Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………….………32
Ilovalar …………………………………………………………………………..33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Giyohvandlikka qarshi kurash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar natijasida yildan-yilga salmoqli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda, ushbu masalaga davlat miqiyosida katta e`tibor qaratilganini, narkomaniyaga qarshi kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganini, xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida keng jamoatchilikning faolligiga tayanilayotganini alohida e`tirof etish zarur. Ayniqsa, mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurash chora-tadbirlari bir necha bor kuchaytirildi. Ijtimoiy salbiy illatlardan biri bo’lgan giyohvandlikka qarshi kurash va uning oldini olish eng dolzarb muammolardan biri bo’lib, nafaqat respublikamiz, balki butun dunyo jamoatchiligini jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu muammoning qay tartibda o’z yechimini topishi butun insoniyatning ertasini belgilab beradi. Shu sababli giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi samarali kurashni tashkil etish barcha kuch va vositalarni birlashtirishni taqazo qilmoqda.
Narkomaniyaga qarshi kurash qonunchilikni va huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muxofaza qilishning asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi.
So'ngi yillar mobaynida narkobiznesga qarshi olib borilgan ishlar mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish, psixotrop vositalar oldi-sotdisini bartaraf etish samaradorligining oshishiga olib keldi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng giyohvandlikka qarshi kurash kuchaydi, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. O’zbekistonning bu yo’nalishdagi asosiy tanlagan yo’li transmilliy uyushgan jinoiy guruhlar narkotik vositalarni kontrabanda qilish uchun respublika hududidan foydalanishining oldini olish, giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi ustidan qat`iy nazorat o’rnatish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish samaradorligini ta`minlash, giyohvandlikka chalingan bemorlarga kafolatli tibbiy yordam ko’rsatish, shuningdek, bu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi «Giyohvandlik vositalari to’g’risida»gi (1961 yil) yagona Konventsiya, «Psixotrop moddalar to’g’risida»gi (1971 yil), BMTning «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashish» bo’yicha (1988yil) Konventsiyalari ishtirokchisidir.Ta`kidlash joizki, Respublikamizda 1999-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. "Tabiiyki, narkotik moddalarning bir qismi bizning mintaqamizga singib ketmoqda. Bu esa jinoyatchilikning o’sishiga, yoshlarning buzilishiga, hatto millatning genofondi aynishiga sabab bo’lmoqda. Respublika huquqni muxofaza qiluvchi organlari va Sog’liqni saqlash muassasalarining ma`lumotlariga ko’ra, 2007-yilda doimiy ravishda giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchi fuqarolar 14400 nafar bo’lgan bo’lsa, 2008-yilning boshlarida bu ko’rsatkich 25 mingga yaqinlashgan. Yuqoridagi ma`lumotlardan ko’rinib turibdiki, giyohvandlik vositalariga ruju qo’yganlar soni 2008-yilda 2007-yilga nisbatan 40 % ga ortgan. Respublikamizda 2009-yilga kelib ro’yxatga olingan giyohvandlarning soni 38mingga yaqin kishini tashkil etgan. Biroq bu ko’rsatkichlar respublikamizdagi giyohvandlik vositalari bilan bog’liq haqiqiy vaziyatni to’liq aks ettirmaydi. O’zbekiston Respublikasi MXX xodimlarining tezkor ma`lumotlariga ko’ra haqiqiy ahvol rasmiy ro’yxatga olinganlar sonidan ko’ra 10-15 marotaba ko’pdir. Bundan tashqari o’tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko’ra giyohvandlik vositalarini iste`mol qilishga bo’lgan talab ham tobora ortib bormoqda. Tahlillarning ko’rsatishicha keyingi yillarda giyohvandlikning ijtimoiy negizi sifat jihatdan o’zgardi. Bu illatning eng xavfli jihati shundaki, giyohvandlik voyaga yetmaganlar orasida ham ko’payib, «yosharib» bormoqda. Giyohvandlik vositalariga moyillik yoshlarda katta yoshlardagilarga nisbatan 6-8 marta tezroq shakllanadi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko’ra voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlik illatiga chalinish 2006-yilda 2007-yilga nisbatan 16 % ga, 2008-yilda 2009-yilga nisbatan 16,5% ga ko’paygan. Giyohvandlik vositalarini qo’lga kiritish jarayoni ham kundan-kunga osonlashib, mustahkamlanib bormoqda. Giyohvandlikning alohida ijtimoiy yo’nalishlarga ega bo’lib borayotganligi, ya`ni, yoshlar va xususan voyaga yetmaganlar, shuningdek ayollar orasida keng tarqalib bormoqda. Giyohvandlik jinoyat bilan bog’liq bo’lgan masaladir.Buni xalqqa targ’ib qilish va aholini ogohlantirish kerak.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan masalalarning turli jihatlari huquqshunoslar G.A.Axmedov, e.X.Abazov, M.G.Ikromova, M.M.Qodirov, YU.M.Karaketov, Z.S.Zaripov, R.A.Zufarov, Q.Mirzajonov, M.H.Rustambaev, I.Sobirov, I.A.Safarov, M.Sobirov, F.Tohirov, M.Usmonaliev, A.S.Yakubov va boshqa mualliflar tomonidan tadqiq etilganligiga qaramay, giyohvandlik muammosining hozirgi davr nuqtai nazaridan bahsli tomonlari, ushbu illatni oldini olish choralarini yanada samaraliroq qo’llash nuqtai nazaridan yetarli darajada o’rganilmagan. Giyohvandlik bilan bog’liq muammolar respublikamizda ilmiy-amaliy nuqtai nazardan hozirga qadar yetarlicha o’rganilmaganligini yana bir bora ta`kidlash lozim. Shuningdek, giyohvandlikning oldini olish, jinoyatchilik va giyohvandlik orasidagi o’zaro aloqadorlik muammosi ham haligacha tadqiq etilgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |