jamoatchiligi oldiga qoyilgan eng dolzarb muammolardan biri giyohvandlikning oldini olishdan iboratdir. Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari haqida gapiradigan bo'lsak, giyohvandlikni yuzaga kelishi bir nechta sabablarga bog’liq. Ulardan quyidagilarni misol sifatida ko’rsatish mumkin. Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi birinchi ko’p uchraydigan sabab o’smirlarga xosdir. O’smirlar ulfatbozlikka ishqiboz bo’ladilar. Ular 3-4 nafar bo’lib suhbatlashib, ko’chalarda sayr qilishga qiziqadilar. Shu ulfatbozlik jarayonida o’smirlar guruhi orasiga bironta tajribali giyohvand qo’shilib qolsa, u boshqalarga giyoh moddasini qabul qilishni bepul muruvvat qiladi. Giyoh moddasini 2-3-4 marta qabul qilgan o’smir, uning ta‘siriga organib qoladi. Natijada u giyohvandga aylanadi va giyoh moddasini qabul qilmasa chiday olmay qoladi. Ya‘ni xumor tutadi. Kuzatuvlarda isbotlanishiga ko’ra, bitta giyohvand bir yilda o’rtacha 5 nafar soglom o’smir yoshlarni giyohvandlikka o’rgatadi. Giyohvand odam xudbin boladi. U ozining kasalligini iloji boricha ko’proq odamlarga yuqtirishga harakat qiladi. Buning uchun tajribali giyohvand o’smir yoshdagilar bilan o’rtoq kirishga, ularning guruhiga qo’shilib olishga intiladi. Chunki, u qanchalik ko’proq yoshlarni giyohvandlikka o’rgatsa, giyoh moddani sotib olish va qabul qilish uchun unga shunchalik yaxshi imkoniyat tug’iladi. Giyohvandlikka yangi o’rgangan har bir o’smir tajribali giyohvand uchun pul manbayi hisoblanadi, ya‘ni u avvaliga ota-onasidan olgan puliga giyoh moddasini sotib olib, uni o’rgatgan «ustozi» bilan baham ko’radi. Keyinchalik ota-onasidan olgan puli yetishmaydi, chunki giyohvand organizmini giyoh moddasiga ehtiyoji haftadan-haftaga, oydan-oyga oshib boradi. Bu ehtiyojni qondirish uchun avvaliga o’smir oz uyidagi buyumlarni o’g’irlab sotishga, keyinchalik esa boshqalarning uyini o’g’irlashga, kissavurlikka va boshqa qonunbuzarlik yo’llari orqali pul topib, narkotik sotib olish va qabul qilishga majbur boladi. Shunday qilib giyohvand changaliga tasodifan kirib qolgan sog’lom o’smir ikki-uch oy davomida ashaddiy giyohvandga aylanadi. Rigalik tajribali o’qituvchi I. Litvinovning fikricha giyohvandlik o`smirlarning oilasida, maktabda tarbiyaviy ishlarning kamchiligi natijasidir. Toshkentlik jurnalist N. Petrovskayaning «Literaturnaya gazeta» ning 1986-yil 20-avgust sonidagi maqolasida shunday deyilgan. «Bola tarbiyasiga ijobiy yondoshgan juda ko’plab madaniyatli oilalarni bilaman. Afsuski, shunday oilalarning bolalari ham o’smirlik davriga yetganida giyohvandlik dardiga giriftor bo’lganlar. Demak, giyohvandlikka berilish sababi faqat bolaning oiladagi tarbiyasiga bog’liq emas.

Bola yosh davrida uning har bir xatti-harakatini nazorat qilish, unga to’liq hajmda tarbiyaviy ta‘sir otkazish ota-onaga bog’liq, ammo bola o’smirlik davriga yetganda u boshqa o’smirlar, hamda ozidan yoshi kattaroq, yigitlar davrasiga kiradi. Shunda u tasodifan giyohvand odam changaliga tushib qolishi mumkin, Giyohvandlikka asosan irodasi kuchsiz, boshqa giyohvandlarning gapiga kiruvchilar beriladi. Giyoh moddasini 2-3 marta qabul qilib, uning zararli ekanligini his eta turib, baribir zaharni qabul qilishni davom ettiruvchi odam irodasiz hisoblanadi. «Uchitelskaya gazeta»sining 1988-yildagi sonida Oleg obro’li oila farzandi maktabda a‘lo o’qigan, o’qish bilan birgalikda musiqaga qiziqqan, gitara chalgan, bolalar ansamblida qatnashgan. Maktabning 9-sinfini tugatgach, yozgi ta’til davrida ansambl tarkibida Qora dengizga boradi. U yerda notanish yigit quritilgan otga oxshash narsani tamaki sifatida chekadi va Olegga ham chekishni tavsiya qiladi. Shu sabab nasha chekishga o’rganib qoladi. O’zining irodasizligi tufayli bu og’udan voz kecha olmaydi. Maktabni zo’r-bazo’r tamomlab, giyohvandga aylanib qoladi. Maqola yozilgan paytda u 22 yoshda, odamiylik xususiyatini butunlay yo’qotgan ashaddiy giyohvand qiyofasiga kirib qolgan boladi. Giyohvandlikka eng beriluvchanlik 15-25 yoshdagi o’smirlar va yoshlarda uchraydi. O’smir avvaliga tamaki chekish, spirtli ichimlik iste‘mol qilish. turli xil kimyoviy moddalar hidini hidlash (toksikomoniya) kabi zararli odatlarga o’rganadi, so’ngra biror noqulay guruhga qo’shilib qoladida, giyohvandlikka o’rganadi. Aksariyat o’smirlar ota-ona, tarbiyachi, o’qituvchilarning doimiy nazoratidan qutulish, mustaqil ish tutish maqsadida ijtimoiy jihatdan noqulay odamlarga yaqinlashib «do’stlashib» giyohvandlikka o’rganib qolganlarini o’zlari ongli ravishda sezmay, his etmay qoladilar. Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi ikkinchi sabab odam o’zining kundalik hayotida (oilada), o’qish joyida, ish joyida sodir bo’lgan ruhiy va moddiy qiyinchiliklar tufayli buzilgan kayfiyatini giyoh modda yordamida ko’tarishga intilish va shu moddani bir necha kun qabul qilishi natijasida unga o’rganib qolishidir. Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi uchinchi sabab-juda kuchli og’riq beruvchi kasallikni, shikastlanishni davolash jarayonida og’riqni kamaytirish va bemorni tinchlantirib, uxlatish maqsadida og’riq qoldiruvchi narkotik moddalarni uzoq muddat (2-3 hafta) davomida qo’llash natijasida bemor shu narkotikka o’rganib qoladi va u giyohvandga (narkomanga) aylanadi. Shuning uchun keyingi yillarda narkotik moddalarni og’riq qoldiruvchi maqsadida qo’llash qattiq nazorat ostiga olingan. Narkotik qabul qilgan paytda odamda kayf qilish holati vujudga keladi. Bu holat ikki xil belgilar bilan namoyon boladi:

1. Kayfning qo’zg’aluvchanlik turi.

2. Kayfning bo’shashuvchanlik turi.



Kayfning qo’zg’aluvchanlik turida narkotik qabul qilingandan keyin odam ko’p harakat qiladi, ko’p gapiradi, gaplari qovushmaydi, savolga ma‘noli javob qaytara olmaydi. Tez jahli chiqadi, atrofdagilarga qo’pol muomalada boladi, asossiz janjal chiqaradi. yoki aksincha. kayfiyati yaxshi bo’lib, o’z-o’zidan kulaveradi, atrofdagilarga mehribonlik qiladi, qo’lidagi yaxshi narsalarni saxiylik bilan ulashadi. Kayfning bo’shashish turida narkotik qabul qilgandan keyin odam karaxt qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taqlid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham giyohvandlikka sabab boʻlishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Giyohvandlik eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq. Giyohvandlikning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan giyohvandlik sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol qila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat — xumorlik ( Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. Giyohvandlik opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. Giyohvandlikning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —polinarkomaniya deyiladi. Giyohvandlikning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi. Yer yuzining turli mintaqalarida Giyohvandlikning ayrim turlari kuzatiladi. Giyohvandlikning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarqalib bormoqda. Giyohvandlik avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan giyohvandlikka qarshi kurash qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida giyohvandlikka qarshi keskin kurash olib boradi. Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki kunlaridan boshlab, narkotik moddalarning gʻayriqonuniy aylanishi va uning isteʼmoliga qarshi kurash boshlandi. Mamlakatimizning tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan bir qator ichki va tashqi omillarga: kashandalik, odam savdosi, diniy ekstremizm, giyohvandlik va ichkilikbozliklar kiradi. Davlatimiz sogʻlom turmush tarzini hosil qilish uchun yoshlarni ehtiyot qilishga eʼtibor berib turli xil jaholatparastliklardan saqlash boʻyicha katta ishlarni amalga oshirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1987-yil 7-dekabrdagi qaroriga asosan BMT bosh Assambeliyasi tomonidan har yili “26-iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilingan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Biz narkotik moddalar tarqatilishining halokatli oqibatlarini sergaklik bilan baholagan holda, bu illatga qarshi kurashda saʼy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. Oʻzbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor”, - degan edilar. 1993-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish va jinoyatchilikni oldini olish Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi Toshkent shahrida ochilgan. U ayni kunlarda ham faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961-yildagi “Narkotik moddalar toʻgʻrisidagi” Konvensiyasiga, 1971-yildagi “Psixotrop vositalar toʻgʻrisidagi” va 1988-yildagi “Narkotik moddalar va psixotrop vositalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi” Konvensiyalariga aʼzo boʻlib kirgan. 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Milliy axborot – tahlil Markazi tashkil etildi va u hozir faoliyat koʻrsatib kelmoqda.1999-yilda esa “Narkotik vositalar va psixotrop moddalar” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha bir necha meʼyoriy hujjatlar qabul qilinganiga qaramasdanbu illat nima uchun borgan sari koʻpayib bormoqda? Giyohvandlik qachon, qayerdan, kelib chiqqan? Giyohvand modda-opiy mutaxassislarni aytishlaricha, Hindistondan Sharqiy, Janubiy Osiyoga kirib kelgan. Keyinchalik 50-60 yillarda Yevropada, Osiyo mamlakatlariga tarqalgan. 80-yillarga kelib yer sayyorasida giyohvandlik ancha kuchaygan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Kavkaz, Janubiy Ukraina, Belorusiya va Uzoq Sharqda yovvoyi koʻknor va kanop oʻsimliklari koʻp oʻsgan. Shu sababli bu joylarda gashish va sunʼiyopiy (geroin) pereparatlarini isteʼmol qilish rivojlangan. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish koʻpaygan. Afgʻoniston narkotik moddalarni yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinda turadi. Narkotik moddani birinchi marta totib koʻrgandayoq odam oʻz hayotiga nuqta qoʻyishi mumkin, - deyishadi mutaxassislar. Barcha narsani birinchisi qiyin. Birinchi marta yolgʻon gapirayotgan odam sal qiynaladi, birinchi marta spirtli ichimlik ichayotgan kishi ham ogʻrinadi, birinchi marta narkotik qabul qilgan yigit yoki qiz uchun ham ogʻir boʻladi. Ammo birinchisiga qoʻl urdimi tamom. Demak, uni narkomaniyadan qutqarib qolish qiyin kechadi. Giyohvandlik – inson salomatligi uchun oʻta xavfli hisoblanadi. Mutaxassislarni fikricha, baʼzi hollarda giyohvandlikni belgisi koʻzga tashlanmasligi xam mumkin. Narkotik moddaga oʻrgangan organizmda fizologik oʻzgarishlar yuz beradi. Narkotik moddaga tashnalik vujudga keladi, usiz tura olmaydigan holat yuz beradi, ogʻir kasalliklar paydo boʻladi. Yurak muskullari jarohatlanib surunkali yurak yetishmovchiligi boshlanadi. Mutaxassis shifokorlarni aytishlaricha gastrit, oshqozon yarasi, jigar serrozi, pnevmaniya va plevrit kasalliklari paydo boʻladi. Giyohvandlik davolab boʻlmaydigan kasallik. Giyohvandlikka berilgan fuqaroni oxir-oqibat faqat oʻlim kutadi. Shuning uchungiyohvandlikni davosi yoʻq vaboga tenglashtiriladi. Koʻchada, toʻy-marakada giyohvandni turli belgilaridan ham bilsa boʻladi. Giyohvand, avvalo, rangi uniqqan, sal sargʻaygan, rangi chiqmaydigan, havo issiq boʻlishiga qaramay uzun yengli kiyim kiyishi, qoʻl panjasining shishi, tishlarining qorayishi va sargʻayishi, sinishi, muomalasining gʻalatiligi, spirtni hidi kelmay turib sarxush holatda, oʻzicha kulib, xursand boʻlib yurishi, serharakat boʻlmasligi, tez taʼsirga tushishi, tajanglik, uyidan narsalar va pullarni yoʻqolishi kabilardan ham giyohvandni bilib olsa boʻladi. Hurmatli ota-onalar jigargoʻshasi, jondan aziz farzandlariga doimo eʼtiborda boʻlishlari zarur. Basharti yuqorida tilga olingan holatlar roʻybersa zudlik bilan mutaxassislarga murojaat qilishlari zarur.

Mutaxassislar bugungi kunda giyohvandlikni quyidagi asoratlari mavjudligini taʼkidlashmoqda:

1) Iqtisodiy jihatdan: koʻp mablagʻ sarflashi, daromadlaridan ayrilishi, uyidagi qimmatbaho buyumlarni sotilishi, ishsiz qolishi, koʻpchilikdan qarzdor boʻlishi, oilasidan, farzandlaridan ajralish holatlari yuzaga kelishi mumkin;

2) Huquqiy jihatdan asoratlar: oʻzi bilib bilmay, idrok qilmay jinoyat qilishi, odam oʻldirishi, bosqinchilik qilishi, turli diniy ekstremizmga terrorizm oqimlariga qoʻshilishi kabi turli boshqa jinoyatlarni qilishga majbur boʻlishi mumkin;

3) Tibbiy asoratlar: giyohvand moddalar butun organizmga va markaziy nerv sistemasiga, ruhiyatiga taʼsir koʻrsatib shaxsda turli oʻzgarishlar hosil boʻlishiga sabab boʻladi.

Bulardan tashqari giyohvand kishilar milliy urf-odat, qadriyatlardan, or-nomus, hayo, uyalish, tortinish, farosat, rahm-shafqat, mehr-oqibat kabi tushunchalardan begonalashib ketadilar va parishonxotir, nafosatsiz, idroksiz, didsiz, bir jonivorga oʻxshab qoladi. Maʼlumotlarga koʻra, OITS kasaliga chalinganlarni 80 foizini giyohvandlar tashkil etar ekan. Giyohvand oʻz ehtiyojini qondirish uchun hech narsadan qaytmaydi. Narkotik moddalar isteʼmol qilganlar oilasida tugʻma nogiron, mayib-majruh , aqli zaif, nuqsoni bor bolalar dunyoga kelmoqda. Demak giyohvandlik jamiyatga nihoyatda katta maʼnaviy va moddiy zarar yetkazadi. Giyohvandlik XXI asr vabosi hisoblanadi. Giyohvandlik illat. Illatni davolab boʻlmaydi uni faqat oldini olish zarur. Giyohvandlikka qarshi kurash bu faqat huquqni muhofaza qilish organlarining ishi emas balki, barchamizning eng dolzarb vazifalarimizdan biridir. Giyohvandlikni mudhish oqibatlarini koʻrsatuvchi “Qora ilon”, “Shayton toʻri” kabi filmlarni televizorni barcha kanalarida qayta-qayta namoyish qilish zarur. Bugungi kunda ayniqsa, bu asarlarni maktab, kollej, litsey oʻquvchilariga namoyish etish zarur deb hisoblayman. Giyohvandlar davolanayotgan kasalxonalardan hujjatli filmlar tayyorlanib namoyish etilsa ahamiyati katta boʻlardi. Bulardan tashqari talaba –yoshlar oʻrtasida “Xalqaro salomatlik kuni”, “Tamaki chekishga qarshi kurash kuni”, “OITS ga qarshi kurash kuni”, “Jinoyatga jazo muqarrar”, “Odam savdosi girdobiga tushib qolmang”, “Tinchlik- oliy neʼmat”, “Biz oʻz xuquqlarimizni bilamiz”, “Konstitutsiya bilimdonlari” kabi mavzularda suhbatlar, uchrashuvlar, tadbirlar oʻtkazilsa yanada yaxshi boʻlardi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Farzandlarimiz, yoshlarimiz, bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir”, - degan edilar. Inson - oliy mavjudot. Inson-oliy qadriyat. Hayot shirin, uni mazmunli, mohiyatli, maqsadli oʻtkazib, ezgu ishlar qilib tevarak-atrofimizdagi insonlar hurmatiga sazovor boʻlish har bir inson uchun katta baxt. Baxtimizni qoʻldan bermaylik! Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik. Giyohvandlik — XXI asr vabosi bo‘lib, bugun jahon miqyosidagi muammodir. U jamiyatni eng xavfli va eng og‘ir oqibat, kulfatlarga olib keluvchi og‘udir.




Download 86,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish