Ijtimoiy pedagogika


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi



Download 55,04 Kb.
bet6/13
Sana29.08.2021
Hajmi55,04 Kb.
#159400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kurs ishi , 2-bob, 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ва ilovalardan iborat.

I BOB.O'SMIRLARNING GIYOHVAND MODDAGA MOYILLIGI IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

1.1.Giyohvandlik haqida tushuncha va ijtimoiy pedagogik t

Giyohvandlik narkomaniya, bangilik —narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. Giyohvandlik 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir.Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham Giyohvandlikka sabab boʻlishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Giyohvandlik eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq. Giyohvandlikning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan Giyohvandlik sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat — xumorlik (qarang Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. Giyohvandlik opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. Giyohvandlikning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i narkomaniya deyiladi.Giyohvandlikningning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi.Yer yuzining turli mintaqalarida Giyohvandlikning ayrim turlari kuzatiladi. Giyohvandlikning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. Giyohvandlik avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan Giyohvandlikka qarshi kurash qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida Giyohvandlikka karshi keskin kurash olib boradi. Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki kunlaridan boshlab, narkotik moddalarning gʻayriqonuniy aylanishi va uning isteʼmoliga qarshi kurash boshlandi. Mamlakatimizning tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan bir qator ichki va tashqi omillarga: kashandalik, odam savdosi, diniy ekstremizm, giyohvandlik va ichkilikbozliklar kiradi.Giyohvandlik – narkotik moddalar jumlasiga kiruvchi dorilar yokiboshqa moddalarni isteʼmol qilish natijasida yuzaga keladigan kasallikdir.Giyohvandlik – inson sogʻligʻiga xavf soluvchi illat boʻlib, kishi organizmini taʼsirchan moddalarga oʻrganib qolishini anglatadi.Giyohvandlik – insonning giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga mukkasidan ketish bilan bogʻliq hastalikdir.Giyohvand – forscha - tojikcha soʻzdan olingan boʻlib – nasha, qoradori, koʻknori va shu kabi narkotiklarni isteʼmol qilishga odatlangan odam; bangi, nashavand, koʻknori - deyiladi.Giyohvandlik – nimadan, qayerdan boshlanadi? Giyohvandlik - sigaret chekish, ularnihidlashdan boshlanadi. Agar ota-onalar farzandiga sigaret, nos sotib olib kelib berishnibuyursalar, ular ota-onalaridan, yashirib sigaret, nos chekishni, hidlashni oʻrganadilar. Giyohvandlik ota-onalarning eʼtiborsizligi, loqaydligi uzoqni oʻylamay ish qilishioqibatida kelib chiqadi. Birgina misol: xavfli oʻsmani-rakni keltirib chiqaruvchi moddaning 45 foizi sigareta orqali organizmga oʻtar ekan.Oʻzimiz bilib bilmay farzandlarimizni giyohvand boʻlib qolishiga sababchi boʻlib qolmayapmizmi? Davlatimiz sogʻlom turmush tarzini hosil qilish uchun yoshlarni ehtiyot qilishga eʼtibor berib turli xil jaholatparastliklardan saqlash boʻyicha katta ishlarni amalga oshirmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1987 yil 7 dekabrdagi qaroriga asosan BMT bosh Assambeliyasi tomonidan har yili “26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilingan.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Biz narkotik moddalar tarqatilishining halokatli oqibatlarini sergaklik bilan baholagan holda, bu illatga qarshi kurashda saʼy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. Oʻzbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor”, - degan edilar.1993 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish va jinoyatchilikni oldini olish Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi Toshkent shahrida ochilgan u ayni kunlarda ham faoliyat koʻrsatmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yildagi “Narkotik moddalar toʻgʻrisidagi” Konvensiyasiga, 1971 yildagi “Psixotrop vositalar toʻgʻrisidagi” va 1988 yildagi “Narkotik moddalar va psixotrop vositalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi” Konvensiyalariga aʼzo boʻlib kirgan.1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Milliy axborot – tahlil Markazi tashkil etildi va u hozir faoliyat koʻrsatib kelmoqda.1999 yilda esa “Narkotik vositalar va psixotrop moddalar” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Giyohvandlikka qarshikurashish boʻyicha bir necha meʼyoriy hujjatlarqabul qilinganiga qaramasdanbu illat nima uchun borgan sari koʻpayib bormoqda?Giyohvandlik qachon, qayerdan, kelib chiqqan? Giyohvand modda-opiy mutaxassislarni aytishlaricha, Hindistondan Sharqiy, Janubiy Osiyoga kirib kelgan. Keyinchalik 50-60 yillarda Yevropada, Osiyo mamlakatlariga tarqalgan. 80-yillarga kelib yer sayyorasida giyohvandlik ancha kuchaygan.Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Kavkaz, Janubiy Ukraina, Belorusiya va Uzoq Sharqda yovvoyi koʻknor va kanop oʻsimliklari koʻp oʻsgan. Shu sababli bu joylarda gashish va sunʼiyopiy (geroin) pereparatlarini isteʼmol qilish rivojlangan. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish koʻpaygan. Afgʻoniston narkotik moddalarni yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinda turadi.Narkotik moddani birinchi marta totib koʻrgandayoq odam oʻz hayotiga nuqta qoʻyishi mumkin, - deyishadi mutaxassislar. Barcha narsani birinchisi qiyin. Birinchi marta yolgʻon gapirayotgan odam sal qiynaladi, birinchi marta spirtli ichimlik ichayotgan kishi ham ogʻrinadi, birinchi marta narkotik qabul qilgan yigit yoki qiz uchun ham ogʻir boʻladi. Ammo birinchisiga qoʻl urdimi tamom.Demak, uni narkomaniyadan qutqarib qolish qiyin kechadi.Giyohvandlik – inson salomatligi uchun oʻta xavfli hisoblanadi. Mutaxassislarni fikricha baʼzi hollardagiyohvandlikni belgisi koʻzga tashlanmasligi xam mumkin.Narkotik moddaga oʻrgangan organizmda fizologik oʻzgarishlar yuz beradi. Narkotik moddaga tashnalik vujudga keladi, usiz tura olmaydigan holat yuz beradi, ogʻir kasalliklar paydo boʻladi. Yurak muskullari jarohatlanib surunkali yurak yetishmovchiligi boshlanadi. Mutaxassis shifokorlarni aytishlaricha gastrit, oshqozon yarasi, jigar serrozi, pnevmaniya va plevrit kasalliklari paydo boʻladi.Giyohvandlik davolab boʻlmaydigan kasallik. Giyohvandlikka berilgan fuqaroni oxir-oqibat faqat oʻlim kutadi. Shuning uchungiyohvandlikni davosi yoʻq vaboga tenglashtiriladi.Koʻchada, toʻy-marakada giyohvandni turli belgilaridan ham bilsa boʻladi. Giyohvand, avvalo, rangi uniqqan, sal sargʻaygan, rangi chiqmaydigan, havo issiq boʻlishiga qaramay uzun yengli kiyim kiyishi, qoʻl panjasining shishi, tishlarining qorayishi va sargʻayishi, sinishi, muomalasining gʻalatiligi, spirtni hidi kelmay turib sarxush holatda, oʻzicha kulib, xursand boʻlibyurishi, serharakat boʻlmasligi, tez taʼsirga tushishi, tajanglik, uyidan narsalar va pullarni yoʻqolishi kabilardan ham giyohvandni bilib olsa boʻladi.Hurmatli ota-onalar jigargoʻshasi, jondan aziz farzandlariga doimo eʼtiborda boʻlishlarizarur. Basharti yuqorida tilga olingan holatlar roʻybersa zudlik bilan mutaxassislarga murojaat qilishlarizarur.

Mutaxassislar bugungi kunda giyohvandlikni quyidagi asoratlari mavjudligini taʼkidlashmoqda:

1) Iqtisodiy jihatdan: koʻp mablagʻ sarflashi, daromadlaridan ayrilishi, uyidagi qimmatbaho buyumlarni sotilishi, ishsiz qolishi, koʻpchilikdan qarzdor boʻlishi, oilasidan, farzandlaridan ajralish holatlari yuzaga kelishi mumkin;

2) Huquqiy jihatdan asoratlar: oʻzi bilib bilmay, idrok qilmay jinoyat qilishi, odam oʻldirishi, bosqinchilik qilishi, turli diniy ekstremizmga terrorizm oqimlariga qoʻshilishi kabi turli boshqa jinoyatlarni qilishga majbur boʻlishi mumkin;



3) Tibbiy asoratlar: giyohvand moddalar butun organizmga va markaziy nerv sistemasiga, ruhiyatiga taʼsir koʻrsatib shaxsda turli oʻzgarishlar hosil boʻlishiga sabab boʻladi.

Bulardan tashqari giyohvand kishilar milliy urf-odat, qadriyatlardan, or-nomus, hayo, uyalish, tortinish, farosat, rahm-shafqat, mehr-oqibat kabi tushunchalardan begonalashib ketadilar va parishonxotir, nafosatsiz, idroksiz, didsiz, bir jonivorga oʻxshab qoladi. Maʼlumotlarga koʻra, OITS kasaliga chalinganlarni 80 foizini giyohvandlar tashkil etar ekan.Giyohvand oʻz ehtiyojini qondirish uchun hech narsadan qaytmaydi. Narkotik moddalar isteʼmol qilganlar oilasida tugʻma nogiron, mayib-majruh , aqli zaif, nuqsoni bor bolalar dunyoga kelmoqda. Demak giyohvandlik jamiyatga nihoyatda katta maʼnaviy va moddiy zarar yetkazadi. Giyohvandlik XXI asr vabosi hisoblanadi. Giyohvandlik illat. Illatni davolab boʻlmaydi uni faqat oldini olish zarur.Giyohvandlikka qarshi kurash bu faqat huquqni muhofaza qilish organlarining ishi emas balki, barchamizning eng dolzarb vazifalarimizdan biridir.Giyohvandlikni mudhish oqibatlarini koʻrsatuvchi “Qora ilon”, “Shayton toʻri” kabi filmlarni televizorni barcha kanalarida qayta-qayta namoyish qilish zarur. Bugungi kunda ayniqsa, bu asarlarni maktab, kollej, litsey oʻquvchilariga namoyish etish zarur deb hisoblayman. Giyohvandlar davolanayotgan kasalxonalardan hujjatli filmlar tayyorlanib namoyish etilsa ahamiyati katta boʻlardi. Bulardan tashqari talaba –yoshlar oʻrtasida “Xalqaro salomatlikkuni”, “Tamaki chekishga qarshi kurash kuni”, “OITS ga qarshi kurash kuni”,“Jinoyatga jazo muqarrar”, “Odam savdosi girdobiga tushib qrlmang”, “Tinchlik- oliy neʼmat”, “Biz oʻz xuquqlarimizni bilamiz”, “Konstitutsiya bilimdonlari” kabi mavzularda suhbatlar, uchrashuvlar, tadbirlar oʻtkazilsa yanada yaxshi boʻlardi.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Farzandlarimiz, yoshlarimiz, bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir”, - degan edilar.Inson - oliy mavjudot. Inson-oliy qadriyat. Hayot shirin, uni mazmunli, mohiyatli, maqsadli oʻtkazib, ezgu ishlar qilib tevarak-atrofimizdagi insonlar hurmatiga sazovor boʻlish har bir inson uchun katta baxt. Baxtimizni qoʻldan bermaylik! Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik. Giyohvandlik — XXI asr vabosi bo‘lib, bugun jahon miqyosidagi muammodir. U jamiyatni eng xavfli va eng og‘ir oqibat, kulfatlarga olib keluvchi og‘udir.Giyohvandlik deganda — inson organizmining narkotik va psixotrop moddalarni muttasil ravishda oshib boruvchi miqdorini qabo‘l qilishga moyillikning shakllanishi bilan borliq og‘ir kasalliklar guruhining rivojlanishiga tushuniladi. Giyohvandlik — inson shaxsining va ruhiy holatining chuqur o‘zgarishiga, shuningdek tana ichki a’zolari faoliyatiniig jiddiy, zararlanishiga olib keladi. Giyohvandlik narkotik xususiyatiga ega bo‘lgan va qonun bilan ta’qiqlangan kimyoviy narkotik moddalarni yoki dori-darmonlarni iste’mol qilish natijasida xam shakllanadi.Odamlarni giyohvand moddalarni iste’mol qilishga undaydigan asosiy vaj, ularning bunday narkotik moddalar tomonidan chaqiriladigan sub’ektiv yoqimli kechinmalarini takroriy ravishda his kilishga bo‘lgan intilishidir.Har bir giyohvand o‘z xohish-irodasi bilan yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, o‘zining kayfiyatini kutarish, emotsional holatini yaxshilash uchun haddan tashqari kuchli ehtiyoj sezadi. Giyohvand moddalarni dastlabki paytda iste’mol qilishdan maksad, odamlarning o‘zlarini bezovta qilayotgan hislardan — charchoqlik va hayotdan qoniqmaslik, shuningdek ruhiy qashshoqlik, dikqinafaslik kabi hissiyotlar iskanjasidan, vaqtinchalik bo‘lsa ham qutulishdir. Bugungi kunda dunyo aholisiga atom bombasidan ham kuchli xavf solayotgan ofatdir. CHunki u inson salomatligiga xalokatli ta’sir qilib, aziz umrini kemirib, o‘limga mahkum etayotgan illatdir. Dunyo bo‘yicha kishilar, ayniqsa 15-40 yoshgacha bo‘lganlar ya’ni kuch-quvvatga to‘lgan yoshlar bu og‘u iskanjasiga ilinib, hayotdan adashib, yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlariga qatnashmasdan og‘ir hastallika chalinib o‘ziga, oilasi va davlatga ham moddiy, ham ma’naviy zarar keltirmoqdalar.Giyoh o‘zi nima? Bu shunday moddaki, bir marta qabul qilganda ruhiy holatni ya’ni kayfiyatni ko‘tarib yuboradi, bosh miyani ishdan chiqaradi. Agar kishi tez-tez istemol qilsa unga o‘rganib qoladi va uni iste’mol qilmasa yashay olmaydi, ya’ni shu giyohsiz (nasha — marixuana, gashish, ko‘knori-geroin, qora dori, kokain kabi) turolmaydi.Giyohvandlik — deb giyohvand moddalarni uzluksiz istemol qilib kasallikka chalingan bemorlarga aytiladi. Ular o‘zlarining ma’naviy qiyofasini yo‘qotadi, aql-idrok, fikrlash, eslash qobiliyati, ruhiyat butunlay izdan chiqadi. Ularda hayo, hurmat-izzat, mehr-oqibat kabilar yo‘qoladi, jamiyatdan ajralib qoladilar. Kasallik rivojlanishi bilan ular oila, ishxona, mahalla, ko‘cha-kuyda, o‘quv joylari kabilarda tartib-intizom, qonun-qoidalarni bo‘zishni boshlab, katta ziyon keltiradilar. Ularning fikr-zikri faqat giyoh moddalar topish va istemol qilishdan iborat bo‘lib qoladi. Ota-ona, bola-chaqa, oila, mahalla, jamoa kabilar ularni umuman qiziqtirmaydi.Bugungi kunda O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi ko‘rash, uning oldini olish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan olib borilayotgai tadbirlar tashabbuslar, ilgari surilayotgan ilg‘or g‘oyalar diqqatga sazovordir. 1998 yilda Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi nutqida giyohvandlik biznesi (Narkobiznes)ga qarshi birlashishga da’vat qilib, Markaziy Osiyoda BMTning mintaqaviy vakoliyati (komissiyasini) tashkil qilishni taklif qildi. 1999 yilda Prezidentning tashabbusi bilan O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi qonun (1999 yil 19 avgust, 813-1-sonli)ning qabul qilinishi ham giyohvandlikning oldini olishda muhim huquqiy asos bo‘ldi.


Download 55,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish