Kurs ishining vazifasi: Imkoniyati chegaralangn alohida ehtiyojli bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan jarayon belgilandi.
Kurs ishining maqsadlari:
1. Ijtimoiy adolat va tenglik.
2. Jamiyatda nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimini yo’lga qo’yish va ularga yordam berishdan iborat.
Kurs ishining ob'ekti: Imkoniyatlari chegaralangan alohida ehtiyojli bolalar muassalari.
Kurs ishining mavzusi: Imkoniyatlari chegaralangan alohida ehtiyojli bolalar va ular bilan ishlash mexanizmlari
Kurs ishining usullari: adabiy manbalarni tahlil qilish, tahlil va umumlashtirish nazariy tushunchalar tadqiqot masalasi bo'yicha.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan manbalar va ilovalar ro'yxatidan iborat.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.1
Sog‘lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda mas’uliyatli vazifa, shuning bilan birga, insonparvar siyosat natija-sidir.
Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotga oid chuqur o‘zga-rishlar kundalik turmushimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu bilan birga, jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy o‘z-garish jismoniy va ruhiy nuqsonga ega bo‘lgan bolalarning ko‘pa-yishiga ham sabab bo‘ladi. Bu sayyoramiz aholisining birdan o‘n qismini tashkil etadi. Umumjahon sog‘liqni ekologik saqlash tash-kiloti ma’lumotlari dunyoda bunday kishilar soni 13%ga yaqinligidan dalolat beradi. Shundan 3% intellektida kamchiligi bo‘lgan bolalar, 10% turli ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bolalardir. Mustaqil O‘zbekistonimizda nogironlar bolalikdan ijtimoiy himoya qilib kelin-moqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», unga muvofiq ravishda qurilayotgan yuzlab bolalar bog‘chalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, yoshlar muas-sasalari aynan sog‘lom avlod va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgandir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Binobarin huquq va majburiyatlar birligi subekt-ning o‘z manfaatlari bilan jamiyatning ijtimoiy manfaatlar o‘rtasida muvozanat yaratadi.
Maxsus pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kam-chiliklari bor bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadi-gan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korrek-siya so‘zi lotincha-tuzatish, bartaraf etish degan so‘zlardan olingan.
Har qanday fanning o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari bo‘lgani kabi, maxsus pedagogika fanining ham o‘z predmeti, maqsadi, vazi-falari mavjud. maxsus pedagogika fanining mavzu bahsi, predmeti jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardir. Max-sus pedagogika fanining vazifasi-nuqsonlarning kelib chiqish sabab-lari, turlarini, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofizio-logik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida ular uchun differensial yoki integratsiyalashgan, inkluziv sharoitda ta’-limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) reabilitatsiyasi, ijtimoiylashuvi bilan shug‘ullanishdir.
Maxsus pedagogika fanining maqsadi – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiylashuvi, ijtimoiy adaptatsiyasi va reabilitatsi-yasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ular-dagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha ertaroq tashxis qo‘yib, bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning ba’zi-lari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksi-yalanadi, bilinmaydigan holga keltiriladi, boshqalari esa kompensat-siyalanadi. Masalan, bola nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘l-masa ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan darajagacha tuzatish mumkin.
Maxsus pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar kuzatiladiki, ulardagi nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari shular jumla-sidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyatida muammosi bo‘lgan bolalar esa imo-ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |