Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash va to‘lash
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilariga (ofitserlar, praporshiklar, michmanlar va boshqa muddatdan tashqari harbiy xizmatdagi harbiy xizmat-
chilar) sobiq Ittifoqning bugungi kunda O‘zbekiston Respubli- kasida amalda bo‘lib turgan „Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonunga muvofiq quyidagi pensiyalar tayinlanadi:
uzoq yillik harbiy xizmat pensiyasi;
harbiy xizmat nogironlik pensiyasi;
d) harbiy xizmatchi vafot etgan taqdirda uning qaramog‘ida bo‘lib kelgan mehnatga yaroqsiz shaxslarga tayinlanadigan boquv- chisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Yuqorida eslatib o‘tilgan qonunda ushbu pensiyalarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi, pensiya tayinlash asoslari va shartlari ko‘rsatib qo‘yilgan.
Harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarini pensiya bilan ta’min- lash, pensiyani tayinlash hamda to‘lash tegishli harbiy organ- larning pensiya bo‘limlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartib hamda muddatlarda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarga uzoq yillik xizmat qilganlik pen- siyasini tayinlash:
„Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qo- nunning 13-moddasiga ko‘ra uzoq yillik xizmat pensiyasini olish huquqiga quyidagilar ega bo‘ladilar:
ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, muddatdan tash- qari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, Ichki ishlar vazir- ligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy organlarning bosh- liqlari hamda oddiy xizmatchilar tarkibidan bo‘lgan shaxslari — kamida 20 yil va undan ko‘p xizmat qilgan bo‘lsalar;
ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, o‘rta, katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsiz- lik xizmati va boshqa harbiy organlarning xodimlari – 50 yosh va undan keyin ushbu harbiy xizmatdan yoshi tufayli yoki kasal- ligi, shtatlar soni qisqartirilganligi yoxud salomatligi ahvoli cheklanganligi oqibatida harbiy xizmatdan bo‘shatilgan bo‘lsalar hamda xizmatdan bo‘shatilgan kunga kelib kamida 12 yil-u 6 oy harbiy xizmat muddatiga, kamida 25 yil umumiy mehnat stajiga ega bo‘lsalar.
Uzoq yillik xizmat pensiyasining miqdori quyidagicha bo‘ladi:
20 yillik harbiy xizmat davri uchun pul to‘lovlarining 40 foizi, yoshi yoki kasalligi tufayli xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga esa — yillik to‘lovlarning 45 foizi; 20 yildan
ortiqcha harbiy xizmatning har bir yili uchun tegishli oylik to‘lovining 3 foizi, ammo uning 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
kamida 12 yil-u 6 oy xizmat qilgan, umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan 50 yoshdan oshgan harbiy xiz- matchilar, ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy organlar xizmatchilari uchun umumiy 25 yillik ish staji uchun harbiy xizmatchi oyligining 40 foizi va 25 yildan ortiqcha har bir to‘liq mehnat staji yili uchun 1 foizdan qo‘- shimcha haq miqdorida pensiya tayinlanadi;
harbiy xizmatchilarning eng kam pensiyasi miqdori pen- siyalarning rasman belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘l- masligi kerak;
harbiy xizmatchilarning pensiyalariga ularning qaramog‘ida mehnatga yaroqsiz oila a’zolari borligi, ular I guruh nogironi yoki 80 yoshdan oshgan qariya-pensionerlar ekanligi hisobga olingan holda ustamalar qo‘shib berish nazarda tutilgan.
Harbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyasini tayinlash va pensiya olishga quyidagilar haqli bo‘ladilar:
agar nogironlik harbiy xizmat burchini o‘tash paytida yuz bergan bo‘lsa;
harbiy xizmatdan bo‘shatilganlaridan so‘ng uch oy o‘t- masdan yuz bergan bo‘lsa;
d) nogironlik keyinchalik yuz bergan bo‘lsa-da, ammo uning sabablari harbiy xizmatni o‘tash davrida olingan yara- lanish, kontuziya yoki jarohatlar oqibatida yuz bergan bo‘lsa.
Nogironlik guruhlari, sabablari va yuz berish vaqti ÒMEK tomonidan qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi. Nogironlik, uning sabablariga ko‘ra urush nogironi va harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan nogironlikka bo‘linadi.
Harbiy xizmatchilarga quyidagi miqdorda nogironlik pensiyasi tayinlanadi:
I—II guruh urush nogironlariga ular oylik pul to‘lov- larining 75 foizi;
III guruh urush nogironlariga – oylik maoshining 50 foizi;
boshqa nogironlarga: I—II guruhlar uchun 55 foiz, III guruh nogironlari uchun esa 30 foiz oylik maoshi miqdorida;
harbiy xizmatchilarning nogironlik pensiyalariga qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan miqdorda ustamalar qo‘shib beriladi („Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonun- ning 27-moddasi).
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari boquvchisini yo‘qot- ganlik pensiyasini olishga quyidagi hollarda haqli bo‘ladilar:
agar boquvchi harbiy xizmatni o‘tash davrida vafot etgan bo‘lsa;
agar boquvchi harbiy xizmatdan bo‘shatilgach uch oy ichida vafot etsa;
agar boquvchi xizmatdan bo‘shatilgach, 3 oydan so‘ng vafot etgan bo‘lsa, ammo uning o‘limiga xizmatni o‘tash davrida yuz bergan yaralanish, kontuziya va boshqa jarohatlar sabab bo‘lgan bo‘lsa;
vafot etgan pensioner harbiy xizmatchi pensiya olayotgan davrda yoki pensiya to‘lash to‘xtatilganidan so‘ng 5 yil o‘tmasdan vafot etgan bo‘lsa;
harbiy harakatlar davrida bedarak yo‘qolgan harbiy xiz- matchilarning oila a’zolari vafot etgan harbiy xizmatchi oila a’zolariga tenglashtiriladilar.
Harbiy xizmatchi oila a’zosi sifatida boquvchisini yo‘qot- ganlik pensiyasini olish huquqiga uning qaramog‘ida bo‘lib kelgan, mehnatga yaroqsiz quyidagi shaxslar haqli sanaladilar:
marhum harbiy xizmatchining 18 yoshga to‘lmagan bola- lari, uka-singillari, nabiralari, 18 yoshga yetgan bo‘lsa-da nogi- ron farzandlari, uka, singillari, nabiralari (agar ularning meh- natga yaroqli ota-onalari bo‘lmasa);
60 yoshdan oshgan otasi, 55 yoshdan oshgan onasi yoki bu yoshga yetmasdan nogiron bo‘lsalar;
marhumning 8 yoshga yetmagan farzandlarning parvari- shi bilan band bo‘lgan va ishlamayotgan xotini (eri), ota-onasi, bobosi, buvisi, opa-singillari yoshidan qat’i nazar;
marhumning bobosi va buvisi agar qonun bo‘yicha ularni boqishga majbur bo‘lgan boshqa qarindoshlari bo‘lmasa;
ota-onasidan mahrum bo‘lgan harbiy xizmatchining yetim bolalariga, ular to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan hollarda ham pensiya 100 foiz to‘lanadi. Boshqa yetim bolalar (harbiy xiz- matchi bolalari) davlat ta’minotida bo‘lganlarida esa pensiyaning
25 foizi to‘lanadi;
harbiy xizmatchining xotini (eri) yangi nikohga kirganida ham boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqini saqlab qoladi;
o‘gay ota-ona vafot etgan harbiy xizmatchining o‘gay farzandini kamida 5 yil tarbiyalagan yoki moddiy ta’minlagan bo‘lsa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olishga haqli oila a’zolari tarkibiga kiradi;
farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar umu- miy asoslarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olishga haqli bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |